11.02.2005 yildagi PQ-5-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMMUNAL XIZMATLAR TARIFLARINING ASOSSIZ RAVISHDA O‘SIB KETISHIGA YO‘L QO‘YMASLIK HAMDA ULAR UCHUN O‘Z VAQTIDA VA TO‘LIQ HISOB-KITOB QILINISHI UCHUN ISTE’MOLCHILARNING MAS’ULIYATINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmatlar uchun iste’molchilarning o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish va mas’uliyatini oshirish, tariflarning asossiz ravishda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek kommunal tarmoqlardan foydalanish, ularni texnik jihatdan zamonaviylashtirish va qayta jihozlash, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha yuridik shaxslar — kommunal xizmatlar iste’molchilari iste’mol qilingan kommunal xizmatlar uchun kalendar oy tamom bo‘lgandan keyin 30 kun mobaynida to‘liq hisob-kitob qilishlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada belgilangan muddatlardan o‘tib ketgan har bir kun uchun yuridik shaxslardan muddati o‘tkazib yuborilgan summaning 0,4 foizi, aholidan esa 0,1 foizi miqdorida, ammo 50 foizdan oshmaydigan mikdorda, penya qo‘shib undiriladi. Olingan penya summalari kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun to‘liq va maqsadli foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lamagan iste’molchilar o‘rnatilgan tartibda ushbu manbalardan uzib qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz va suv tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv, issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazgan, shuningdek hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashishga yo‘l qo‘ygan qoida buzuvchilar qonunchilikka muvofiq to jinoiy javobgarlikkacha tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2005-yil 1-iyuldan boshlab uy-joylar ichidagi suv o‘tkazgichlari, kanalizatsiya, issiqlik, elektr tarmoqlari va qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan uy-joy mulkdorlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi va, tegishli ravishda, sovuq suv, issiqlik va elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxonalarning xarajatlariga kiritilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qaroriga muvofiq 2005-yil 1-yanvardan boshlab olingan kommunal xizmatlar uchun aholi tomonidan haq to‘lash iste’molchilarning ixtiyoriga ko‘ra barcha tijorat banki bo‘limlari va to‘lovlarni qabul qilish kassalari orqali cheklovlarsiz amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va kommunal xizmatlar ko‘rsatish korxonalariga ular tomonidan ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar, shu jumladan uy-joylarning majburiy dastlabki to‘lovni amalga oshirish uchun aholidan naqd pul mablag‘larini kassalarni chetlab mustaqil yig‘ish taqiqlansin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.H. To‘xtayev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zkommunxizmat” Agentligi, “O‘zbekenergo” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni puxta ko‘rib chiqsin va ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda uy-joy mulkdorlari va undan foydalanuvchilarning kommunal xizmatlar haqini, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlarini o‘z vaqtida to‘lash uchun javobgarligi masalalariga alohida e’tibor qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uy-joy mulkdorlari va undan foydalanuvchilar tuzilgan shartnomalarga muvofiq, kommunal xizmat, uy-joylarni saqlash xarajatlarini to‘lash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va boshqa qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan hollarda shahar va tumanlarning hokimliklari kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining taqdimnomasiga muvofiq, to‘lanmagan qarzlarni aybdor shaxslardan belgilangan tartibda undirib olish to‘g‘risida fuqarolik sudlariga da’vo arizalari kiritsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bo‘sh turgan egasiz uy-joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning hokimliklari bo‘sh yotgan uy-joylarni uch oy muddatda xatlab qo‘ysinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘sh yotgan egasiz uy-joylar aniqlanganida ularni belgilangan tartibda davlat mulkiga o‘tkazish uchun sudga murojaat etish maqsadida ularni hisobga olib qo‘yish ta’minlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olti oydan ortiq kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlari uchun haqi to‘lanmagan bo‘sh yotgan uy-joylar aniqlangan taqdirda qonunchilikka muvofiq uy-joy mulkdorlarining muayyan javobgarligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun fuqarolik sudlariga da’vo arizalari kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda sud organlari ushbu qaror ijrosi bo‘yicha qabul qilgan qarorlarni sud ijrochilari tomonidan ijro etish tartibi to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal sohasidagi normativ-huquqiy boshqarish avvalo qonun hujjatlari bilan amalga oshirilishini nazarda tutgan holda tegishli idoraviy normativ hujjatlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin va ularni keskin kamaytirish hamda tartibga keltirish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda; 45-son, 337-modda; 2007-y., 11-son, 95-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son; 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)