18.05.2020 yildagi PF-5995-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish

1.

Organik va organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi

2.

Bolalar ovqatlarining xavfsizligi to‘g‘risida maxsus texnik reglamentni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK,

Qish�oq xo‘jaligi vazirligi

3.

Maxsus oziq-ovqat mahsulotlari, funksional parhez, davolash va parhez-profilaktika ovqatlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni ishlab chiqishda organik mahsulotlarga qo‘yilgan talablarni inobatga olish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“O‘zstandart” agentligi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

4.

Organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli va tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

II. Sertifikatlashtirish, avtorizatsiya va akkreditatsiya tizimlarini shakllantirish

5.

Organik ishlab chiqarish sohasida avtorizatsiya, akkreditatsiya va sertifikatlashtirishning milliy tizimlarini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-mart

“O‘zstandart” agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

6.

Organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari faoliyatining ekvivalentligini baholash va avtorizatsiyalash tizimini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi

7.

Organik mahsulotlar uchun davlat savdo belgisi (logotip)ni ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zstandart” agentligi

8.

“Biosifat” markaziy laboratoriyasini hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi Daraxt ko‘chatlari va gul qalamchalari bo‘yicha sinov laboratoriyasini Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi tarkibiga o‘tkazgan holda ushbu yo‘nalishdagi muvofiqlikni baholash idorasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zagrokimyohimoya” AJ,

“O‘zstandart” agentligi

III. Organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqarish uchun malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakalarini oshirish

9.

Toshkent davlat agrar universitetida “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash” yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash hamda Germaniya, Amerika, Fransiya, Isroil, Italiya, Turkiya kabi organik qishloq xo‘jaligi rivojlangan davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha yetakchi oliy va ilmiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

10.

Toshkent Davlat agrar universiteti hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda Turkiyaning Egey universiteti va boshqa xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va organik paxtachilik sohasida ilmiy-tadqiqotlar olib borish yuzasidan hamkorlik choralarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil

1-mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

11.

Organik qishloq xo‘jaligini yuritish bo‘yicha o‘quv va uslubiy materiallarni tayyorlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

1-avgust

Qishlo xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

12.

Organik ishlab chiqarishning maqsadi va istiqbollari to‘g‘risidagi bilimlarni ommalashtirish ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

13.

Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha fermer va dehqon xo‘jaliklari, tadbirkorlar va boshqa manfaatdorlar uchun o‘quv va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

14.

“Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUK tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni organik ishlab chiqarishga o‘tkazish va sertifikatlashtirishga tayyorlash jarayonlarida qishloq xo‘jaligi korxonalari mutaxassislariga organik standart talablarini o‘rgatish va zaruriy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari asosida maslahat xizmatlarini ko‘rsatish ishlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK,

Yong‘oq yetishtiruvchilar va eksportyorlar uyushmasi

15.

“Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUKning organik qishloq xo‘jaligi va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti talablarini joriy qiluvchi fermer xo‘jaliklari, eksportyor tashkilotlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari uchun masalahat xizmatlari, xalqaro ko‘rgazma, o‘quv seminarlar va treninglarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK,

Yong‘oq yetishtiruvchilar va eksportyorlar uyushmasi

IV. Milliy ishlab chiqaruvchilar uchun ichki bozorni rivojlantirish va eksport geografiyasini kengaytirish

16.

Milliy organik mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun salohiyatli eksport bozorlarini aniqlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazishni ta’minlash va ichki bozorlarni rivojlantirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

1-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

17.

Talab yuqori va istiqbolli organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari turlarini aniqlash uchun organik mahsulotlar bozorlari konyunkturasini o‘rganish hamda yirik savdo tarmoqlarida organik mahsulotlarni qadoqlash va tamg‘??ash turlarini tahlil qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

1-sentabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK,

“O‘zstandart” agentligi

18.

Organik mahsulotlar bo‘yicha ichki bozor hajmi va ularning eksport salohiyatini aniqlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

1-dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

19.

Salohiyatli investorlarni jalb qilish orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh kabi davlatlar bozorlariga organik mahsulotlarni eksport qilish uchun zaruriy infratuzilmalarga ega bo‘lgan agroklasterlar, kooperativlar va logistika markazlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

20.

Organik qishloq xo‘jaligi bilan aloqador xo‘jalik yuritish subyektlarining sohaga tegishli respublika va xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-aprel

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

21.

Organik (ekologik toza) mahsulotlarni iste’mol qilish orqali aholining sog‘lom ovqatlanish an’anasini shakllantirish va uni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish.

Bunda, aholining keng qatlamlari bilan birga manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul mutaxassislari, meva-sabzavot klasterlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari vakillarining ishtirok etishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

22.

