[
OKOZ:
1.
16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish]
[
TSZ:
1.
Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi buyrug‘i, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2358-3]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qaroriga
muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 1-maydagi 71-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2358, 2012-yil 4-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 19-son, 210-modda);
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-avgustdagi 216-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2358-1, 2018-yil 25-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 10/18/2358-1/1957-son);
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 4-maydagi 120-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2358-2, 2019-yil 13-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 10/19/2358-2/3285-son).
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-iyun,
197-son
Kelishilgan:
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2020-yil 11-iyun
Bosh prokuror N. YO‘LDOShEV
2020-yil 12-iyun
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
2020-yil 15-iyun
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2020-y., 10/20/2358-3/1081-son)