12.11.2018 yildagi 0364-18-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYA QOIDALARI, MEʼYORLARI VA GIGIYENIK NORMATIVLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshdan kichik boʻlgan qizlar va ayollar uchun ogʻir yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashishda ruxsat etilgan yuklama meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining 12.11.2018-yildagi 0364-18-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan va joriy qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanitariya meʼyorlari “Aholini sanitar-epidemiologik farovonligi toʻgʻrisida”gi OʻZR qonunini amalda roʻyobga chiqarishga qaratilgan. Sanitariya meʼyorlari barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar (mulk shaklidan qatʼi nazar) va Oʻzbekiston respublikasi hududida ishlovchi 18 yoshdan kichik boʻlgan qizlar va ayollar mehnat sharoitini sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu sanitariya meʼyorlarining talablari meʼyoriy-texnik hujjatlarda inobatga olinishi lozim: qurilish meʼyorlari va qoidalarida, texnik sharoitlarda, yoʻriqnomalarda, uslubiyatlar va hokazolarda, ishlab chiqarish obyektlarida, texnologik va foydalanish talablarida, texnologik va injenerlik uskunalariga, ishlab chiqarish meʼyorlarini hisoblab chiqishda, ishchi kuchiga ehtiyoj boʻlganda, texnologik xarita va jarayonlarni ishlab chiqishda, barcha oʻquv muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avval amalda boʻlgan № 0115-01 sonli SanQvaM lari oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshdan kichik boʻlgan qizlar uchun ogʻir yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yuklamalarining ruxsat etilgan meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 18 yoshdan kichik boʻlgan qizlarni yuklarni koʻtarishi va tashishi quyida keltirilgan meʼyorlardan oshib ketmasa va ular doimiy bajaradigan ishi bilan bogʻliq boʻlsa va ish vaqtining uchdan bir qismidan iborat boʻlganda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 18 yoshdan kichik boʻlgan qizlarni faqat 4,1 kg dan ogʻir boʻlgan yuklarni koʻtaradigan ishlarga jalb etishga ruxsat etilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 18 yoshdan kichik boʻlgan qizlar uchun yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish massasi 7 kg dan oshmasligi kerak (1 jadval).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 18 yoshdan kichik boʻlgan qizlarga toklarni bir gʻildirakli zambilgʻaltakda va ikki gʻildirakli aravachada tashishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ogʻir yuklarni uch va toʻrt gʻildirakli aravachalarda tashishda yukning chegaraviy vazni 52 kg oshmasligi kerak, bunda tekis tozada tashishga chegaraviy koʻtarish koʻrsatkichi 0,01 boʻlgan holda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ogʻir yuklar vagonetkalarda tashilganda yukning chegaraviy vazni 224 kg dan oshmasligi kerak, bunda koʻtarish koʻrsatkichi 0.01 dan oshmagan holda faqat relslarda harakatlanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 14-15 yoshdagi qizlar uchun yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish alohida holatlarda ruxsat beriladi, bunda 3 bandda qayd qilingan hamma meʼyoriy yuklamalar 2 baravar kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 14-15 yoshdagi qizlar uchun yuklarni aravachalarda, zambillarda va vagonetkalarda tashishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-jadval

18 YOSHDAN KICHIK BOʻLGAN QIZLAR UCHUN OGʻIR YUKLARNI QOʻLDA KOʻTARISH VA TASHISHDA YUKLAMALARNING CHEGARAVIY MEʼYORLARI

Tashish turi

Yukning chegaraviy vazni

Chegaraviy koʻtarish meʼyori* va tashish sharoiti

Qoʻlda

7 kg gacha

0,01 dan oshmasligi kerak

Bir gʻildirakli arava

ruxsat etilmaydi

-

Ikki gʻildirakli aravacha

ruxsat etilmaydi

Uch va toʻrt gʻildirakli arava

52 kg

Tekis yuzada 0.02 dan oshmagan holda harakatlanishga ruxsat etiladi

Vagonetka

224

0.01 dan oshmagan xolda faqat relslarda harakatlanishga ruxsat etiladi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Chegaraviy koʻtarish — bu eng yuqori balandlikning yoʻlning uzunligiga nisbati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha yuk meʼyorlari yukning ogʻirligi bilan birgalikda ularni koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan moslamalarni ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollar uchun ogʻir yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yuklamalarning ruxsat etilgan meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Boshqa ishlarga almashlab ishlash sharti bilan yukni koʻtarish va koʻchirishda uning vazni 9 kg dan ortmasligi lozim. (2-jadval).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ish smenasi davomida doimiy ravishda koʻtariladigan yukning vazni 6 kg dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish smenasining har bir soatida ishchi yuzadan koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni 300 kg dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ish smenasining har bir soatida poldan koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni 150 kg dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish smenasi davomida ishchi yuzadan koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni 2500 kgdan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Smena davomida poldan koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni 1250 kgdan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ikki kishi birgalikda zambilda tashiladigan yuklarning chegaraviy vazni 22 kg (3-jadval) dan oshib ketmasligi kerak. Barcha ishlarda oyoqchali zambillaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bitta gʻildirakli aravada ogʻir yuklarni koʻchirishda yukning chegaraviy vazni 25 kg dan oshmasligi kerak. Bitta gʻildirakli aravada ogʻir yuklarni tashishga faqat sirpanchiq yogʻochda bajarilgandagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda chegaraviy koʻtarish (eng yuqori balandlikning yoʻlning uzunligiga nisbati) 0,02 dan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ogʻir yuklarni uch va toʻrt gʻildirakli aravachalarda tashishda yukning chegaraviy vazni 50 kg dan oshmasligi kerak, bunda notekis yuzada tashishga chegaraviy koʻtarish koʻrsatkichi 0,01 boʻlgan holda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ogʻir yuklarni ikki gʻildirakli qoʻl aravachada tashilganda yukning chegaraviy vazni 60 kg dan ortmasligi kerak, bunda polning tekis yuzasida tashishga chegaraviy koʻtarish koʻrsatkichi 0,02 boʻlgan holda, notekis tuproq yoki tosh yoʻlda chegaraviy koʻtarish koʻrsatkichi 0,01 dan oshmagan holda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ogʻir yuklar vagonetkalarda tashilganda yukning chegaraviy vazni 300 kgdan oshmasligi kerak. Bunda koʻtarish koʻrsatkichi 0.01 dan oshmagan holda faqat relslarda harakatlanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-jadval

