18.04.2020 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEAM universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, shuningdek, ilgʻor jahon taʼlim standartlariga muvofiq oliy maʼlumotli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, yoshlarning, ayniqsa, mamlakat mintaqalaridagi yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish va undan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “TEAM University” masʼuliyati cheklangan jamiyatining TEAM universitetini (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilanishi inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti real sektorining ehtiyojini hisobga olgan holda, tadbirkorlik va boshqaruv, shuningdek, boshqa sohalarda yuqori malakali oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni jalb etgan holda yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va xorijiy davlatlar kadrlarining malakasini oshirish, ilgʻor xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet “TEAM University” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi (keyingi oʻrinlarda muassis deb ataladi) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlmagan nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda oʻquv-metodik rahbarlik va taʼlim jarayonining olib borilishi tuziladigan bitimlar asosida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda xorijiy hamkorlar deb ataladi) bilan birgalikda taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda taʼlim jarayoni Universitet tomonidan tasdiqlanadigan va xorijiy hamkorlarning oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ingliz, oʻzbek tillarida va boshqa tillarda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda taʼlim faoliyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda litsenziya berilganidan soʻng, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishgan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda taʼlim raqamli texnologiyalar, masofaviy taʼlim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-oʻqitish, “blended learning” va boshqa zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda taʼlim olish toʻlov-kontrakt asosida, shuningdek yuridik shaxslar — potensial ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan taʼlim grantlari, shuningdek, yoshlarni oʻqitish uchun ajratiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda toʻlov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda Universitet tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis Universitetda oʻquv-uslubiy va ilmiy yoʻnalishda taʼlim jarayonini tashkil etishga koʻmaklashish boʻyicha Times Higher Education va Quacquarelli Symonds kabi yetakchi reyting agentliklarining TOP-1000 reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlari bilan bitim tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis tomonidan Universitetni rivojlantirish rejalariga muvofiq, respublikaning boshqa viloyatlarida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Universitetning filiallari tashkil etilishi mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Universitet Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Temur Malik koʻchasi, 146-uy manzilida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Universitetga kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojni hamda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini inobatga olgan holda mustaqil ravishda va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, Universitetning joriy faoliyatini moliyalashtirish, uning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, shuningdek, zarur oʻquv va laboratoriya asbob-uskunalari, mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv va metodik adabiyotlar hamda boshqa moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt asosida talabalarni oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet tomonidan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishda tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy hamkorlarning mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Universitet buyurtmanomasiga koʻra mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijlik professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmanomasiga koʻra mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijlik professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyida vaqtincha propiska qilinishi va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2020-y., 09/20/241/0467-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)