Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2021 02.10.2019 yildagi 838-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli ““Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tugatishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2019-yil 3-yanvardagi PF-5609-son Farmoni ijrosini taʼminlash va “Ilgʻor hudud” sinov loyihasini amalga oshirish doirasida, shuningdek, respublika aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash va Jizzax viloyati sogʻliqni saqlash tizimiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar hamda innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari, investitsiya fondlari mablagʻlarini, banklar kreditlari, shu jumladan xorijiy banklar kreditlarini jalb qilish hisobidan tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni nazarda tutuvchi zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil qilish boʻyicha investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan “Medical care cluster” (keyingi oʻrinlarda “Medical care cluster” MChJ deb ataladi) masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Medical care cluster” MChJ ustav kapitalini “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ulushi hisobidan shakllantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Medical care cluster” MChJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirilishini uslubiy, tashkiliy, ekspert-tahliliy va axborot bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan kelishilgan holda, tibbiyot klasterining bino va inshootlarini loyihalashtirish uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot klasterining bino va inshootlarini joylashtirish uchun zarur boʻlgan maydonlar qurilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda qurilish obyektlariga muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini ulash va oʻtkazishni amalga oshiradi, shuningdek, kirish yoʻllarini barpo etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot klasteri bino va inshootlarining maydonlarini investorlarga ijaraga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishtirokchilari reyestrini yuritadi va uni tibbiyot klasteri rasmiy veb-saytida joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishtirokchilariga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xizmatlar (shu jumladan, yuridik va maslahat xizmatlari, buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlari) koʻrsatishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, birgalikdagi oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda loyiha ishtirokchilari manfaatlari uchun tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning stajirovka oʻtashini, shuningdek, ularga qoʻshimcha kasbiy taʼlim berilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishtirokchilariga bozorda tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) taklif qilishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishtirokchilari tomonidan tibbiyot klasteri hududida tibbiy faoliyatning amalga oshirilishi boshlangani toʻgʻrisidagi bildirishnomani, shu jumladan qoʻllaniladigan qoidalar, talablar, reglamentlar va normativlar, foydalaniladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari haqidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual faoliyat natijalari uchun huquqlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jizzax viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Medical care cluster” MChJga loyihani amalga oshirish uchun doimiy egalik qilish va foydalanish, shu jumladan bino va inshootlar, klinikalar, shifoxonalar, taʼlim kampuslari va boshqa obyektlar qurish huquqi bilan Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida joylashgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan umumiy maydoni 10 gektar yer uchastkasi bir oy muddatda ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbektelekom” AK bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish obyektlariga muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr, gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya, telefon aloqasi va boshqalar) oʻtkazilishini oʻzining va/yoki jalb qilingan mablagʻlar hisobidan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik “Medical care cluster” MChJ bilan birgalikda tibbiyot klasteri hududida amalga oshiriladigan va perinatal, klinik-tashhis qoʻyish, reabilitatsiya markazlari, kardiologiya va onkologiya klinikalari, bolalar jarrohligi va travmatologiya kliniklari, shuningdek, tibbiyot universitetini tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish uchun investorlar jalb qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarga, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Medical care cluster” MChJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish doirasida tender savdolari va tanlovlari oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida loyiha va pudrat tashkilotlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilingan malakali xorijiy mutaxassislar uchun ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihani amalga oshirish doirasida “Medical care cluster” MChJ tomonidan jalb qilinadigan pudrat va subpudrat tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan texnik topshiriqlarga muvofiq klinikalar, shifoxonalar va taʼlim kampuslarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot klasterining bino va inshootlarini, boshqa obyektlarini qurilish sohasida tegishli litsenziya va (yoki) ruxsatnoma olmasdan, pudrat va loyiha tashkilotlari oʻrtasida konsorsium tashkil etish orqali hamda konsorsium ishtirokchilariga loyihaning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun birgalikda javobgarlik yuklash sharti bilan “fast-track” uslubida, “tayyor holda topshirish” shartlarida qurishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Medical care cluster” MChJ va loyihani amalga oshirish doirasida MChJ tomonidan jalb etiladigan pudrat tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar daromad soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tibbiyot klasterini qurish, jihozlash va faoliyatini taʼminlash uchun moʻljallangan materiallar, xomashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, alohida maxsus qurilish materiallari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kirishda bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyiha ishtirokchilari tibbiyot klasteri faoliyatini tashkil qilish uchun, xususan, tibbiyot xodimi sifatida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan maʼqullangan xalqaro klinik protokollar hamda kasalliklar va holatlarga tashxis qoʻyish hamda ularni davolashning tibbiy uslublari tibbiyot klasteri hududida moslashtirilmasdan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli ruxsatnomasini olmasdan qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot klasteri faoliyatini samarali tashkil qilish uchun yetakchi xorijiy boshqaruv kompaniyalarini jalb qilish boʻyicha uch oy muddatda muzokaralar oʻtkazsin va amaliy choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro kompaniyani jalb etgan holda, “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiy-texnik topshiriqni ikki oy muddatda ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
838-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/838/3854-son)