O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais M. Abdusalomov, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismining o‘zbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklifni Oliy Majlisga taqdim etish haqidagi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismiga asosan “Kiritilgan ulush shaklidan qat’i nazar, qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi pul birligida, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa — chet el valyutasida (aksiyalar bo‘yicha — mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan ham) ifodalanadi va to‘lanadi” deb belgilangan.
Qonunning 1-modda uchinchi qismi rus va o‘zbek matnlari bir-biriga nomuvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasi uchinchi qismining o‘zbek va rus tili matnlaridagi nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi taklif qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilsin.