1996-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalashning joriy etilishi hamda ularni aksiz markalarisiz sotishning taqiqlanishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlariga hamda spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni markalash bo‘yicha mas’uliyat markalanadigan aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklanadi;
tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni aksiz markalarisiz ulgurji yoki chakana savdo tarmoqlari orqali sotish savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi va buning uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi;
jismoniy shaxslarga, notijorat maqsadlarida aksiz solig‘i to‘lamasdan, chetdan 2 litrgacha spirtli ichimliklar, 10 pachkagacha sigaretlar, 10 pachkagacha papiroslar keltirishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi (shu jumladan sotuvchi) uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar:
1996-yil 1-oktabrgacha aksiz markalari bilan markalash uchun tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar qoldiqlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni;
1996-yil 1-oktabrdan boshlab ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni faqat standartlar talablariga muvofiq aksiz markalari yopishtirilgan holda sotishga doir tegishli tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining shtatdagi xodimlari soni 244 nafarga, shu jumladan qo‘mitaning markaziy apparati xodimlari 6 nafarga hamda Bosh bojxona boshqarmasi xodimlari 12 nafarga, qolgan 226 nafari chegara yaqinidagi bojxona punktlarini va bojxona omborlarini mustahkamlash uchun, ko‘paytirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetida Davlat soliq qo‘mitasining qo‘shimcha xodimlarini ta’minlash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalari tamaki mahsulotlarini hamda spirtli ichimliklarni markalash tizimini joriy etishning keng yoritilishini ta’minlasinlar.
6. Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni aksiz markalari bilan markalash tizimining joriy etilishi to‘g‘risida xabardor qilinishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom 1996-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritiladi hamda aksiz markalarini sotish, ular bilan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini belgilash, shuningdek bunday markalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash tartibini belgilab beradi. Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, ularni import qilish va sotish, aksiz solig‘i yig‘imining to‘liqligi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni nolegal ishlab chiqarishning va respublika hududiga keltirishning oldini olish ushbu markalarni qo‘llashning maqsadi hisoblanadi.
2. 1996-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarida O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bo‘lmagan holda ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish va uning hududiga keltirish, transportda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash (ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot markalangunga qadar texnologik jarayonga muvofiq saqlashdan tashqari), sotish uchun komissiyaga va konsignatsiyaga qabul qilish;
(2-bandning 3-xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 296-sonli qarori tahririda)
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ularda aksiz markalari bo‘lmagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun keltiriladigan;
jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan aksizsiz keltirish normalari doirasida chetdan keltiriladigan (yuboriladigan) spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Savdo yoki ulgurji tarmoqdagi aksiz markalari bilan markalanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari mazkur Nizomning IV bo‘limiga muvofiq 1996-yil 1-oktabrdan keyin vaqtincha olib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markalash shisha idishni ochishda marka yirtilib ketadigan, pachka yoki boshqa iste’mol idishi ochiladigan qilib (tovarga shikast yetkazmagan holda undan markani olib tashlash imkonini bermaydigan yelimdan foydalangan holda) amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat № 589, 07.01.1999-y.) III-bo‘limi.
6. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq kelmaydigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini markalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida eksport uchun tayyorlangan yoki xalqaro tranzit maqsadlari uchun chetdan keltirilgan aksiz markalari bilan belgilanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini (shu jumladan tovar ayirboshlash asosida yoki xomashyo bergan holda tayyor mahsulotdan foydalanish uchun keltirilgan) sotish taqiqlanadi.
8. Aksiz markalari majburiy tartibda markalanishi zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va chetdan keltiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari bo‘yicha aksiz markalari uchun haq to‘langandan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari va bojxona xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin “Paxta-bank”ning mintaqaviy bo‘linmalari tomonidan beriladi.
Marka xarid qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘lari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aksiz solig‘i hisobiga budjetga to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Aksiz markalari berish, shuningdek foydalanilmagan va shikastlangan markalarni qaytarish tartibi va muddatlari Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining yo‘riqnomasi bilan belgilanadi. Aksiz markalarida mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchilarning kodlari qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Soliq va bojxona organlari aksiz solig‘ini hisoblab chiqish uchun marka xarid qiluvchilar tomonidan hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, hisobga olishni yuritadilar va aksiz solig‘i summasi tushumi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzadilar.
11. Sotib olingan aksiz markalari ularni xarid qilgan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan markalashni amalga oshirish uchun bevosita ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar tomonidan sotib olingan markalar ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib boruvchilar) tomonidan buyurtma bajarilishi jarayonida foydalanish uchun ularga beriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 296-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
13. Chakana va ulgurji savdo korxonalariga tovarlarni majburiy markalash amalga kiritilgan paytdan boshlab import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini aksiz markalarisiz sotib olish va sotish taqiqlanadi.
