11.04.2020 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy notarial faoliyatni tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash orqali aholiga sifatli va uzluksiz notarial xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi oʻrinlardahududiy adliya organlari deb yuritiladi) operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan hamda davlat notarial idoralari notariuslari foydalanuvida boʻlgan bino va inshootlarni ijaraga berish, shuningdek, idora anjomlari, mebellar, temir shkaf, stellaj, seyf, kompyuter, orgtexnika vositalari va boshqa vositalarni (keyingi oʻrinlardainventarlar deb ataladi) sotish hududiy adliya organlari hamda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy amaliyot bilan shugʻullanish istagini bildirgan davlat notarial idoralari notariuslari, ushbu davlat notarial idoralari notariuslari foydalanuvida boʻlgan bino va inshootlarni ijaraga olishda boshqa xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga nisbatan ustunlikka ega boʻladi. Bunda, davlat notarial idoralari notariuslari, bino va inshootlarni ijaraga olishni yozma ravishda rad etgan taqdirda yoki ikki oy davomida ustunlik huquqidan foydalanmaganda ushbu bino va inshootlar hududiy adliya organlariga biriktirilmagan binoda faoliyat koʻrsatayotgan boshqa xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat notarial idorasi notariusiga biriktirilgan inventarlar ularni sotib olish istagini bildirgan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga balans qiymatida sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bino va inshootlarni ijaraga berish hamda inventarlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi hamda davlat notarial idoralarini, adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bino va inshootlarni ijaraga berishda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning mazkur qarorga zid kelmaydigan qoidalari amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bino va inshootlar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan ijaraga olinmagan hollarda ularda davlat notarial idoralari notariuslarini joylashtirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda hududiy adliya organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilishi yoki ijaraga berilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2020-y., 09/20/213/0421-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)