O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2009-yil 13-oktabrdagi 107-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2050, 2009-yil 30-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 14-bandidagi “Axborot markazi” degan so‘zlar “Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.