Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SAYLOV TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh XUSUSIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi oʻz qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-avgust,
810-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 207-modda)