24.12.2019 yildagi 25-son
Sudlarda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 47-bobi normalarini qo‘llashda masalalar vujudga kelayotganligi, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
FPK 47-bobi qoidalaridan kelib chiqib, ish mazmunan hal etilmagan birinchi instansiya sudining boshqa hujjatlari (masalan, arizani qabul qilishni rad etish yoki da’vo arizasini qaytarish to‘g‘risidagi, arizani ko‘rmasdan qoldirish yoki ishni ish yuritishdan tugatish to‘g‘risidagi, protsessual muddatni tiklash yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi, sudning hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ajrimlar, xususiy ajrim) yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 47-moddasiga muvofiq huquqiy vorislik fuqarolik sud ishini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligi sababli, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ishda ishtirok etgan shaxslarning protsessual huquqiy vorislari ham ega.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK 439-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan uch oylik muddatning o‘tkazib yuborilishi, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini FPK 47-bobi tartibida qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qaytarish uchun yoxud uni qabul qilishni rad qilish uchun o‘z-o‘zidan asos bo‘la olmaydi.
1) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar ochilgan kundan e’tiboran;
2) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran;
3) FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — qayta ko‘rilayotgan hal qiluv qaroriga, ajrimga yoki qarorga asos bo‘lgan hukmga, hal qiluv qaroriga, ajrimga yoxud qarorga mazmunan qarama-qarshi bo‘lgan sud hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi, qarori yoxud boshqa organning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran hisoblanishi inobatga olinishi lozim.
6. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning ko‘rilishi FPK 47-bobi qoidalari inobatga olingan holda, tegishli sud instansiyasida ish yuritish qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
FPK 442-moddasiga muvofiq sud qayd etilgan arizani sud majlisida ko‘radi, ish bo‘yicha yangi ochilgan holatlar mavjudligini tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillarni tekshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini tinglaydi, sud majlisi bayonnomasida yoritilishi lozim bo‘lgan boshqa zarur protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
8. FPK 437-moddasining ikkinchi qismida mavjud bo‘lgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun normasidan kelib chiqib, yangi ochilgan holatlar, ular ishni to‘g‘ri hal etish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hollardagina sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos hisoblanadi.
9. Ish ko‘rilayotgan paytda obyektiv o‘ringa ega bo‘lgan va qabul qilingan sud hujjatining mazmuniga ta’sir ko‘rsatadigan, ushbu hujjat chiqarilayotganda arizachi, shuningdek, sud bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan ishga taalluqli faktik holatlar, FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan yangi ochilgan holatlar hisoblanadi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, arizachi tomonidan ish bo‘yicha taqdim etilgan yangi dalillar sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la olmaydi.
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi sudning ajrimi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori bilan aniqlangan holatlar ham, agar sud ushbu holatlarni ish uchun muhim deb topsa, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la oladi (FPK 437-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Birinchi instansiya sudi tomonidan FPK 47-bobi tartibida chiqarilgan ajrim ustidan apellatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Birinchi instansiya sudining sud hujjatini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani rad qilish haqidagi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) qanoatlantirilganda, apellatsiya instansiyasi sudi FPK 47-bobi tartibida ushbu ajrimni, shuningdek, arizachi tomonidan qayta ko‘rish masalasi qo‘yilgan sud hujjatini, agar ushbu sud hujjatini qayta ko‘rish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, bekor qiladi. Bunday holda ish birinchi instansiya sudiga mazmunan ko‘rish uchun yuboriladi.
16. Agar yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilingan sud hujjati to‘liq yoki qisman ijro etilgan, ish yangidan ko‘rilganda esa, boshqa hal qiluv qarori qabul qilingan holda, sud FPK 459-moddasiga muvofiq sud hujjatining qaytarma ijrosi masalasini hal etishi shart. Sud hujjatining qaytarma ijrosi masalasi sud tomonidan FPK 461-moddasida nazarda tutilgan, alohida toifadagi ishlar bo‘yicha qaytarma ijroning o‘ziga xos jihatlari hisobga olingan holda hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.