O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qo‘llanadigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
3. Belgilab qo‘yilsinki, mahalliy pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarning ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya talab etilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
ushbu qarorda belgilangan talablar va qoidalarga to‘liq javob beradigan yuridik shaxslarga alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilishini ta’minlasin;
ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan ushbu qaror bilan belgilangan litsenziya talablariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan qat’iy tizimli nazorat o‘rnatsin.
5. Belgilansinki, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Sharobsavdo” ulgurji bazalariga ulgurji savdo faoliyati uchun ilgari berilgan litsenziyalar yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda, uch oy muddatda qayta rasmiylashtirilishi shart.
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritgan chakana savdo do‘konlaridagi qoldiq alkogol mahsulotlarini sotishga 2020-yil 1-sentabrgacha ruxsat beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-may,
301-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/301/0620-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)