21.11.2019 yildagi 938-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hamda biologik chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 60-modda) 4-bandiga “shlam toʻplash joylari” soʻzlaridan keyin “biologik chiqindilarni koʻmish joylari” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi uch oy muddatda biologik chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari boʻyicha davlat kadastriga tegishli maʼlumotlarni (geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari, iqtisodiy bahosi, chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi hamda ularning xavflilik darajasini kamaytirish chora-tadbirlari haqidagi yangilab boriladigan axborotlar tizimi) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishi davlat qoʻmitasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
938-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/938/4058-son)