19.02.2020 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 29-iyuldagi PQ-4406-son, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-dekabrdagi PQ-4549-son qarorining ijrosini taʼminlash hamda respublikada bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha moliyaviy manbalari etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb etilgan kreditlarni belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha moliyaviy manbalari intensiv bogʻ barpo etish va issiqxona qurish hamda ularni lizing va kredit shartlari asosida berish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadlariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini barqaror rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan manzilli dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) bilan kelishiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskorlariga barpo etilgan intensiv bogʻ va qurilgan issiqxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-yanvardagi 52-son qarori bilan tasdiqlangan Intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq lizing va kredit shartlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda intensiv bogʻ barpo etish va issiqxona qurish boʻyicha loyihalar tashabbuskorlarini aniqlasin va 2020-2021-yillarga moʻljallangan manzilli dasturlarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda intensiv bogʻ barpo etish va issiqxona qurish boʻyicha loyihalarga Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 19-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2020-y., 09/20/102/0195-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)