12.09.2019 yildagi O‘RQ-567-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda) 60-moddasi matnining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi pensionyerlarga pensiya toʻlanmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat sodir etish vaqtida oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda boʻlgan, yaʼni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“181-modda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 56-modda birinchi qismining “j” bandidagi “ruhiy kasalligi” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 67-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 75-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hukm chiqarilganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan boshqa ogʻir kasallikka chalingan shaxs jazoni oʻtashdan ozod qilinishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 91-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ushbu shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan jazolash bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga koʻmaklashuvchi sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan tayinlanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 92-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga qadar yoxud jazoni oʻtash vaqtida oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan, agar u oʻzining ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga koʻra jamiyat uchun xavf tugʻdirsa, sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 93-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 94-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zoʻrayishi alomatlari boʻlmagan shaxslarga, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik qaytarilishining va ular tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish uchun yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan davolashni talab etadigan holat bilan bogʻliq boʻlgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi koʻproq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan reabilitatsiya choralari koʻrilishini talab etadigan holat bilan bogʻliq boʻlgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish oʻta ijtimoiy xavfli boʻlgan yoki oʻz xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur davolash va reabilitatsiya choralarini amalga oshirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyadigan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan holda saqlanadi va qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini toʻliq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 95-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“95-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni uzaytirish, oʻzgartirish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni uzaytirish, oʻzgartirish va tugatish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi asosida, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida va mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada esa, tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxs tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga muhtoj boʻlmagan hollarda, shuningdek bu choralarni qoʻllash tugatilganda sud bunday shaxsni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy taʼminot muassasasiga yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun sogʻliqni saqlash organlariga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan jazo bilan bir qatorda tayinlangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashni tugatish tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 96-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 104-moddaning birinchi qismidagi “ruhiy kasalga chalinishga yoki umuman sogʻligʻi buzilib” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda buzilishiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 1271-moddaning ikkinchi qismidagi “ruhiy kasalliklari” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 267-modda, № 7, 386-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 51-modda birinchi qismining 2-bandidagi “ruhiy kasalligi” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 84-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining oʻz harakatlari ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada buzilishi yuzaga kelgan shaxs toʻgʻrisidagi jinoyat ishi ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda aybdorlik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 115-moddaning 3-bandidagi “ruhiy yoki jismoniy nuqsoni sababli” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilganligi yoki jismoniy nuqsoni sababli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 181-moddaning matnidagi “ruhiy kasal” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 196-moddaning birinchi qismidagi “ruhiy kasal” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 236-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan shaxslarga, shuningdek aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan ehtiyot choralari ularning qochib ketishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi sud ajrimining ijrosini taʼminlash maqsadida qoʻllanilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 239-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ehtiyot chorasi faqat ayblanuvchilarga, sudlanuvchilarga, mahkumlarga va aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 244-moddaning ikkinchi qismidagi “ruhiy kasallikka chalingan” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 420-moddaning birinchi qismidagi “ruhiy” degan soʻz “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “ruhiy kasalligi” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi vaqtida sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi haqidagi masala yuzaga kelgan hollarda sud hukm chiqarish chogʻida bu masalani yana bir bor muhokama qilishi shart. Sud sudlanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli norasolik holatda boʻlgan yoki uni sodir etganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb topgan taqdirda, ushbu Kodeksning 577-moddasida nazarda tutilgan ajrimni chiqaradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomining ruscha matnidagi “osvobojdeniye” degan soʻz “osvobojdeniya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahkum jazoni oʻtayotgan vaqtida jazoni oʻtashga monelik qiladigan ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan yoki boshqa ogʻir kasallikka duchor boʻlgan taqdirda sudya jazoning ijro qilinishiga mutasaddi organning taqdimnomasiga binoan, maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni oʻtalmay qolgan jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tayinlashga yoxud uni sogʻliqni saqlash organlari yoki qarindoshlari vasiyligiga berishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslardan tashqari, ogʻir kasallikka duchor boʻlgan shaxslarni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilish masalasini hal etishda sudya sodir etilgan jinoyatning ogʻirligini, mahkumning shaxsini va boshqa holatlarni hisobga oladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 541-modda birinchi qismidagi “ruhiy kasal shaxslarga qoʻllanayotgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilayotgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻzgartirish, uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 542-moddaning birinchi qismidagi “jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan” degan soʻzlar “jismoniy nuqsonlari boʻlgan yoki ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 566-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ish boʻyicha shaxsda ruhiy holatining jinoyat sodir etganidan keyin yuzaga kelgan va jazoning qoʻllanilishini istisno etadigan tarzda buzilganligi isbotlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan quyidagilar isbotlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Kodeks 82-moddasining 1, 2 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qilmishni sodir etgan paytida shaxsning ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki ruhiy holatining boshqacha tarzda buzilganligi, bularning oqibatida u aqli norasolik holatida boʻlganligi, yaʼni oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mazkur shaxsning surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi vaqtidagi ruhiy holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etganidan soʻng ruhiy holati buzilgan shaxsning ishi boʻyicha, xuddi shuningdek ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan shaxsning ishi boʻyicha shaxsning bundan buyongi xulq-atvori uning oʻzi va atrofdagilar uchun xavf tugʻdirishi mumkinligi yoki mumkin emasligi, uning davolanishga muhtojligi yoki muhtoj emasligi, unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishiga zarurat borligini yoki yoʻqligini va aynan qanday choralar qoʻllash lozimligini hal qilish uchun asos boʻladigan holatlar isbotlanishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 567-moddaning matnidagi “ruhiy kasalligi” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 568-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda ruhiy holati oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada surunkali yoki vaqtincha buzilganlik, aqli zaiflik yoki ruhiy holatining boshqacha tarzda buzilishi holatida boʻlganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hozirgi vaqtda shaxsning ruhiy holati buzilganligi oqibatida hukm qilish va jazolashning unga axloq tuzatish jihatidan taʼsir koʻrsata olishi yoki koʻrsata olmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu ruhiy holatning buzilishi surunkalimi yoki shaxs muayyan muddat mobaynida tuzalishi mumkinmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shaxs duchor boʻlgan ruhiy holatning buzilishi yangi ijtimoiy xavfli qilmishni keltirib chiqarishi yoki bunga sabab boʻlishi mumkinmi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandidagi “ruhiy nuqsonlari bormi” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilganmi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 569-moddaning birinchi qismidagi “Basharti gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ruhiy yoki boshqa ogʻir kasalligi” degan soʻzlar “Basharti gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi yoki boshqa ogʻir kasalligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 571-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga koʻra, himoya ostidagi shaxs ruhiy holatining buzilishi jinoyat sodir etilgandan soʻng yuzaga kelgan yoki u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan boʻlsa yoxud uning aqli rasoligini istisno etmaydigan, biroq ruhiy holati oʻzini himoya qilish huquqini mustaqil amalga oshirishini qiyinlashtiradigan tarzda buzilgan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan himoyachining ishda ishtirok etishi shartligi haqidagi qoida amal qilishda davom etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 576-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1) jinoyat sodir etilganmi yoki aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganmi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3) hozirgi vaqtda mazkur shaxsning ruhiy holati buzilganmi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandidagi “ruhiy kasallikka duchor boʻlib qolgan” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat toʻgʻrisidagi yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish haqidagi ish boʻyicha sud majlisida chiqarilgan sud ajrimi quyidagi qoidalar asosida tuziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1) shaxsni jinoyat sodir etgan, keyinchalik unda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb eʼtirof etish yoxud uni ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topish toʻgʻrisida, shuningdek bu shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik toʻgʻrisida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan boʻlsa, ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masala fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) 578-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“578-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatish yoki oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda yoxud ruhiy holati buzilgan shaxs sogʻligʻining holati u sud tomonidan dastlab belgilangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralaridan boshqa xildagi tibbiy choraga muhtoj boʻladigan yoxud bunday xildagi choralarga muhtoj boʻlmaydigan tarzda oʻzgargan taqdirda, sud tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatadi yoki oʻzgartiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) 579-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat sodir etganligi va buning oqibatida ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelganligi tufayli oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda, sud ish yuritishni shaxsning ruhiy holati buzilgan bosqichdan boshlab umumiy tartibda tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi va birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“580-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash toʻgʻrisidagi masalalarni sud tomonidan koʻrib chiqishga quyidagilar sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi tayinlangan, ruhiy holati buzilgan shaxslarni shifokorlar komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazish olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — oʻninchi qismlari tegishincha uchinchi — oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “bekor qilish yoki oʻzgartirish” degan soʻzlar “uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish haqida, shuningdek uni uzaytirishni, oʻzgartirishni yoki tugatishni rad etish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim sud majlisida oʻqib eshittiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi qismi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 3, 156, 160, 161-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 20-moddaning matni quyidagi tahririda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik sodir etgan vaqtida aqli norasolik holatida boʻlgan shaxs, yaʼni ruhiy holatining surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud boshqa xil kasallik oqibatida oʻz harakatining (harakatsizligining) ahamiyatini idrok eta olmagan yoki boshqara olmagan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 1883-moddaning ikkinchi qismidagi “ruhiy kasalliklari” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 296-moddaning birinchi qismidagi “ruhiy kasalliklari” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 5, 265, 267-moddalar) 22-moddasining ikkinchi qismidagi “ruhiy kasalliklarga chalingan” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 15-modda ikkinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisidagi “ruhiy kasallarga” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda esa, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 181-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“181-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sogʻliqni saqlash organlari tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga muvofiq quyidagi tartibda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish ruhiy holati buzilgan shaxsning yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxsni jamiyatdan batamom ajratib majburiy davolash, uning ruhiy holatiga qarab, umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida yoki umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida yoxud kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“182-modda. Jazo bilan birga tayinlangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganidan keyin davolashni davom ettirish zarur boʻlganda esa, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“184-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni koʻchirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnidagi “Kasallarni” degan soʻz “Ruhiy holati buzilgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 187-moddaning matnidagi “Ruhiy kasallarni” degan soʻzlar “Ruhiy holati buzilgan shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 813-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 8-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “ruhiy kasalliklar” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-maydagi OʻRQ-690-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 13-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 03/21/690/0452-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-263-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 343-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 12-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “ruhiy kasallik” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 14-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “ruhiy kasallik” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 20-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshisidagi “ruhiy kasallik” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn beshinchi xatboshisidagi “ruhiy kasallik” degan soʻzlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-298-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 40-moddasining ikkinchi qismidagi “ruhiy kasallikka chalingan” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda) 56-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari” degan soʻzlar “jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari” degan soʻzlar “jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda) 50-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari” degan soʻzlar “jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-567-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 12.05.2021-y., 03/21/690/0452-son)