O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda pillachilik va qorako‘lchilik tarmoqlarining mavjud salohiyatini har tomonlama ishga solish hamda ishlab chiqarish korxonalarining rentabelligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali ushbu sohalarni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mazkur tarmoqlardagi infratuzilma resurslaridan samarali foydalanilishini ta’minlash, nasl ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faoliyatni kuchaytirish talab etilmoqda.
Pillachilik va qorako‘lchilikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, pillachilik va qorako‘lchilik klasterlarini tashkil qilgan holda xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Jahon bankining amalga oshirilayotgan loyihasi (15 mln yevro) va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi (16 mln yevro) doirasidagi ikkita grant liniyalari yuqorida ko‘rsatilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnika bazasi, laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularga xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga yo‘naltirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublika viloyatlarida tashkil qilinayotgan, qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar tizimini o‘z ichiga olgan Agroxizmatlar markazlari bilan chuqur integratsiyalashuvini;
pillachilik va qorako‘lchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga Agroxizmatlar markazlari orqali bilimlar berish, ularni ilmiy-amaliy qo‘llab-quvvatlash va xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoniga asosan 11-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Pillachilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar uning mablag‘larini shakllantirish manbai etib belgilansin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyul)
13. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Qo‘mita boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti filiallarida qorako‘lchilik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus yo‘nalishlar ochishni nazarda tutsin;
Samarqand veterinariya va meditsina texnikumida mayda shohli mollarni ko‘paytirish hamda ipak qurti yetishtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini ta’minlasin;
Marg‘ilon shahridagi 1-son kasb-hunar maktabida ipak qurti yetishtirish, xom ipakni qayta ishlash va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini ta’minlasin;
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti ularga mayda shohli mollarni va ipak qurtini ko‘paytirish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilishda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish vazifasini yuklagan holda tegishincha Samarqand veterinariya va meditsina texnikumiga va Marg‘ilon shahridagi 1-son kasb-hunar maktabiga biriktirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
15. Qo‘mita bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momig‘i) va xom ipakni olib chiqish ustidan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-sentabr,
PF-6059-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.13-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 06/20/6059/1256-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 18.02.2023-y., 06/23/24/0096-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son; 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son; 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)