Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2024 05.10.2019 yildagi 950-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2024
Hujjat 02.07.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1345-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlarning va siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar, shuningdek ularning ishonchli vakillarining ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizalarini imkon qadar qisqa muddatlarda koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlarning umumiy sonini koʻrsatgan holda saylov kampaniyasi tugaguniga qadar amal qilish muddati bilan bir qator ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun yagona ruxsatnoma berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar, shuningdek ularning ishonchli vakillarining saylovoldi tashviqoti bilan bogʻliq ommaviy tadbirlar oʻtkazishda jamoat xavfsizligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. ABDUSALOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
950-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 950-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqildi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) deputatligiga nomzodlarning (bundan buyon matnda deputatlikka nomzod deb yuritiladi) saylovoldi tashviqotini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi), Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi viloyat tuman va shahar saylov komissiyalari (bundan buyon matnda viloyat tuman va shahar saylov komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan nomzodlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boshlanadi va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Deputatlikka nomzodlar saylovoldi tashviqotini oʻtkazish borasida teng huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar deputat etib saylanishi uchun uning nomidan ishonchli vakillar saylovoldi tashviqotini olib borishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deputatlikka nomzodlarga oʻzining kelgusidagi faoliyati dasturini, siyosiy partiyaning dasturini va saylovoldi platformasini tashviqot qilish huquqi beriladi. Tashviqot davlat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilmagan boʻlishi, xalqning salomatligi hamda maʼnaviyatiga tahdid solmasligi, urushni, milliy nafratni, irqiy va diniy adovatni targʻib qilmasligi, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik ishlatib oʻzgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda erkinliklarini cheklovchi harakatlarga daʼvat qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Saylovoldi tashviqoti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga daʼvat etgan holda tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzod haqida axborot tarqatib, uni yoqlab ovoz berishga chaqirish shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Saylovoldi tashviqoti omma oldida ochiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yigʻilishlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida (bundan buyon matnda OAV deb yuritiladi) chiqishlar, roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Saylovoldi tashviqoti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAV, shu jumladan televideniye, radio, gazeta va jurnallar, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan butunjahon Internet axborot tarmogʻi) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chop etish hamda tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti davrida uni olib borishning Saylov Kodeksi va ushbu Nizomda taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini oʻtkazishning turlari, shakllari va usullarini mazmun-mohiyatini mustaqil belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Saylovoldi tashviqoti materiallari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod uchun ovoz berishga chorlovchi bosma, koʻrgazmali, audiovizual materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodga oid plakatlar, bannerlar, varaqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAVda qoʻyiladigan nomzod uchun ovoz berishga chorlovchi video va audio roliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarning avtobiografik maʼlumotlari va ularning saylovoldi dasturlari toʻgʻrisidagi tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining axborot materiallari (plakatlari) saylovoldi tashviqoti materiallari hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga tovarlarni, xizmatlarni (axborot xizmatlari bundan mustasno) bepul yoki imtiyozli asoslarda taqdim etish, shuningdek pul mablagʻlari toʻlash orqali oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Notoʻgʻri axborotni, shuningdek nomzodlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqot oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari (saylov kunidan ikki kun oldin) joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun qolganida olib qoʻyilishi majburiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Saylov komissiyalari aʼzolari partiya ramzlari tushirilgan kiyim kiyishi, taqinchoq taqishi va boshqa belgilardan foydalanishi taʼqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Deputatlikka nomzodlarga saylovoldi tashviqotini oʻtkazish uchun mablagʻlar Davlat budjetidan ajratiladi. Deputatlikka nomzodlarga boshqa manbalardan pul mablagʻlarini oʻtkazish (kiritish), tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish shaklida moliyaviy taʼminlash va boshqacha tarzda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlikka nomzod saylov kampaniyasida ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining hajmi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan teng ulushlarda belgilanadi va siyosiy partiya tasarrufiga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Saylovoldi tashviqoti boshlangunga qadar siyosiy partiyalar tomonidan oʻzining dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi toʻgʻrisida tushuntirish va targʻibot ishlarini siyosiy partiyani yoki uning deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga daʼvat etmagan (chaqirmagan) holda oʻz mablagʻlari hisobidan, shu jumladan homiylik mablagʻlaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqotini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Saylovoldi tashviqoti oʻtkazilayotganda deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga bir xil hajmdagi efir vaqti va chop etish maydoni bepul taqdim etilishi orqali ularga davlat OAVdan foydalanishda teng imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Saylovoldi tashviqotini oʻtkazish maqsadida OAVdan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar boʻyicha — saylovda ishtirok etishga ijozat berilgan siyosiy partiyalarning respublika organlari bilan kelishgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlari deputatligiga saylovlar boʻyicha — saylovda ishtirok etishga ijozat berilgan siyosiy partiyalarning hududiy organlari bilan kelishgan holda viloyat saylov komissiyalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari deputatligiga saylovlar boʻyicha — saylovda ishtirok etishga ijozat berilgan siyosiy partiyalarning tuman va shahar organlari bilan kelishgan holda tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari qarorlarida quyidagilar belgilab beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
