Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Namangan viloyatining Uychi va Uchqoʻrgʻon tumanlari tashkil etilganligining 60 yilligi bayram qilishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Namangan viloyatining Uychi va Uchkurgʻon tumanlari tashkil etilganligining 60 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil sentyabr oyining birinchi oʻn kunligida Uychi va Uchqoʻrgʻon tumanlari tashkil etilganligining 60 yilligini bayram qilishga bagʻishlangan tantanali tadbirlar oʻtkazilsin.
2. Namangan viloyati hokimligi:
Uychi va Uchqoʻrgʻon tumanlarini 1995-96 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va obodonlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Obyektlar qoʻrilishi va obodonlashtirish ishlari Namangan viloyati, Uychi va Uchqoʻrgʻon tumanlari mahalliy budjetlari mablagʻlari hamda korxonalar, tashkilotlar va homiylarning ulush qoʻshib qatnashishlari hisobidan amalga oshirilsin;
qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy soha, qurilish sanoat hamda Uychi va Uchqoʻrgʻon tumanlari halq xoʻjaligi boshqa tarmoqlarining alohida oʻrnak koʻrsatgan ilgʻorlarini mukofotlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda taklif kiritsinn.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududiy-tashkiliy boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-avgust,
332-son