O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 148-modda) 19-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismi birinchi xatboshisidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” degan so‘zlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 159-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda):
1) 5-moddasidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi”, “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ radiochastotalarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, radiochastotalar spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi”.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) 4-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldirilsin:
“8) O‘zbekiston Respublikasi pochta Aloqasi milliy operatorlarining pochta vagonlari va pochta qutilarida”.
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) 4-moddasi 2-bandining:
“j” kichik bandidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“o” kichik bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 168-modda):
1) 4-moddasining sakkizinchi xatboshisidagi “soliq sohasidagi jinoyatlar” degan so‘zlar “soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi”;
nomi va birinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan so‘zlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Departament boshlig‘ining o‘rinbosari” degan so‘zlar “Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VI. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi, 59-moddasidagi, 81-moddasining uchinchi qismidagi, 95-moddasining to‘rtinchi qismidagi, 101-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining”, “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda):
ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“O‘zdavstandart”)” degan so‘zlar “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “(Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi)” degan so‘zlar “(Davarxitektqurilish” qo‘mitasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zdavstandart”, “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar tegishincha “O‘zstandart” agentligi”, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddasining uchinchi, to‘rtinchi va sakkizinchi qismlaridagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “O‘zdavstandart”, “Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi” degan so‘zlar tegishincha “O‘zdavstandart” agentligi”, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish xamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar”;
“Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari”.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda):
“o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish” — o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;
“o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti” — operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi”;
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“O‘zdavstandart”)” degan so‘zlar “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash”;
“O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchovlar tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish”;
O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin”;
4) 5-moddasining birinchi qismidagi, 6-moddasining ikkinchi qismidagi, 7-moddasining ikkinchi qismidagi, 8-moddasining ikkinchi qismidagi, 10-moddasining birinchi qismidagi, 16-moddasining ikkinchi qismidagi va 17-moddasining birinchi qismidagi “O‘zdavstandart”ning”, “O‘zdavstandart” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin”;
“o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish”;
“yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash”;
o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda);
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi”;
uchinchi qismidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 171-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”;
Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, ta’mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshisi “shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
O‘lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchovlarning bajarilish sifatini baholash bo‘yicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan haq tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq to‘lanadi”.
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 50-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7–8, 217-modda):
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan keyin “O‘zdavstandart” deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “O‘zstandart” agentligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zdavstandart”ning” va “O‘zdavstandart” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 6-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 7-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma asosida sertifikatlashtirish faoliyatini hamda sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar o‘tkazish faoliyatini amalga oshiradilar.
Mahsulotlar sertifikatlashtirilayotganda arizachiga sertifikatni yoki muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi muvofiqlik sertifikatini bergan akkreditatsiya qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi”;
5) 9-moddasining birinchi qismidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 10-moddasining birinchi qismidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 14-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “O‘zdavstandart”, “O‘zdavstandart”ni” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 16, 161, 18 va 19-moddalaridagi, 21-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlaridagi “O‘zdavstandart”ning”, “O‘zdavstandart” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda):
“8) davlat bojxona xizmati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari — tegishincha bojxona, soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha”;
2) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan so‘zlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 27-moddasining birinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlar” degan so‘zlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “171-moddasining birinchi qismi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; qism “200” raqamidan so‘ng “2001” raqami bilan to‘ldirilsin;
nomi va birinchi qismidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” degan so‘zlar “Aloqa va axborotlashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining Davlat Aloqa inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat Aloqa inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir”;
nomi va matnidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan so‘zlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “168-moddasida, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar “168, 171-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika bo‘limlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir”;
7) 287-moddasining 8-bandidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan so‘zlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 289-moddasining uchinchi qismidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan so‘zlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 290-moddasining uchinchi qismi “soliq” degan so‘zdan keyin “va valyutaga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10) 291-moddasi birinchi qismining “d” bandidagi “soliqqa oid jinoyatlarga” degan so‘zlar “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda; 1997-yil, № 4–5, 126-modda) 16-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zdavstandart”da” degan so‘z “O‘zstandart” agentligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 57-moddasining:
uchinchi qismidagi “kreditorlar bilan birgalikda o‘zining bankrotligini e’lon qilish hamda ixtiyoriy suratda o‘zini tugatish haqida qaror qabul qilishi mumkin” degan so‘zlar “bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “yoki yuridik shaxsning o‘z bankrotligini e’lon qilish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 262-modda) 9 va 38-moddalari matnidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” degan so‘zlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 58-modda) 25-moddasining uchinchi qismidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 59-modda; 2002-yil, № 4–5, 74-modda):
1) 23-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (bundan buyon matnda “O‘zdavstandart” deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “O‘zstandart” agentligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 26-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 27-moddasi uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda):
1) 14-moddasining birinchi qismidagi “davlat notarial idoralari uchun belgilangan shtatlar soni va ish haqi fondi doirasida mansab okladlari chizmasiga rioya qilgan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishdagi harakatlarini noqonuniy deb topishga sabab bo‘lmaydi, uning ayrim harakatlarini belgilangan tartibda noqonuniy deb topish hollari bundan mustasno”;
ikkinchi qismi “boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan” degan so‘zlardan keyin “va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ajratmalar o‘tkazib bo‘linganidan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlar boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan yoki garovga qo‘yilayotgan mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaxsga o‘tkazuvchiga yoki garovga qo‘yuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud bo‘lgan hollarda ko‘rsatilgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga o‘tkazishga rozi bo‘lgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Uy-joyni (uy-joyning bir qismini), kvartira, dala hovli, bog‘ hovli, garajni, shuningdek boshqa bino, inshoot yoki imoratni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi bitimlar shu mol-mulk joylashgan hududda tasdiqlanadi”.
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
“advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning qonun hujjatlari talablarini buzganligi aniqlanganda”;
uchinchi xatboshisidagi “yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Litsenziyaning bekor qilinishi advokatning o‘z kasbiy faoliyatini bajarishdagi harakatlarini noqonuniy deb topishga sabab bo‘lmaydi”;
to‘rtinchi xatboshisidagi “litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsga nisbatan sud chiqargan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda”.
Keyingi tahrirga qarang.
XIX. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4–5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4–5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
“Mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan investorlarga, ularning pudratchilariga va ikkilamchi pudratchilariga soliq solish “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi”;
“27) dividendlar ko‘rinishida olingan va yuridik shaxsdan olinib, uning ustav kapitaliga (fondiga) yo‘naltirilgan daromadlar bo‘yicha”;
“Ushbu moddaning 11, 14, 17, 18, 19-bandlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrning bir yili o‘tguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyat davri uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi”;
“36) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam ko‘rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kirilayotgan tovarlar”;
chet el kreditlari hisobidan hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
chet el investitsiyalariga asoslangan korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, shuningdek ishlab turgan ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, lizingga topshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
xususiylashtiriladigan korxonalar uchun chet ellik investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan olib kirilayotgan texnologik jihozlar”;
“47) chet el investitsiyalariga asoslangan, bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarishlarida foydalanish uchun olib kirilayotgan xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar;
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, ushbu moddaning 36, 38, 42, 46 va 47-bandlarida nazarda tutilgan tovarlar bundan mustasno. Tovarlarni iste’mol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
“tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam ko‘rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarga, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kirilayotgan tovarlarga”;
“Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tovarlarni iste’mol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
XX. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4–5, 118-modda):
1) 6-moddasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan buyon “O‘zdavstandart” deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “O‘zstandart” agentligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddasining to‘rtinchi qismidagi “O‘zdavstandart” degan so‘z “O‘zstandart” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 33-moddasi:
“tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam ko‘rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar”;
2) o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi o‘n birinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari bo‘yicha yetkazib beriladigan tovarlar;
chet ellik investorlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida turgan chet ellik investorlar va chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlar, basharti olib kiriladigan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa;
mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlar olib borish uchun mo‘ljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek investor tomonidan olib kiriladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli bo‘lgan mahsulot;
budjetdan ta’minlanadigan tashkilotlar tomonidan (yoki ularning buyurtmalari bo‘yicha) budjet mablag‘lari hisobidan o‘z ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar;
chet el kreditorlari hisobidan hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar;
yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar;
chet el investitsiyalariga asoslangan korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kiriladigan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, ishlab turgan ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, lizingga topshirish uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar;
kichik va o‘rta biznes korxonalari tomonidan o‘zlari tashkil etayotgan ishlab chiqarishlar uchun olib kiriladigan texnologik jihozlar”;
“Ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tovarlarni iste’mol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
XXII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 6-moddasining birinchi qismi:
“12) davlatga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga meros huquqi bo‘yicha o‘tgan xazinalarning va mol-mulkning hisobini yuritishlari, ularni baholashlari va ularning o‘tkazilishini nazorat etishlari”;
“121) davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkning realizatsiya qilinishidan olingan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazorat olib borishlari, shuningdek davlat organlariga beg‘araz o‘tkazilgan mol-mulk hisobini olib borishlari”.