efir vaqti yoki chop etish maydoni bepul taqdim etiladigan davlat OAV roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqotini oʻtkazish uchun deputatlikka nomzodlarga va siyosiy partiyalarga davlat (respublika va mahalliy) tele- va radiokanallarida bepul taqdim etiladigan efir vaqti hajmi, shuningdek ular efiriga uzatiladigan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqotini oʻtkazish uchun deputatlikka nomzodlarga va siyosiy partiyalarga davlat (respublika va mahalliy) nashrlarida bepul taqdim etiladigan chop etish maydoni hajmi, shuningdek ular bosilib chiqadigan kunlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqoti davrida siyosiy partiyalar vakillari va deputatlikka nomzodlarning OAVda chiqish navbati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat OAVda bepul taqdim etiladigan efir vaqti va chop etish maydoni hajmi hamda vaqti tegishli OAV bilan oldindan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat tele- va radiokanallarida ajratiladigan bepul efir vaqti, qoida tariqasida, eng koʻp auditoriya qamrab olinadigan vaqtga (praym-taymga) toʻgʻri kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bepul efir vaqtidan siyosiy partiyalar vakillari va deputatlikka nomzodlar ommaviy debatlar, munozaralar, matbuot anjumanlari, intervyu, chiqishlar, saylovchilar yigʻilishlari, nomzod toʻgʻrisida roliklar joylashtirish va hokazolar uchun foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti doirasida tele- va radiokanallarda joylashtirishga moʻljallangan materiallar tegishli tele- va radiokanallar bilan hamkorlikda nomzodlarni koʻrsatgan siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taqdim etilgan efir vaqtidan siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda, agar deputatlikka nomzodlar bunday tadbirlarda qatnashishga rozi boʻlsa, ular oʻrtasida ommaviy debatlar va munozaralar oʻtkazish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bosma OAVda chop etish uchun materiallar deputatlikka nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, deputatlikka nomzodlarni koʻrsatgan siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladi. Saylovoldi tashviqoti materiallari ularni taqdim etgan shaxslarning roziligisiz tahrir qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Deputatlikka nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, deputatlikka nomzodlarni koʻrsatgan siyosiy partiyalar ularga taqdim etilgan efir vaqtidan va chop etish maydonidan erkin va oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar bilan oʻzaro kelishilgan holda saylovoldi tashviqoti materiallarining turlari, shakllari va mazmun-mohiyati birxillashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muayyan deputatlikka nomzodlarga va siyosiy partiyalarga taqdim etilgan bepul efir vaqtidan yoki chop etish maydonidan boshqa deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalar foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalar bepul taqdim etilgan efir vaqtidan va chop etish maydonidan voz kechishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bepul taqdim etilgan efir vaqti va chop etish maydoni doirasida saylovoldi tashviqoti materiallari uzatilayotgan hamda chop etilayotgan vaqtda OAV ular saylovoldi tashviqoti materiallari ekanligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Saylovoldi tashviqoti davrida deputatlikka nomzodlarning va siyosiy partiyalar vakillarining OAVda chiqishlari ularni koʻrsatgan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun ijozat berilgan navbatiga qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. OAV saylovoldi tashviqoti davrida deputatlikka nomzodning ishlab chiqarish va xizmat majburiyatlarini bajarayotganini yoritishlari mumkin va bu saylovoldi tashviqoti tusidagi tadbir hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Axborot dasturlari va boshqa axborot materiallarida siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasini yoritib berishda OAV:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teng sharoitlar yaratib berishi, shu jumladan dasturning davomiyligi va hajmi boʻyicha teng sharoitlar yaratib berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni efirga uzatish hamda chop etishda ular koʻproq birgalikda berilishiga erishishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Deputatlikka nomzodlarga va siyosiy partiyalarga davlat va nodavlat OAVda efir vaqti yoki chop etish maydoni pulli asosda ham ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Efir vaqti, chop etish maydoni uchun OAV tomonidan belgilanadigan toʻlov shartlari va boshqa talablar (tiraj, efirga beriladigan vaqt, joy, shrift va hokazolar) barcha deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalar uchun teng va bir xil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pulli efir vaqtini yoki chop etish maydonini ajratish bilan bogʻliq munosabatlar OAV va siyosiy partiyalar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. OAVda tarqatiladigan axborot haqiqatga toʻgʻri kelishi, deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Notoʻgʻri, deputatlikka nomzodning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek deputatlikka nomzodning roziligisiz uning shaxsiy yoki oilaviy siridan iborat xususiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni noqonuniy toʻplash yoki tarqatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Deputatlikka nomzodlar OAVda chop etilgan notoʻgʻri hamda oʻzining shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazgan maʼlumotlar yuzasidan raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chop etish natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan deputatlikka nomzodlar ushbu OAVda raddiya yoki javob maqola chop etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosma OAVda raddiya OAVning navbatdagi sonida, javob paydo boʻlishiga sabab boʻlgan material joylashtirilgan sahifada eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron OAVda raddiya navbatdagi dasturda yoki koʻrsatuvda efirga uzatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar OAV raddiyani, javob maqolani chop etishdan boʻyin tovlasa yoki chop etishning belgilangan muddatini buzsa, sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. OAVda, shu jumladan hamma foydalana oladigan telekommunikatsiya tarmoqlarida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarni yoritish jarayonining monitoringini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijalari har kuni, yoritish ertasidan kechikmay Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov yakuni boʻyicha monitoringning yakuniy sarhisobi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizomning II bobidagi talablar siyosiy partiyalar tomonidan taʼsis etilgan bosma va elektron OAVga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali saylovoldi tashviqotini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bosma, koʻrgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalar, bosma mahsulotning elektron koʻrinishlari va boshqa saylovoldi tashviqoti materiallarini toʻsiqlarsiz chiqarish hamda tarqatish uchun deputatlikka nomzodlarga va siyosiy partiyalarga teng sharotlar yaratib beriladi. Saylovoldi tashviqoti materiallari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa saylovoldi tashviqoti materiallari quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqoti materiallarini tayyorlagan yuridik shaxs nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqida boshqa maʼlumotlar (jismoniy shaxs familiyasi, ismi va otasining ismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqoti materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxs nomi (jismoniy shaxs familiyasi, ismi va otasining ismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqoti materiallari nusxasining soni, chiqarilgan sanasi haqidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Saylovoldi tashviqoti materiallari xonalarga, binolarga, inshootlarga va boshqa obyektlarga osib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haykallarga, yodgorliklarga, shuningdek saylov komissiyasi joylashgan binolarga, ovoz berish xonalariga bosma saylovoldi tashviqoti materiallarini joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Deputatlikka nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqoti materiallarini joylashtirish uchun tashqi reklama vositalari (maxsus shit konstruksiyalari, ekranlar, bilbordlar, elektron tablo va hokazolar) bepul taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bepul taqdim etiladigan tashqi reklama vositalari soni mahalliy davlat hokimiyati organlarining takliflariga asosan tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari qarorlari asosida tegishli okrug saylov komissiyalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda tashqi reklama vositalari joylashadigan yerlarni belgilaydi va saylovoldi tashviqoti materiallarini joylashtirish uchun ularni siyosiy partiyalarga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Saylovoldi tashviqotini saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Deputatlikka nomzodlarga va ularning ishonchli vakillariga saylovoldi tashviqotini saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali oʻtkazish uchun teng sharoitlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Saylovchilar bilan uchrashuvlar nomzodlar va ularning ishonchli vakillari tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari boshqa deputatlikka nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishga yoxud boshqa deputatlikka nomzodlar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Saylovchilar bilan uchrashuvlarni oʻtkazish joyi va vaqti haqida okrug yoki uchastka komissiyasiga maʼlum qilinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodning saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishi toʻgʻrisidagi eʼlon uchastka saylov komissiyasi binosiga osib qoʻyiladi yoxud mahalliy OAVda chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Deputatlikka nomzodlar, ularning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va oʻtkazishda yordam koʻrsatish iltimosi bilan okrug va uchastka saylov komisiyalariga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Saylovchilar bilan uchrashuvlar chogʻida deputatlikka nomzod maʼruza bilan soʻzga chiqishi mumkin. Maʼruza yakunlari boʻyicha deputatlikka nomzodning kelgusidagi faoliyati dasturi, siyosiy partiyaning dasturi va saylovoldi platformasi, mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojiga doir turli masalalarga munosabati yuzasidan muhokama va munozaralar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda deputatlikka nomzodlarga koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarni deputatlikka nomzodlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qilish masalasida saylov komissiyalariga koʻmaklashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Deputatlikka nomzod saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida, saylovoldi yigʻilishlarida, televideniye va radioda nutq soʻzlash vaqtida oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish yoki xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Deputatlikka nomzod saylovoldi tashviqoti davrida deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olingan saylov okrugi joylashgan hududda barcha turdagi davlat yoʻlovchi transportida bepul yurish huquqiga ega (bundan shahar yoʻlovchi transporti, taksi va boshqa transport turlarining buyurtma qilinadigan reyslari mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari ochiq va oshkora tarzda oʻtkaziladi, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qoʻllaniladigan cheklovlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Saylovoldi tashviqotini oʻtkazish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi butun hududida saylovoldi tashviqotini oʻtkazish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari va okrug saylov komissiyalari tegishli hududida saylovoldi tashviqotini oʻtkazish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Saylovoldi tashviqotini oʻtkazish shartlari va tartibini buzganlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 950-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 5-bandi va 5-ilovasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida” 2009-yil 17-sentabrdagi 417-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori 1-bandi oʻn uchinchi xatboshisi va 12-ilovasi.