25.08.2020 yildagi 511-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan texnologik parkni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali viloyatda investitsiya muhitini yaxshilash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targʻib qilishga koʻmaklashish, viloyatda yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularga zamonaviy raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, elektron tijorat yoʻnalishlarini oʻrgatishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmogʻidan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-noyabrdagi 921-son qaroriga muvofiq Andijon viloyatida jami 16 ta raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil qilinishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining Andijon shahri, Boburshoh koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarida (keyingi oʻrinlarda — obyekt) Andijon “Digital City” texnoparki (keyingi oʻrinlarda — texnopark) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Andijon viloyati hokimligining obyektni Andijon viloyati hokimligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparkni buyurtmalar bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi tashkilotlar uchun joriy etiladigan mahalliy dasturiy mahsulotlarning ustuvor loyihalarini amalga oshirishda mahalliy buyurtmalar portfelini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga, ularni ichki va tashqi bozorlarda taklif etishga, mahalliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning eksportini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini taʼminlash maqsadida ilmiy, taʼlim, ishlab chiqarish tashkilotlarining integratsiyalashuviga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatida axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning qishloq va suv xoʻjaligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, bank va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali hamda xorijiy davlatlarning texnoparklari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatgan holda viloyatda “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda “5 ta muhim tashabbus” dasturi doirasida aholi, shu jumladan yoshlar uchun kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmogʻidan samarali foydalanishga moʻljallangan shahar va tumanlarda raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni oʻqitishni tashkil etish, shu jumladan, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida Andijon viloyatida yoshlarni tizimli ravishda dasturlash yoʻnalishida oʻqitishni tashkil etish, axborot texnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaxassislar bilan sohaga qiziquvchi yoshlar oʻrtasida uchrashuvlar, mahorat darslari, konferensiyalar, treninglar va axborot texnologiyalari boʻyicha mavsumiy oromgohlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xosting va virtual serverlar xizmatlari koʻrsatish maqsadida maʼlumotlar markazi faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda kompyuter va kibersport oʻyinlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatida kompyuter va kibersport oʻyinlarini belgilangan tartibda tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnopark faoliyatini boshqarish Andijon viloyati hokimligi muassisligida tashkil etiladigan Andijon “Digital City” texnoparki direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — direksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, yuridik shaxslarni texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, istiqbolli startap-loyihalarni tanlab olish Andijon viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan Andijon “Digital City” texnoparki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, texnoparkni tashkil etish va uning faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark joylashtiriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, ularni zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalar bilan jihozlash — Andijon viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnoparkning boshqa joriy xarajatlarini qoplash — texnoparkda tashkil qilingan oʻquv kurslari va malaka oshirish kurslaridan tushgan mablagʻlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida texnopark faoliyati ixtisosligiga tegishli ishlar (xizmatlar) bajarilishidan olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
511-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 09/20/511/1217-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)