XXIII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi va 6-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi” degan so‘zlar “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXIV. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 7-moddasining 1-bandidagi “oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti hisoblanuvchi bajarilgan ishlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning natijalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Rejimlarning qo‘llanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi”;
“Eksport rejimiga joylashtirilgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu hududdan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda turishi mumkin”;
tovarlarni bevosita qayta ishlash yoki ularga ishlov berish, shu tovarlarning va foydalanilayotgan boshqa tovarlarning yo‘qoladigan o‘ziga xos xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda;
yangi tovarlarni tayyorlash, shu jumladan tovarlarni ularning asosiy xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda montaj qilish, yig‘ish yoki qismlarga ajratish;
tovarlarni ta’mirlash, shu jumladan ularni tiklash, yangilash va tartibga keltirish, ularning shikastlangan yoki eskirib qolgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, shuningdek nuqsonlarini bartaraf etish;
tovarlarni qayta ishlashga yordam beradigan yoxud bunday ishni yengillashtiradigan boshqa tovarlardan to‘liq yoki qisman foydalanish.
Ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlash rejimidan foydalanishga doir cheklovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan quyidagi hollarda beriladi:
tovarlarni ularning qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash mumkin bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilanadigan hollar bundan mustasno;
tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida vakolatli organning xulosasi bo‘lsa;
alohida xususiyatga ega bo‘lgan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan tovar yoki qayta ishlash mahsulotini olib kirish va olib chiqish uchun vakolatli organning maxsus ruxsatnomasi bo‘lsa;
bojxona ishi haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashga doir boshqa talablar bajarilgan bo‘lsa.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish yoki bunday ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror uni qabul qilish uchun barcha zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida bojxona organi tomonidan qabul qilinib, ariza beruvchi bu haqda yozma ravishda xabardor etiladi.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish, agar ariza beruvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lsa, shuningdek ushbu Kodeks talablariga rioya etilmagan boshqa hollarda rad etilishi mumkin.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, bojxona organi bu haqda ariza beruvchini rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni ariza beruvchi bartaraf etgan bo‘lsa, hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n kundan oshmaydigan muddat ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona hududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga import bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanmagan holda bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kirilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari olib chiqiladi yoki ular o‘zga rejim ostida joylashtiriladi.
Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida har qanday tovarlar joylashtirilishi mumkin, ana shunday rejim ostida joylashtirilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
Chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan O‘zbekiston tovarlari bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin. Mazkur tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda eksport rejimi ostida joylashtirilib, keyinchalik bojxona hududida qayta ishlash rejimida deklaratsiyalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar va qayta ishlash mahsulotlari ularni olib chiqish paytida eksport bojlari va soliqlardan ozod qilinadi. Mazkur tovarlar va qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmaydi.
Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarilganda import bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun foydalanilgan tovarlarning qiymati hamda ularga nisbatan qo‘llanilgan to‘lovlar stavkalariga qarab to‘lanadi.
Qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar eksport bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanmagan holda qayta ishlash uchun olib chiqilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish rejimida olib kiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida erkin muomalada bo‘lgan har qanday tovarlar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin, olib kirilishi (olib chiqilishi) qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
agar tovarlarni olib chiqish import bojlari va soliqlarning to‘langan summalarini qaytarishni, import bojlari va soliqlardan ozod qilishni yoki olib chiqish chog‘ida to‘lovlar olishni talab qilish uchun asos bo‘lsa;
import bojlari va soliqlardan ozod etishning amal qilib turgan vaqti mobaynida, agar uning amal qilishi tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda ularni qayta ishlash uchun olib chiqilgunga qadar foydalanilgan bo‘lsa;
Qayta ishlash mahsulotlarini chet el tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi chog‘ida import bojlari va soliqlar qayta ishlash qiymatiga hamda qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan bojlar va soliqlar stavkalariga qarab to‘lanadi.
Qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarlar qaytarib olib kirilganda import bojlari va soliqlar to‘lanmaydi.
Qayta ishlash mahsulotlari, agar qayta ishlashdan maqsad olib chiqilgan tovarlarni qonun hujjatlari yoki shartnomaga binoan beg‘araz ta’mirlashdan iborat bo‘lganligiga bojxona organi belgilangan tartibda ishonch hosil qilsa, import bojlari va soliqlardan ozod qilinadi, tovarlarni erkin muomalaga dastlabki chiqarishda nuqsoni mavjudligi hisobga olingan hollar bundan mustasno.
Tovarlarni qayta ishlash uchun olib chiqqan va tovarlarni qaytarmagan yoki qayta ishlash mahsulotlarini belgilangan muddatda olib kirmagan shaxs ushbu Kodeks 23-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda javobgar bo‘lmaydi.
Tovarlarni qayta ishlash muddati bojxona organi tomonidan belgilanadi va bu muddat ikki yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan qayta ishlashning bir muncha uzaytirilgan muddatlarini belgilashi mumkin.
Tovarlarni qayta ishlash muddatini belgilashda tovarlarni qayta ishlash jarayoni qancha davom etishi va qayta ishlash mahsulotlarini tasarruf etish hisobga olinadi.
Tovarlarni qayta ishlash muddati tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilgan kundan e’tiboran, tovarlar alohida tovar turkumlari qilib olib kirilganda (olib chiqilganda) esa tovarlarning birinchi turkumi tegishli rejim ostida joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘ta boshlaydi.
Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona maqsadlari uchun qiyoslash ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar haqidagi, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi texnologiyalar haqidagi mufassal ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan yoki qayta ishlash vaqtida bojxona nazoratini olib borish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslashga nisbatan qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
qayta ishlash chog‘ida ishlab chiqarishning uzluksiz turkumlariga taalluqli texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan bo‘lsa;
qayta ishlash chog‘ida qayta ishlash amalga oshirilayotgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarning bojxona hududida xuddi shunday va (yoki) ayni bir xil qayta ishlash mahsuloti ishlab chiqarilishini istisno etuvchi noyob texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan bo‘lsa.
Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini qiyoslash uchun bojxona organlari tovarlarning ishlab chiqarilgan joyi haqidagi sertifikatlardan, shuningdek mazkur tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga taalluqli boshqa hujjatlardan foydalanishlari mumkin.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi muayyan miqdordagi tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori yoki ularning foizdagi ifodasidir. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi qayta ishlash uchun ruxsatnoma berilayotganda qayta ishlash amalga oshiriladigan sharoitlarni hisobga olgan holda bojxona organlari tomonidan belgilanadi yoki ular bilan kelishib olinadi. Qayta ishlash mahsulotlarini tavsiflash, ularning sifati va miqdori qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari asosida belgilanadi.