Aksizlanishi kerak bo‘lgan tovarlar qoldiqlarining egalari aksiz markalari bilan majburiy markalash joriy etilgan kunda mahalliy hokimiyat organlari va soliq organlari xodimlari ishtirokida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, qoldiqni chiqarib tashlash va ularni markalash choralarini ko‘rishlari shart.
14. Aksiz markalari aksiz solig‘i to‘langanligi dalili hisoblanadi hamda xaridorlarga quyidagi tartibda beriladi:
a) tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni import qiluvchilar aksiz markalarini kontrakt qiymatining 25 foizi miqdorida aksiz solig‘i to‘laganlaridan keyin sotib oladilar.
Import qiluvchilar aksiz solig‘ining qolgan 75 foizini ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishgacha yoki tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish paytida to‘laydilar.
Import qiluvchilarga ilgari sotilgan aksiz markalari summasi aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar qiymati va miqdoriga muvofiq tegishlicha to‘langan aksiz solig‘i hisobiga o‘tkaziladi. Aksiz markalarining nominal qiymati aksiz solig‘i to‘lash hisobiga kiritiladi.
Import qiluvchilar aksiz solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni har bir sotib olingan aksiz markalari guruhi uchun amalga oshiradilar.
Import qiluvchining sotib olingan aksiz markalari guruhi uchun aksiz solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitobi muddati ular sotib olingan paytdan boshlab uch oydan oshmasligi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan muddat buzilgan taqdirda import qiluvchilar aksiz markalarining navbatdagi guruhini sotib olish huquqidan mahrum etiladilar va ularga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jarima sanksiyalari, shu jumladan penya hisoblash tarzida, qo‘llanadi.
Import qiluvchilarga aksiz markalarini berish aksiz solig‘i to‘lashning uch oylik muddati tamom bo‘lgan ilgari sotib olingan barcha aksiz markalari uchun aksiz solig‘i summasi, shuningdek barcha jarima sanksiyalari to‘liq to‘langandan keyin qayta tiklanishi mumkin;
b) tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar dastlab budjetga aksiz markalarining nominal qiymatini to‘laydilar, ya’ni aksiz markalari qiymati aksizlar bo‘yicha avans to‘lov hisoblanadi. Aksiz solig‘i summasi bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan aksiz solig‘i bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ushbu mahsulot sotilishi davomida amalga oshiradilar. Aksiz solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitob qilishda aksiz markalari uchun ilgari to‘langan summaning budjetga to‘langan summaning aksiz solig‘i summasiga tegishli qismi hisobga olinadi.
Aksiz markalari bilan markalash xarajatlari ishlab chiqaruvchilarning chiqimlariga yoki tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni ishlab chiqaruvchilarning chiqimlariga tegishli bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Aksiz markalari saqlanishi va ulardan belgilangan maqsadda foydalanish bo‘yicha javobgarlik mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga va import qiluvchilarga yuklanadi.
17. Aksiz markalari aksiz solig‘i to‘lovchilari tomonidan, transportda tashish xarajatlari kiritilmagan holda, nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
18. Soliq va bojxona organlari aksiz markalari hisobdan chiqarilishining to‘g‘riligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari shart.
19. Belgilangan tartib buzilgan holda chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ushlanadi va vaqtincha olib qo‘yiladi.
Ushbu tovarlar ularning egalariga qaytarilgan taqdirda ulardan belgilangan tartibda aksiz solig‘i undiriladi.
20. Aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlar va spirtli ichimliklar savdo tarmog‘idan olib qo‘yiladi, bu haqda soliq organlari tegishli hujjat (bayonnoma yoki olib qo‘yish to‘g‘risidagi dalolatnoma) tuzadilar.
Olib qo‘yilgan tovarlar dastlabki ekspertizadan, shu jumladan sifatga muvofiqlik ekspertizasidan o‘tkazilgandan keyin soliq va bojxona organlarining surishtiruv organlariga beriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan organlar tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlariga tovarlarni aksiz markalarisiz sotgan import qiluvchilar ushbu tovarlarni aksiz markalari bilan markalaydilar, soliq yoki bojxona organlarining tegishli hisob-kitob schyotiga aksiz solig‘i va jarima sanksiyasi summalarini to‘laydilar. Shundan keyin olib qo‘yilgan aksizlanishi kerak bo‘lgan tovarlar ularning egalariga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. 1996-yil 1-oktabrdan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Aksiz markalaridan foydalanish va ularni sotish, shuningdek aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni savdo tarmog‘i (chakana, ulgurji) orqali sotishni nazorat qilish davlat soliq va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlar nomi | Aksizlar stavkasi, sotish narxlari qiymatiga nisbatan foiz hisobida |
Araq va likyorlar mahsulotlari | 65 |
Uzum vinolari | 30 |
Shampan vinosi | 25 |
Konyak | 50 |
Chetdan keltiriladigan spirtli mahsulotlar | 75 |
Chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlari | 50 |
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari: | |
Filtrli sigaretlar | 40 |
Filtrsiz sigaretlar, papiroslar | 25 |
Keyingi tahrirga qarang.