1996-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalashning joriy etilishi hamda ularni aksiz markalarisiz sotishning taqiqlanishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlariga hamda spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni markalash bo‘yicha mas’uliyat markalanadigan aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklanadi;
tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni aksiz markalarisiz ulgurji yoki chakana savdo tarmoqlari orqali sotish savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi va buning uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi;
jismoniy shaxslarga, notijorat maqsadlarida aksiz solig‘i to‘lamasdan, chetdan 2 litrgacha spirtli ichimliklar, 10 pachkagacha sigaretlar, 10 pachkagacha papiroslar keltirishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi (shu jumladan sotuvchi) uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar:
1996-yil 1-oktabrgacha aksiz markalari bilan markalash uchun tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar qoldiqlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni;
1996-yil 1-oktabrdan boshlab ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni faqat standartlar talablariga muvofiq aksiz markalari yopishtirilgan holda sotishga doir tegishli tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
5. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalari tamaki mahsulotlarini hamda spirtli ichimliklarni markalash tizimini joriy etishning keng yoritilishini ta’minlasinlar.
6. Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni aksiz markalari bilan markalash tizimining joriy etilishi to‘g‘risida xabardor qilinishini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom 1996-yil 1-oktabrdan boshlab amalga kiritiladi hamda aksiz markalarini sotish, ular bilan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini belgilash, shuningdek bunday markalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash tartibini belgilab beradi. Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, ularni import qilish va sotish, aksiz solig‘i yig‘imining to‘liqligi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni nolegal ishlab chiqarishning va respublika hududiga keltirishning oldini olish ushbu markalarni qo‘llashning maqsadi hisoblanadi.
2. 1996-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarida O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bo‘lmagan holda ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish va uning hududiga keltirish, transportda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash (ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot markalangunga qadar texnologik jarayonga muvofiq saqlashdan tashqari), sotish uchun komissiyaga va konsignatsiyaga qabul qilish;
(2-bandning 3-xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 296-sonli qarori tahririda)
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ularda aksiz markalari bo‘lmagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun keltiriladigan;
jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan aksizsiz keltirish normalari doirasida chetdan keltiriladigan (yuboriladigan) spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Savdo yoki ulgurji tarmoqdagi va aksiz markalari bilan markalanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ularni keyinchalik sud tartibida davlat daromadiga o‘tkazish uchun soliq xizmati organlari tomonidan belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qo‘yish kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markalash shisha idishni ochishda marka yirtilib ketadigan, pachka yoki boshqa iste’mol idishi ochiladigan qilib (tovarga shikast yetkazmagan holda undan markani olib tashlash imkonini bermaydigan yelimdan foydalangan holda) amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat № 589, 07.01.1999-y.) III-bo‘limi.
6. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq kelmaydigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini markalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida eksport uchun tayyorlangan yoki xalqaro tranzit maqsadlari uchun chetdan keltirilgan aksiz markalari bilan belgilanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini (shu jumladan tovar ayirboshlash asosida yoki xomashyo bergan holda tayyor mahsulotdan foydalanish uchun keltirilgan) sotish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Aksiz markalari majburiy tartibda markalanishi zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va chetdan keltiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari bo‘yicha aksiz markalari uchun haq to‘langandan va Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin “Paxta-bank”ning mintaqaviy bo‘linmalari tomonidan beriladi.
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar tomonidan aksiz markalarining nominal qiymati bo‘yicha sotib olish uchun pul mablag‘lari “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Bosma fabrikasining tegishli bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 496-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 211-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Aksiz markalari berish, shuningdek foydalanilmagan va shikastlangan markalarni qaytarish tartibi va muddatlari Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining yo‘riqnomasi bilan belgilanadi. Aksiz markalarida mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchilarning kodlari qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-maydagi 219-sonli qarori tahririda)
10. Soliq va bojxona organlari aksiz solig‘ini hisoblab chiqish uchun marka xarid qiluvchilar tomonidan hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, hisobga olishni yuritadilar va aksiz solig‘i summasi tushumi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzadilar.
11. Sotib olingan aksiz markalari ularni xarid qilgan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan markalashni amalga oshirish uchun bevosita ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar tomonidan sotib olingan markalar ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib boruvchilar) tomonidan buyurtma bajarilishi jarayonida foydalanish uchun ularga beriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 296-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
13. Chakana va ulgurji savdo korxonalariga tovarlarni majburiy markalash amalga kiritilgan paytdan boshlab import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini aksiz markalarisiz sotib olish va sotish taqiqlanadi.
Aksizlanishi kerak bo‘lgan tovarlar qoldiqlarining egalari aksiz markalari bilan majburiy markalash joriy etilgan kunda mahalliy hokimiyat organlari va soliq organlari xodimlari ishtirokida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, qoldiqni chiqarib tashlash va ularni markalash choralarini ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda ularni import qiluvchilar aksiz markalarini ularning nominal qiymati bo‘yicha sotib oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Aksiz markalarining qiymati aksiz solig‘i to‘lashda hisobga qo‘shilmaydi. Aksiz markalarini sotib olish xarajatlari (shu jumladan, ularning nominal qiymati), shuningdek, aksiz markalari bilan markalash bo‘yicha xarajatlar tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar chiqimlariga tegishli bo‘ladi.
Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni import qiluvchilar aksiz solig‘ini to‘liq miqdorda to‘laganlaridan keyin aksiz markalarini sotib oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
To‘langan aksiz solig‘i import qiluvchilarga yuridik shaxslarga faqat kontrakt bekor qilinganda, foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari topshirilgan shartlarda, jismoniy shaxslarga esa foydalanilmagan (shu jumladan, shikastlangan) aksiz markalari taqdim etilgan shartlarda qaytarilishi mumkin”.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-maydagi 219-sonli qarori tahririda)
16. Aksiz markalari saqlanishi va ulardan belgilangan maqsadda foydalanish bo‘yicha javobgarlik mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga va import qiluvchilarga yuklanadi.
17. Aksiz markalari aksiz solig‘i to‘lovchilari tomonidan, transportda tashish xarajatlari kiritilmagan holda, nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
18. Soliq va bojxona organlari aksiz markalari hisobdan chiqarilishining to‘g‘riligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(19 va 20-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
19. 1996-yil 1-oktabrdan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(21-bandning tartib raqami O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qaroriga muvofiq 19-bandga o‘zgartirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Aksiz markalaridan foydalanish va ularni sotish, shuningdek aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni savdo tarmog‘i (chakana, ulgurji) orqali sotishni nazorat qilish davlat soliq va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(22-bandning tartib raqami O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qaroriga muvofiq 20-bandga o‘zgartirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(I-bosqich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 496-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 211-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(I-bosqich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 496-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 211-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II-bosqich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 496-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 21-son, 211-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.