Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 23.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 1-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 4-bandning yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori lavozimini vazir o‘rinbosari lavozimi maqomiga tenglashtirgan holda, Markaziy bank Raisi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori lavozimini tugatish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovadan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” bloki chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaning “Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti” blokidan so‘ng “Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati” bloki bilan to‘ldirilsin;
g) 4-ilovaning 2 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga 2-ilovadan 61-band chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3199-son qarorining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-noyabrdagi “2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3388-son qaroriga 5-ilovaning to‘rtinchi xatboshisidagi “B.B. Sabirov — Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori” so‘zlari “R.E. Umarov — Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi