Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK) deb yuritiladi) yangi tahrirda qabul qilinganligi, shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi tomonidan ajrimlar chiqarishda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimi ish mazmunan hal qilinmaydigan sud hujjati hisoblanadi (FPK 6-moddasining yettinchi qismi). Shu bilan birga, fuqarolik ishini ko‘rishda vujudga keladigan masalalar bo‘yicha ajrimlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri chiqarilishi, uni belgilangandek sud muhokamasiga tayyorlash, protsess ishtirokchilarining huquqlarini amalga oshirish, qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarori qabul qilishga yordam beradi.
4. Sud FPK 271-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etish bo‘yicha (uchinchi shaxslar, taraflar vakillarini ishga jalb qilish yoki kirishishi, guvohlarni chaqirish, sud muhokamasini keyinga qoldirish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni talab qilib olish yoki ishga qo‘shib qo‘yish va boshqalar) maslahatxonasiga kirmasdan joyida ajrim chiqarishga haqli.
6. FPK 272-moddasining mazmuniga ko‘ra, sudning alohida xonada (maslahatxonada) chiqarilgan ajrimi kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat.
7. FPK 272-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, sud tomonidan joyida chiqariladigan ajrim nizo predmeti va muhokama etilayotgan masalaning mohiyati, qonun normalariga asoslar va havolalar, sudning asoslantiruvchi xulosalari va hal etilayotgan masala bo‘yicha sudning xulosalari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi va darhol e’lon qilinishi lozim.
Masalan, FPK 95-moddasining uchinchi qismi talablariga muvofiq ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi sudning ajrimida qanday masalalar bo‘yicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza o‘tkazish kimga topshirilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarish haqidagi ajrim FPK 195-moddasida nazarda tutilgan havolani, bunga asosni, ajrim ustidan shikoyat qilish muddati va tartibini, shuningdek arizachiga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng sudga qayta murojaat qilish huquqi tushuntirilganligini o‘z ichiga olishi lozim.
10. Sudlar ish bo‘yicha ish yuritish tamomlanadigan (arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish haqidagi) ajrimlar chiqarishda, FPK 122 va 124-moddalarida nazarda tutilgan arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanishini nazarda tutishlari lozim.
FPK 122-moddasining 2, 5, 6, 7, 8, 10 va 11-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ariza ko‘rmasdan qoldirilganda, sudning ajrimida ishning hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni qanday bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilishi lozim.
FPK 122-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirishda, sud ajrimda ish bo‘yicha qabul qilingan da’voni ta’minlash choralari bekor qilinganligi haqida ko‘rsatadi.
FPK 122-moddasining 7-bandida nazarda tutilgan asos bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirishda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy tartibda da’vo taqdim etish huquqini tushuntirishi shart.
13. Sudlarning e’tibori, FPK 275-moddasida nazarda tutilgan sudning xususiy ajrim chiqarish huquqi, sudning davlat organining yoki boshqa organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida, ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, ishni ko‘rish chog‘ida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishiga nisbatan munosabat bildirish vositasi ekanligiga qaratilsin. Xususiy ajrim ko‘rilayotgan huquqiy munosabat predmeti doirasidan chetga chiqadigan masala bo‘yicha sud tomonidan chiqariladi.
15. Qonunga muvofiq (FPK 400, 420, 422-moddalari), birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan, agar bu qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa yoki sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida apellatsiya yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunga muvofiq FPK 122-moddasining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin (FPK 123-moddasining uchinchi qismi).

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi