14.09.2019 yildagi PQ-4452-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4024-son qarori ijrosini taʼminlash hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish tizimining samaradorligini oshirish, axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik koʻmaklashish markazi” davlat unitar korxonasini shtat birliklari va amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga berish va uni “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik vositalardan foydalanish, veb-saytlar yaratish, shuningdek, axborot portallari va veb-resurslarni rivojlantirish va jadallashtirish masalalarida texnik koʻmak beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taʼminlash maqsadida “raqamli va axborot jamiyati”ni shakllantirish, shuningdek, texnik infratuzilmani rivojlantirishning muhim masalalari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish, ular oʻrtasida xavfsiz maʼlumot almashinuvini taʼminlash, tashqi xosting maydonchalari bilan integratsiya masalalari boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida qonunlar va normativ hujjatlar loyihalari, texnik shartlar loyihalari, litsenziyalash va tartibga solish meʼyorlari va qoidalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi va ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzkomnazorat bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazining nizomini va tuzilmasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlikni tartibga solish sohasida vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzkomnazorat “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi holatini nazorat qilish, monitoring qilish, oʻrganish va tekshirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzkomnazorat va markazlarning joriy taʼminoti (ish haqining amaldagi tartibi, davlat ustamalari va qoʻshimchalarni saqlab qolgan holda), moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlari mehnatini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Oʻzkomnazorat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini buzgan axborot sohasi subyektlariga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzkomnazorat va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK Toshkent shahri, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 29-uy manzilidagi binoda operativ boshqarish huquqi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK Toshkent shahri, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 31-uy manzilidagi binoda operativ boshqarish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzkomnazorat manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4452-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 07/19/4452/4207-son; 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)