Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024 23.08.2019 yildagi PQ-4423-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli “Ijtimoiy himoyaga doir qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlayotgan korxonalarning barqaror faoliyat yuritishini ragʻbatlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalariga qarashli yuridik shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish quvvatlarini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston nogironlar uyushmasi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati va Oʻzbekiston karlar jamiyati (keyingi oʻrinlarda — nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari)ning yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat buyurtmachilariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat va nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni xarid qilish uchun kvotalar taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida ushbu qarorda koʻrsatib oʻtilgan normalarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4423-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4423/3614-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)