06.05.2020 yildagi 268-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, Samarqand shahrining bosh rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlar natijasida qoʻshimcha tadbirlarning moliyalashtirish manbasini belgilash hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Sammitini oʻtkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2019-yil 18-sentabrdagi 783-son qaroriga asosan Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarma) 25 mln AQSh dollariga teng ekvivalentda krediti ajratilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarmadan jalb qilingan kreditni qoplash va xizmat koʻrsatish bilan bogliq xarajatlar Samarqand viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshka manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga ajratilgan kredit hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash ishlariga — 106,7 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti va oqova suv tizimi obyektlarini taʼmirlash ishlariga — 88,8 mlrd soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahar ichki yoʻllarini qurish va taʼmirlash ishlariga — 32,7 mlrd soʻm yoʻnaltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda jamgʻarmadan ajratilgan kreditni qoplash maqsadida ushbu mablagʻlarning umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari hamda suv taʼminoti va oqova suv tizimi obyektlarini qurish va taʼmirlash uchun sarflangan 195,5 mlrd soʻm miqdordagi qismini 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan va maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan jamgʻarmaga toʻlab berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga ajratilgan kredit hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari hamda Samarqand shahar ichki yoʻllarini qurish va taʼmirlash ishlari boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida bajarilgan ishlar — Samarqand viloyati hokimligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti va oqova suv tizimi obyektlarini taʼmirlash boʻyicha ishlari boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida bajarilgan ishlar — “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlarni sifatli tashkil etish hamda ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov — jamgʻarmadan ajratilgan kreditning maqsadli sarflanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev — ichimlik suvi va oqova suv tizimi obyektlarini qurish va taʼmirlash ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri oʻrinbosari — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi A.Abduvaliyev — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari hamda Samarqand shahar ichki yoʻllarini qurish va taʼmirlash ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 09/20/268/0541-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)