Ekspert tashkilotlarining xulosalari asosida bojxona organlari qayta ishlash mahsulotlari chiqishining majburiy normalarini, agar bu bojxona maqsadlarida zarur bo‘ladigan bo‘lsa yoki tovarlarni qayta ishlashni amalga oshirishga yordam beradigan bo‘lsa, belgilashga haqli.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari qayta ishlash uchun beriladigan ruxsatnomada ko‘rsatiladi”;
Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs tovarlarni qayta ishlashni ushbu Kodeksning 34-moddasiga muvofiq belgilangan muddat tugaydigan kundan kechiktirmasdan:
bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqqan holda;
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirgan holda tugallashi shart.
Qayta ishlash olib kirilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish rejimida, olib chiqilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni esa, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida eksport rejimida joylashtirish bilan tugallanishi ham mumkin. Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxsning arizasiga binoan bojxona organi tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni bojxona hududida qayta ishlash rejimining yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimining amal qilishini tugallashga, agar buning uchun sabablar asosli deb topilgan bo‘lsa hamda basharti ayni shu rejimlar talablariga rioya etiladigan bo‘lsa, ruxsat berishi mumkin. Bunday holda qayta ishlash rejimlarining amal qilishi yangi rejimlarning amal qilishi muddatiga to‘xtatib qo‘yiladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini bojxona chegarasi orqali bir necha turkum qilib olib o‘tishda qayta ishlash mahsulotlari miqdorining ruxsatnomada ko‘rsatilganiga muvofiqligini tekshirib turish vaqti-vaqti bilan, ammo uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. Agar ana shunday tekshirib ko‘rish natijasida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs bojxona to‘lovlarini to‘lashi shart bo‘lsa, bunda mazkur to‘lovlarning summasiga, basharti bu summalar ularni to‘lash zarurligi haqida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida to‘lanadigan bo‘lsa, penya hisoblab chiqarilmaydi”;
6) 54-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “va (yoki) jismoniy”, “yoki jismoniy” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 61-moddasining beshinchi qismi “yoki bojxona kuzatuviga olingan” degan so‘zlardan keyin “yoxud bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlovchi garov summalari kiritilgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Bojxona tashuvchisi tovarlar tashishni bojxona kuzatuvini qo‘llamagan va bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlovchi garov summalarini kiritmagan holda bojxona nazorati ostida amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir.
Bojxona tashuvchisi ushbu Kodeks asosida tashuvchiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga rioya etishi, shuningdek:
bojxona tashuvchisini ro‘yxatga olgan bojxona organining faoliyat zonasidagi bojxona rasmiylashtiruvi joyiga juda bo‘lmaganda bitta transport vositasi 24 soat ichida yetib kelishini ta’minlay oladigan zarur miqdordagi maxsus jihozlangan transport vositalariga ega bo‘lishi;
ushbu Kodeks 62-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash haqida shartnoma tuzishi;
bojxona nazorati ostida tashishlarning hisobini yuritishi va bojxona organlariga tegishli hisobot taqdim etishi shart.
Bojxona tashuvchisining tovarlarni jo‘natuvchi bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi”;
Bojxona organi O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni, erkin omborni ta’sis etish uchun besh yil muddatga litsenziya beradi. Litsenziya besh yildan kam muddatga faqat litsenziya talabgorining arizasiga binoan berilishi mumkin.
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni, erkin omborni ta’sis etish uchun berilgan litsenziya bojxona organi yoki sud tomonidan bekor qilinishi, uning amal qilishi esa to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni, erkin omborni ta’sis etish uchun litsenziya berish, uni qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati bojxona organi tomonidan bekor qilinishi yoki uning amal qilishi to‘xtatib turilishi yoxud tugatilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati, agar bunday attestat belgilangan tartibni buzgan holda berilgan bo‘lsa yoki attestat uni berish to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etgan, biroq to‘liq bo‘lmagan yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida berilgan bo‘lsa, bekor qilinadi. Bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka attestati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi bojxona organi tomonidan:
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisga nisbatan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda olti oygacha bo‘lgan muddatga;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis o‘z majburiyatlarini insof bilan bajarganligiga shubha qilish uchun yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda ikki oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda ham to‘xtatib turiladi:
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis sifatida foydalanish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan bojxona brokeri tomonidan bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritish shartlariga rioya etilmaganda;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan yuridik shaxs tugatilgan yoki qayta tashkil etilganda.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda malaka attestatining amal qilishini to‘xtatib turgan bojxona organi mazkur holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiq olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida attestatning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis o‘zining malaka attestati amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
bojxona organi tomonidan belgilangan muddat ichida bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilmaganda;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis ushbu Kodeksning 145, 146, 164, 167 va 168-moddalarida javobgarlik belgilangan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzganda;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis ushbu Kodeksning 171-moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 184 va 246-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikka tortilganda;
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bunday attestatning amal qilishi tugatiladi.
Sudning qaroriga binoan ham bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati bekor qilinishi yoki uning amal qilishi tugatilishi mumkin.
Malaka attestati berish to‘g‘risidagi takroriy ariza malaka attestati bekor qilingan, uning amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin, buning uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda yoki sud belgilagan muddat o‘tganidan keyin ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berish, attestatni bekor qilish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish tartibi, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
“Bojxona brokeri o‘zini vakil qilgan shaxs hisobidan va uning topshirig‘iga binoan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni o‘z nomidan o‘tkazuvchi hamda bojxona ishi sohasida boshqa vositachilik vazifalarini bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir.
Bojxona brokeri bilan uni vakil qilgan shaxsning o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Bojxona brokerining bojxona organlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari uni vakil qilgan shaxs bilan tuzilgan shartnomada cheklab qo‘yilishi mumkin emas.
ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash haqida shartnoma tuzishi shart.
Yuridik shaxslarning bojxona brokeri sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi”;
“Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis bojxona organi tomonidan berilgan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi — deklarant bilan mehnat shartnomasi tuzgan va shu deklarant nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha harakatlarni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxsidir”;
15) 103-moddasi birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bojxona hududida qayta ishlash rejimidan va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalanish bilan bog‘liq ruxsatnomalarni berganlik uchun yig‘imlar;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berganlik, bunday attestatni qayta rasmiylashtirganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘imlar”;
“Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan jazo asosiy jazo sifatida qo‘llaniladi, ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jazo esa ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanilishi mumkin”;
“Ushbu Kodeks 132-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan jazo bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, lekin qonunbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran uch yildan kechiktirmay, davlat budjetiga boj to‘lovlari to‘lanmaganligi bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha esa besh yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin”;
19) 139-moddasining birinchi qismi, 143, 147, 148, 149, 150, 152, 154, 158-moddalari, 164-moddasining birinchi qismi, 165, 166, 168 va 169-moddalari sanksiyalaridagi “litsenziyaning amal qilishini tugatib yoki tugatmay” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklovlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi miqdori, tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibiga doir belgilangan talablarga, cheklovlar va shartlarga rioya etmaslik —
qayta ishlashga mo‘ljallangan tovarlar qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
dispozitsiyasidagi “160, 163 va 164-moddalarda” degan so‘zlar “160 va 163-moddalarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasidagi “litsenziyaning amal qilishini tugatib yoki tugatmay” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
eng kam ish haqining yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
eng kam ish haqining ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish bilan bog‘liq chiqimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi”;
25) 186-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “litsenziyaning yoki malaka attestatining amal qilishini tugatish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
XXV. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda) 21-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXVI. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda) 7-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi va 19-moddasining birinchi qismidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XXVII. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 16-moddasining:
“Bunda soliq solish va soliq stavkalari tizimining ularni indeksatsiya qilish bilan bog‘liq o‘zgarishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlariga qat’iy belgilangan soliqning joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun bir muncha noqulay faoliyat sharoitlarini yuzaga keltiruvchi o‘zgarishlar deb hisoblanmaydi”;
uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari chiqarib tashlansin.
XXVIII. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4–5, 72-modda) 26-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XXIX. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-moddasi):
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash”;
2) 9-moddasi birinchi qismining 5-bandidagi “raisi va uning o‘rinbosarlarini tayinlash hamda ularni” degan so‘zlar “raisini tayinlash hamda uni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XXX. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-moddasi) 8-moddasi birinchi qismi 15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash”.