Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.10.1992 yildagi 472-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA TOLASINI RESPUBLIKADAN TAShQARIGA JO‘NATISh TARTIBINING QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI TOMONIDAN BUZILIShI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, belgilangan topshiriqlardan ortiqcha ishlab chiqarilgan, chetga jo‘natilishi kerak bo‘lgan tola o‘rniga, o‘rnatilgan tartibga zid ravishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining paxta tolasini sotish to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan qabul qilgan qarorlari natijasida “Karakalpakintorg” va “Karakalpakxlopkoprom” tomonidan davlat resurslaridan Turkiyaning “Yazeks” korporatsiyasiga 8,6 ming tonna va MDH mamlakatlariga 2,6 ming tonna paxta tolasi jo‘natilgan. Bu bilan amaldagi tartibni chetlab o‘tgan holda tolani chetga chiqarishga ruxsat bergan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi nazoratsizlikka va yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘ydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining sobiq raisi (o‘rtoq Tojiyev)ga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (o‘rtoq Sultonov)ga, “O‘zpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasi (o‘rtoq Maqsudov)ga va Davlat bojxona qo‘mitasi (o‘rtoq Oripov)ga paxta tolasini Qoraqalpog‘iston Respublikasidan chetga chiqarish hujjatlarini rasmiylashtirishda yuzaki yondashilganlik ko‘rsatib o‘tilsin. Ulardan tolani O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga jo‘natishning asoslanganligi bo‘yicha nazoratni kuchaytirish talab qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi o‘rtoq R.I. Yo‘ldoshev paxta tolasini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga jo‘natish bo‘yicha huquqqa zid va o‘zboshimchalik bilan qarorlar qabul qilishga bundan keyin yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga “Karakalpakintorg” bosh direktori o‘rtoq M.A. Mambetnazarovning va “Karakalpakxlopkoprom” boshlig‘i o‘rtoq T. Poluashevning mazkur paxta tolasini sotishda yo‘l qo‘ygan buzilishlar uchun egallab turgan lavozimlarida qolish-qolmasliklari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yilda noqonuniy sotilgan paxta tolasi hajmining o‘rni shu yilgi rejadagi paxta hosilining 15 foizi va rejadan tashqari hosil hisobiga to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
472-son