Ayollar uchun ogʻir yuklarni koʻtarish va tashishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy yuklamalarning meʼyorlari

Ogʻir yuklarni koʻtarish va koʻchirishning xususiyatlari

Yukning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy vazni, kg

1. Ogʻir yuklarni koʻtarish va koʻchirish va koʻchirishni boshqa ishlar bilan almashilgan holda bajarish

9

2. Doimiy ravishda butun ish smenasi davomida ogʻir yuklarni koʻtarish va koʻchirish

6

3. Ish smenasining har bir soati davomida koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni:

ishchi yuzadan

300

poldan ortib ketmasligi kerak

150

4. Ish smenasi davomida koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni:

ishchi yuzadan

2500

poldan ortib ketmasligi kerak

1250

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻtarilayotgan va koʻchirilayotgan yukning vazniga qadoqlanadigan idishlar va oʻramlarning vazni ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Stolning boʻyi darajasi ishchi yuzaning darajasi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3-jadval

Ayollar uchun ogʻir yuklarni tashish va koʻchirishning chegaraviy meʼyorlari

Tashish turi

Yukning chegaraviy vazni, kg

Tashish sharoiti va chegaraviy koʻtarish meʼyori

Koʻlda (1 kishiga)

9

Tekis yuzada

Zambilda (2 kishiga)

22

Tekis yuzada

Bir gʻildirakli arava

22

0,02 oshmagan holda faqat taxtadan yumalatish

Uch va toʻrt gʻildirakli arava

50

Notekis yuzada 0,01 dan oshmagan holda

Ikki gʻildirakli qoʻl aravacha

60

Tekis yuzada 0,02 dan oshmagan holda

Notekis yuzada 0.01 dan oshmagan xolda

Vagonstkalar

300

0,01 dan oshmagan holda faqat relslarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Chegaraviy koʻtarish bu eng yuqori balandlikning yoʻlning uzunligiga nisbati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homilador ayollar uchun ogʻir yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yuklamalarning ruxsat etilgan meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Homilador ayollar bel sohasidan yuqori boʻlgan mehnat predmetlarini koʻtarish bilan. poldan koʻtariladigan mehnat predmetlari, oyoq mushaklarini va qorin atrofi mushaklarini pressini statik zoʻriqishini paydo boʻlishi bilan, majburiy ish holatida turish (choʻkkalab oʻtirish, tizzasi bilan oʻtirish, egilgan holatda turish, qorni va koʻkragi bilan asbob-uskunalarga hamda mehnat predmetlariga tayangan holda turish), tanani 15 darajaga burgan holatda turish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Homilador ayollar uchun oyoq pedalidan foydalanib boshqariladigan asbob-uskunalarda ishlaydigan ishlar, asab-emotsional zoʻriqish bilan kechadigan konveyrdagi majburiy ritmdagi ishlar mustasno qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Boshqa ishlarga almashlab ishlash sharti bilan yukni koʻtarish va koʻchirishda uning vazni (1 soatda 2-martadan) 2,5 kg dan ortmasligi lozim. (4-jadval).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ish smenasi davomida doimiy ravishda koʻtariladigan va tashiladigan yukning vazni 1,25 kg dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ish smenasining har bir soatda ishchi yuzadan 5 metrgacha boʻlgan masofaga koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni 60 kg dan oshmasligi kerak, poldan koʻtarishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 8 soatlik ish smenasida ishchi yuzadan koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni 480 kg dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4-jadval

Homilador ayollar uchun ogʻir yuklarni koʻtarish va tashishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy yuklamalarning meʼyorlari

Ogʻir yuklarni koʻtarish va koʻchirishning xususiyatlari

Yukning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaraviy vazni, kg

1. Ogʻir yuklarni koʻtarish va koʻchirishda boshqa ishlar bilan almashilgan holda bajarish

2,5

2. Doimiy ravishda butun ish smenasi davomida ogʻir yuklarni koʻtarish va koʻchirish

1.25

Ish smenasining har bir soati davomida koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni

ishchi yuzadan

60

poldan ortib ketmasligi kerak

yoʻl qoʻyilmaydi

4. Ish smenasi davomida koʻchiriladigan yuklarning yigʻindi vazni:

ishchi yuzadan

480

poldan ortib ketmasligi kerak

yoʻl qoʻyilmaydi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Koʻtarilayotgan va koʻchirilayotgan yukning vazniga qadoqlanadigan idishlar va oʻramlarning vazni ham kiritiladi