Organik qishloq xo‘jaligi harakatlarining xalqaro federatsiyasi bilan aloqa o‘rnatish uchun organik tovar ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tuzishga tashkiliy jihatdan ko‘maklashish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

23.

Organik paxta xomashyosini yetishtirish, to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlash va eksport qilish bo‘yicha Hindiston, Xitoy, Turkiya va AQSh kabi u??? yo‘nalish rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar (FAO, GIZ, USAID va shu kabilar)ning texnik ko‘maklari doirasida o‘quv tanishuv safarlarini tashkil etish.

Bunda, manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul mutaxassislari bilan birga organik paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish imkoniyatiga ega tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil (Hindiston, Turkiya), 2022-yil (Xitoy, AQSh)

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

24.

Global organik to‘qimachilik standarti (Global Organic Textile Standard — GOTS) talablarini hamda xalqaro tajribani chuqur tahlil qilgan holda:

milliy standartlar ishlab chiqish va ular talablariga muvofiq eksportga yo‘naltirilgan organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

eksport geografiyasini kengaytirish hamda to‘qimachilik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Textile Exchange faoliyati o‘rganish va u bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-fevral

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

25.

Turkiyaning EGEDENIZ TEKSTIL A.S bilan hamkorlikda organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-dekabr

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

26.

Aholi ixtiyoridagi sut mahsulotlarini qabul qilish, qayta ishlash va realizatsiya qilishni ichiga olgan kooperatsiya tashkil etish bo‘yicha ilg‘or chet el tajribalarini o‘rganish va ushbu yo‘nalishda kooperativlar tashkil etish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

1-mart

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

27.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining tumanlarida tashabbuskorlar tomonidan aholi xonadonlarida organik kurka yetishtirish tajribasini yaratish va yetishtirilgan mahsulotlarni organik sertifikatlashtirib, eksportga yo‘naltirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil

1-mart

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

28.

Respublikamizning kimyoviy ishlov berilmaydigan tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida yetishtirilayotgan yong‘oq va boshqa danakli mevalar va rezavorlarni kooperatsiyalar orqali organik sertifikatlashtirish va eksportga yo‘naltirish tadbirlarini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil

1-noyabr

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Yong‘oq yetishtiruvchilar va eksportyorlar uyushmasi

V. Organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqarish doirasidagi ilmiy-tadqiqotlarni kengaytirish

29.

Mintaqa va mahalliy darajalarda organik ishlab chiqarishni tashkil etish sharoitlari uchun qishloq xo‘jaligi yer turlarining yaroqliligini kompleks baholashdan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-mart

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

30.

Kompleks baholash natijasida organik ishlab chiqarishni tashkil etish uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, viloyatlar va tabiiy-qishloq xo‘jalik tumanlarining yaroqliligi bo‘yicha xo‘jaliklar sonini aniqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

1-dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

31.

Organik ishlab chiqarishni ta’minlaydigan texnologik omillar va biologik vositalardan kompleks foydalanishga tayanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish, o‘g‘itlar va biopreparatlarni qo‘llashning yaxlit tizimlari, tuproqlarga ishlov berish va almashlab ekish (dala va yem-xashak, sabzavot va kartoshka) usullarini ishlab chiqish.

Ilmiy-uslubiy chora-tadbirlar

2021-yil

1-mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

32.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer, dehqon va xususiy tomorqa xo‘jaliklarida organik ishl�b chiqarishni tashkil etishning asoslarini shakllantirish.

Ilmiy-uslubiy chora-tadbirlar

2021-yil

1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

33.

Klasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun organik standartlar va organik qishloq xo‘jaligining asosiy tamoyillari bo‘yicha organik dehqonchilik tizimlariga bosqichma-bosqich o‘tish usullarini ishlab chiqish.

Ilmiy-uslubiy chora-tadbirlar

2022-yil

1-fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

34.

Organik chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

Ilmiy-uslubiy chora-tadbirlar

2022-yil

1-fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

35.

Organik mahsulotlar bozorlarini samarali shakllantirish, ularni sertifikatlashtirish va tamg‘alash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish.

Ilmiy-uslubiy chora-tadbirlar

2021-yil

1-fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

36.

Organik paxtachilik va organik to‘qimachilik sohasining ilmiy asoslarini rivojlantirish.

Ilmiy-uslubiy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

37.

Organik urug‘chilikni tashkil etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va jadallashti�ish.

Ilmiy-uslubiy chora-tadbirlar

2020 — 2024-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

38.

Organik ishlab chiqarishga asoslangan o‘simlikshunoslik va chorvachilik sohasidagi fermerlar, dehqonlar va boshqa kichik tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish uchun amaliy namoyish maydonchalarini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

VI. Organik ishlab chiqarish doirasidagi hisob va hisobotlar

39.

Organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

1-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

40.

