Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boshoqli don ekinlarining xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jamoat xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklarini, ijara, fermer va boshq xoʻjaliklarni boshoqli don ekinlari yetishtirishni koʻpaytirishga ragʻbatlantirish maqsadida va moddiy-texnika resurslarining narxlari oshganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil hosilidan boshlab boshoqli don ekinlariniig oʻrtacha xarid narxlari quyidagi miqdorlarda belgilansin:
| bugʻdoy | — | tonnasi 500 miig soʻm-kupon |
| javdar | — | tonnasi 475 ming soʻm-kupon |
| arpa va suli | — | tonnasi 400 ming soʻm-kupon. |
2. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi boshoqli don ekinlari yangi xarid narxlarining preyskurantlarini ishlab chiqib, tegishli vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-apreldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlarining harid parxlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-iyun,
282-son