O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“BUXORO VILOYATINI SUV BILAN TA’MINLASHNI YAXSHILASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublikada ichimlik suvdan oqilona foydalanilishi ustidan nazorat qilishning zamonaviy tizimlarini joriy etish, Buxoro viloyati aholisini sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ispaniya Qirolligi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida “Buxoro viloyatini suv bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish uchun Ispaniya Qirolligi Taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasining Vazirliklararo komissiyasi tomonidan tasdiqlangan mablag‘ bilan ta’minlash shartlari asosida 16,175 mln yevro miqdorida kredit berish yuzasidan ahdlashuvga erishilganligi;
Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan zamonaviy suvnasosi, taqsimlagich, laboratoriya va hisobga olish asbob-uskunalarini xarid qilish, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni o‘qitib berish yuzasidan “Degremon Medio Ambyente S.A.” kompaniyasi (Ispaniya) bilan Ispaniya Qirolligi hukumatining ko‘rsatilgan krediti doirasida 16,175 mln. yevro miqdorida kontrakt tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Buxoro viloyati hokimligi va “Suvoqova” viloyat ishlab chiqarish boshqarmasi mazkur loyiha bo‘yicha buyurtmachi va ijrochi etib belgilansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, loyihaning import qismini mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi tartibda:
loyiha import qismi qiymatining “CESCE” agentligi sug‘urta mukofoti miqdorining 50 foiziga ko‘paytirilgan 50 foizi (ko‘pi bilan 8,0875 mln yevro) Ispaniyaning “Instituto de Credito Oficial” (ICO) davlat kredit agentligining 31 yil muddatga, shu jumladan 10 yillik imtiyozli davrga beriladigan imtiyozli kredit mablag‘larini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan “Asaka” bankining krediti hisobiga;
loyiha import qismi qiymatining “CESCE” agentligi sug‘urta mukofoti miqdorining 50 foiziga ko‘paytirilgan 50 foizi (ko‘pi bilan 8,0875 mln yevro) “Sosyete Jeneral” bankining (Ispaniya) 10,5 yil muddatga, shu jumladan ikki yillik imtiyozli davrga “CESCE” agentligining sug‘urta qoplamasi ostida beriladigan kredit mablag‘larini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan “Asaka” bankining krediti hisobiga amalga oshiriladi.
4. Belgilab qo‘yilsinki, asosiy qarz, foizlar va ko‘rsatilgan kreditlar bo‘yicha boshqa moliyaviy xarajatlar 1 va 2-ilovalarga* muvofiq, shu jumladan:
* Ilovalar berilmaydi.
investitsiya davrida (biroq 2007-yilning birinchi choragidan kechikmay) – budjet mablag‘lari hisobiga;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya davri tugagandan keyin — Buxoro viloyati hokimligi “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasining o‘z mablag‘lari, yetmaydigan qismi — mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga qaytariladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-avgustdagi 172-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 33-son, 332-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Buxoro viloyati hokimligi jalb etilayotgan kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek asosiy qarz, foizlar va “Asaka” banki kreditlari bo‘yicha boshqa moliyaviy chiqimlar qaytarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
(4-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
5. “Asaka” banki Ispaniyaning “Instituto de Credito Oficial” (ICO) davlat kredit agentligi va “Sosyete Jeneral” (Ispaniya) banki bilan “CESCE” agentligining sug‘urta qoplamasi ostida belgilangan tartibda kredit bitimlari tuzsin hamda ushbu mablag‘larni Buxoro viloyati hokimligining “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasiga qayta moliyalashtirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Asaka” bankining xorijiy kreditorlar oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek “Asaka” bankiga Buxoro viloyati hokimligi “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasining to‘lov majburiyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda kafolatlar berishga vakil qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xorijiy banklar — kreditorlar oldidagi kafolatlari yuzasidan kredit bitimlariga ilovalarda belgilangan shaklda belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
8. “O‘zkommunxizmat” agentligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishini, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin, ishlarni muvofiqlashtirsin va masalalarni idoralararo darajada hal etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda “Buxoro viloyatini suv bilan ta’minlashni yaxshilash” loyihasi 2002—2007-yillar uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining aniq yo‘naltirilgan qismiga kiritilishini nazarda tutsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
10. Xorijiy kreditorlarning daromadlari va mazkur loyihani mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashuvchi eksport-kredit agentliklari O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbaida daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmanomasiga binoan mazkur loyihaning xorijiy qatnashchilariga ko‘p martalik vizalar o‘z vaqtida berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini, ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod qilgan holda ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarga kelish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va Buxoro viloyati hokimi S.Q. Xusenov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-fevral,
67-son