Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1941-modda bilan toʻldirilsin:
“1941-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) huquqbuzarliklarni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, koʻrsatilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida (huquqni muhofaza qiluvchi organlarda) hozir boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
2) quyidagi mazmundagi 1951-modda bilan toʻldirilsin:
“1951-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda daʼvatlar qilish, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish, —
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
3) 196-moddaning:
nomi “yuzasidan” degan soʻzdan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
dispozitsiyasi “yuzasidan” degan soʻzdan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 220-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “ichki ishlar organlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 221-moddaning dispozitsiyasidagi “ichki ishlar organlarida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 222-moddaning dispozitsiyasidagi “ichki ishlar organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 245-moddaning birinchi qismidagi “194, 195” raqamlari “194, 1941, 195, 1951” raqamlari bilan almashtirilsin;
8) 2481-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeksning 61, 1851 (bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklardan tashqari), 1941, 1951, 196 (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga tegishli qismi boʻyicha) va 2101-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi”;
9) 284-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslarning qoʻriqlanadigan obyektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda huquqbuzar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari yoki harbiylashtirilgan soqchilik xodimlari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash va huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organiga, harbiylashtirilgan soqchilik xizmati binosiga yoki ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin”;
10) 287-modda quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9) ushbu Kodeksning 61, 1851, 1941, 1951, 198-moddalarida, 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan”;
11) 289-moddaning:
birinchi qismi “bojxona organlari” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi “bojxona organlarining” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) 4-moddasi toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “ichki ishlar organlari” degan soʻzlar “ichki ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari”;
oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 122-modda bilan toʻldirilsin:
“122-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq dorilarini olish va roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) tartibiga fuqarolar hamda yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “fuqaroviy va xizmat qurollarining hamda ular oʻq-dorilarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 16-modda birinchi qismining:
yigirma yettinchi xatboshisidagi “oʻqotar qurolga ega boʻlganlarning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
qirq uchinchi xatboshisidagi “chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 17-modda birinchi qismining:
oʻttiz toʻqqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
qirqinchi — qirq toʻrtinchi xatboshilari tegishincha oʻttiz toʻqqizinchi — qirq uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻttiz toʻqqizinchi xatboshisidagi “qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-458-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 3-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda) 17-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qurolli Kuchlar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tegishli boshqaruv organlari, qoʻshinlari, harbiy tuzilmalari va muassasalari kiradi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-oktabr,
OʻRQ-575-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son; 8.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)