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni va realizatsiya �ilishni amalga oshiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni chop etish va organik mahsulot (xomashyo)larni ishlab chiqaruvchilar reyestrini yuritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

1-fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

41.

Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksport va realizatsiya qilish to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini taqdim etish usullarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

1-aprel

Davlat statistika qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

42.

Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksport va realizatsiya qilish to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni chop etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yildan boshlab har yili iyul oyida

Davlat statistika qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

43.

Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksport va realizatsiya qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida amaldagi davlat statistika hisoboti shakllarini takomillashtirish, zarur hollarda yangi hisobot shaklini ishlab chiqish va joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil dekabr

Davlat statistika qo‘mitasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

VII. Organik ishlab chiqarish tizimlarini xalqaro tizimlarga integratsiyalashtirish

44.

Organik qishloq xo‘jaligi doirasidagi milliy sertifikatlashtirish idoralarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

“O‘zstandart” agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

45.

Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari organik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarining IFOAMda ishtirok etishini, Markaziy Osiyo va global darajada organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

46.

Xalqaro organik forumlarda (ilmiy-tadqiqot masalalari yoki sertifikatlash bo‘yicha) ishtirok etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘rmon xo‘j?l?gi davlat qo‘mitasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zstandart” agentligi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

47.

Organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro anjuman tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Ikki yilda bir marta

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomlari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Mavjud paxta to‘qimachilik klasterlari orasidan organik paxta xomashyosi yetishtirish va organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash va ularning ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil
iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2.

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan organik paxta xomashyosi yetishtirish va organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishda samarali faoliyat yuritayotgan chet el korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlarini tashkil etish.

2020-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

3.

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlarida organik paxta xomashyosi yetishtirish va organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun milliy va xalqaro konsultantlarni yollash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

2021 — 2023-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

4.

Global organik to‘qimachilik standarti (Global Organic Textile Standard — GOTS) talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish uchun mutaxassislar tayyorlash.

2021-2022-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

“O‘zstandart” agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

5.

Sertifikatlashtirish ishlarini boshlash va sertifikatlashtirish idorasini tanlash.

2021-yilning
1-apreliga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“O‘zstandart” agentligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

6.

Organik ishlab chiqarishga o‘tish uchun zarur hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish va yozuvlarni yuritish ishlarini tashkil etish.

2021-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

7.

Organik paxta xomashyosini yetishtirish uchun bio o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning biologik usullarini qo‘llash.

2021-yil vegitatsiya davridan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zagrokimyohimoya” AJ,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

8.

Organik paxta xomashyosidan organik to‘qimachilik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni boshlash.

2023-yil
1-yanvardan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

9.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tamg‘alashda Global organik to‘qimachilik standarti (GOTS) talablariga muvofiq savdo belgisidan foydalanish.

2024-yil
1-yanvardan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

10.

Paxta-to‘qimachilik sohasiga aloqador ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari olimlari tomonidan bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatishni, uslubiy materiallar bilan ta’minlashni hamda ushbu yo‘nalishda ilmiy-tajriba yo‘nalishida hamkorlik qilishni ta’minlash.

2020-yil vegitatsiya davri boshidan

Fanlar Akademiyasi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

11.

Organik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatiga ega davlatlar va bozorlarni aniqlash va o‘rganish.

2021-yildan boshlab

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

12.

Global organik to‘qimachilik standarti (GOTS) talablariga muvofiq sertifikatlangan mahsulotlarni eksport qilish va tashqi bozorlarda sotish ishlarini tashkil etish.

2023-yildan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tashabbuskor paxta-to‘qimachilik klasterlari

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Organik bozorlar va restoranlar tashkil etish uchun maqbul yer maydonlarini “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasiga kiritish hamda tadbirkorlar va investorlar o‘rtasida elektron onlayn-auksion tashkil etish.

2020-yil
III chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hoki�liklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2.

Tanlov natijalariga muvofiq tanlangan yer uchastkalarida zamonaviy-tarixiy uyg‘unlikdagi milliy an’analarimiz aks ettirilgan o‘ziga xos jozibadorlikka ega organik bozor va restoranlar qurilishi ishlarini amalga oshirish.

2020-2021-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

3.

Organik sertifikatga ega fermer xo‘jaliklarining organik bozorlarda mahsulotlarini sotishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berish.

2021-yildan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

4.

Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan Toshkent, Qo‘qon, Marg‘ilon, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi mashhur mehmonxonalar va restoranlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishini ta’minlash.

2021-yildan boshlab

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Toshkent, Qo‘qon, Marg‘ilon, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida organik bozor va restoranlar tashkil etilganligi to‘g‘risida davlat va xorijiy tillarda targ‘ibot va reklama qilish ishlarini tashkil etish.

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari