03.10.2019 yildagi 840-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek, Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlarida veterinariya xizmati va chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda naslchilik-seleksiya ishlarini amalga oshirish uchun malakali mutaxassislar bilan taʼminlash vazifalarini kechiktirmay hal etish borasida qator dolzarb masalalar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Fargʻona (148 nafar), Namangan (99 nafar), Andijon (35 nafar) va Toshkent (136 nafar) viloyatlari hamda Toshkent shahri (25 nafar) veterinariya xizmatlarida jami 450 nafardan ziyod oliy maʼlumotli mutaxassis yetishmasligi sababli ularning oʻrniga oʻrta maxsus maʼlumotli yoki nafaqa yoshidagi mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda idoraviy va ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlari koʻrsatishni tashkil etishda ham oliy maʼlumotli malakali kadrlarga ehtiyoj yuqoriligi sezilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qarori ijrosini taʼminlash hamda hududlardagi malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirish, veterinariya uchastkalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash, sohani ilm-fan yutuqlari asosida tashkil etish, ilmiy asoslangan innovatsion uslublarni joriy etish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etishni yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojiga muvofiq veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi va zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya va chorvachilik taʼlimi mazmunida soha boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, innovatsion gʻoyalar va ishlanmalar, yuqori unumli va resurs tejamkor texnologiyalar asosida bilim berish, oʻquv-laboratoriya bazasini rivojlantirish, taʼlim jarayonida nazariya va amaliyot uygʻunligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, olim va mutaxassislarini jalb etgan holda, veterinariya va chorvachilik sohalari boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, oʻquv jarayoniga zamonaviy taʼlim texnologiyalarini va masofadan oʻqitish usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy bilim darajasi, shuningdek, amaliy tajribasini uzluksiz rivojlantirib borish mexanizmlarini joriy etish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasidan keng foydalanish, xorijiy ilmiy va oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar, ilmiy va pedagog kadrlarning malakasini oshirish va tajriba orttirishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya va chorvachilik sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni tashkil etish, soha boʻyicha ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda sohaning ilmiy muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, sotishga ixtisoslashgan hamda naslchilik-seleksiya faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlar bazasida talabalarning amaliyotlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialida kadrlar tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial Samarqand veterinariya meditsinasi institutining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida zarur shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda oʻqitish moslashtirilgan oʻquv rejalar va dasturlar asosida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Samarqand, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi faoliyati maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi kollejlarning veterinariya va chorvachilik sohasiga oid oʻquv laboratoriyalari, tegishli oʻquv jihozlarini Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallariga berish boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda oʻquv-metodik jarayonning tashkil etilishini taʼminlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda axborot-resurs markazini tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan qoʻshimcha oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Oʻrtaovul QFY, Amir Temur koʻchasida joylashgan Zangiota tumani agroservis kasb-hunar kollejining bino va inshootlarinitegishli hududi (asosiy vositalari) bilan birgalikda Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1044-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 09/19/1044/4240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Filialni saqlash xarajatlarini 2019-yilda “Maorif” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Filialga 2 ta yengil xizmat, shu jumladan 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga binoan 2022-yil va kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash loyihalari ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 3-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
840-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 840-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialida kadrlar tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shifr

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi nomi

5410600

Zooinjeneriya (turlari boʻyicha)

5440100

Veterinariya meditsinasi (turlari boʻyicha)

5440400

Veterinariya — sanitariya ekspertizasi

5440300

Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 09/19/840/3856-son; 28.12.2019-y., 09/19/1044/4240-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)