Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar muayyan ish bo‘yicha amalga oshirilayotgan barcha protsessual harakatlarga, shu jumladan, qarorni ijro etishga nisbatan tatbiq etiladi.
1. Mazkur Shartnomaning 2-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar ularni taqdim etish to‘g‘risida iltimosnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi, oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi hujjatlar asosida beriladi. Mazkur hujjatlar hududida ushbu shaxs yashash yoki turar joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli muassasalari tomonidan beriladi.
2. Agar iltimosnoma beruvchi shaxs Ahdlashuvchi Tomonlar hududida yashash yoki turar joyiga ega bo‘lmasa, bu holda mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hujjatlar u fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilishi mumkin.
2. Adliya muassasalari boshqa muassasalarga ham mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatishlari mumkin.
3. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha boshqa muassasalar huquqiy yordam to‘g‘risidagi iltimosnomalarni markaziy organlar orqali yuborishlari mumkin.
d) “s” bandda ko‘rsatilgan shaxslarning qonuniy vakillari bo‘lganda, ularning ism-sharifi va manzili;
6. Mazkur Shartnomaning 19-moddasiga muvofiq huquqiy yordam ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan taqdirda, so‘ralayotgan adliya muassasasi so‘rayotgan adliya muassasasiga huquqiy yordam to‘g‘risidagi iltimosnomani va unga ilova qilingan boshqa hujjatlarni qaytaradi.
3. Agar mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ularning hozir bo‘lishlariga zarurat yo‘qligi to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab 15 kun ichida jo‘nab ketishmasa, mazkur moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ushbu muddat shaxs o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra hududni tark eta olmagan vaqtni o‘z ichiga olmaydi.
2. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bir Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasasi tomonidan bevosita boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashovchi manfaatdor shaxslarga ularning iltimosnomalari asosida tarjimasiz va bepul jo‘natilishi mumkin.
1. Mazkur bo‘limning II — V boblarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan da’volar, ularning fuqaroligidan qat’i nazar, ushbu Ahdlashuvchi Tomon sudlariga, yuridik shaxslarga nisbatan da’volar esa hududida yuridik shaxsning boshqaruv organi, vakolatxonasi yoki filiali joylashgan Ahdlashuvchi Tomon sudlariga taqdim qilinadi.
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning sudlari boshqa hollarda ham ishlarni ko‘rib chiqishlari mumkin, basharti nizoni ushbu sudlarga taqdim etish to‘g‘risida taraflarning yozma kelishuvi mavjud bo‘lsa. Mazkur Shartnomaning 20-moddasi 3-bandidan va II — V boblarida belgilangan boshqa qoidalardan hamda Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligidan kelib chiqadigan sudlarning mutlaq vakolatlari taraflar kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas.
4. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari muomala layoqatini tiklashga nisbatan ham qo‘llaniladi.
5. Mazkur moddaning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda va kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda, hududida ushbu shaxs yashaydigan Ahdlashuvchi Tomon sudi shaxsni yoxud uning mol-mulkini muhofaza qilish uchun mustaqil ravishda zarur choralarni ko‘rishi mumkin. Mazkur choralarga oid qarorlar ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga jo‘natiladi, agar mazkur Ahdlashuvchi Tomon sudlari o‘zgacha tarzda hal etsalar, ushbu qarorlar bekor qilinadi.
4. Agar mazkur moddaning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar hududida birgalikda turar joyiga ega bo‘lmasalar, muassasasi ishni ko‘rib chiqayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llaniladi.
6. Mazkur moddaning 1 — 3 va 5-bandlariga muvofiq qonunchiligi qo‘llanilishi lozim bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonlarning muassasalari er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘ladilar.
1. Mazkur Shartnomaning 28-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotin ariza berilgan vaqtda fuqarolari bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatga ega bo‘ladilar. Agar ariza berilgan vaqtda er-xotinning ikkalasi ham boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa, u holda ushbu Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari ham vakolatga ega bo‘ladilar.
2. Mazkur Shartnomaning 28-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotinning ikkalasi ham hududida yashayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatlidir. Agar er-xotindan biri Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida, ikkinchisi esa boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashasa, u holda nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha er-xotin hududida yashayotgan har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakolatga ega bo‘ladilar.
1. Nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha mazkur Shartnomaning 26-moddasiga muvofiq nikoh tuzishda qo‘llanilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligi qo‘llaniladi.
5. Ota-onalar va bolalar o‘rtasida huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha mazkur moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlariga muvofiq qonunchiligi qo‘llaniladigan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari vakolatga ega bo‘ladilar.
2. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vasiylik muassasasi mustaqil ravishda zarur bo‘lgan vaqtinchalik choralarni ko‘rishi mumkin. U mazkur Shartnomaning 34-moddasiga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli vasiylik muassasasini zudlik bilan xabardor qilishi lozim. Ushbu choralar 34-moddada ko‘rsatib o‘tilgan vasiylik muassasasi o‘zgacha tarzda qaror qabul qilguniga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.
1. Vasiylik va homiylikdagi shaxsning yashash joyi, turar joyi yoki mulki boshqa davlatda bo‘lsa, 34-moddada ko‘rsatilgan vakolatli vasiylik muassasasi vasiylik yoki homiylikni mazkur Ahdlashuvchi Tomonning tegishli idoralariga o‘tkazishi mumkin. O‘tkazish so‘ralayotgan muassasa vasiylik yoki homiylikni qabul qilishga rozilik berganidan hamda bu haqda so‘rayotgan muassasani xabardor qilganidan so‘ng kuchga kiradi.
2. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilgan muassasa vasiylik yoki homiylikni o‘z davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylik yoki homiylik ostidagi shaxsning shaxsiy maqomiga oid masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqiga ega emas, biroq u nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin, basharti bu ushbu shaxs fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga muvofiq zarur bo‘lsa.
3. Zararni qoplash haqidagi da’voga asos bo‘lib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar hududida yuz bergan Ahdlashuvchi Tomonning sudi mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bo‘yicha vakolatga ega bo‘ladi. Zarar ko‘rgan shaxs hududida javobgar yashash joyiga ega bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomon sudiga da’vo qilishi mumkin.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlaridagi qoidalar meros bo‘yicha ishlar yuzasidan vujudga keladigan nizolarni ko‘rib chiqishda ham qo‘llaniladi.
2. Meros qoldiruvchi fuqarosi hisoblanadigan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq ko‘rilgan choralar to‘g‘risida darhol xabardor qilinadi. Mazkur vakolatxonalar ushbu choralarni amalga oshirishda ishtirok etishlari mumkin.
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalari vasiylik bo‘yicha qarorlarga nisbatan ham, shuningdek, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish muassasalari tomonidan chiqarilgan qarorlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
1. Mazkur Shartnomaning 52 va 54-moddalarida nazarda tutilgan qarorlarni tan olish va ijro etishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma hududida u bajarilishi lozim bo‘lgan Ahdlashuvchi Tomonning sudlari tarafidan ko‘rib chiqiladi.
Mazkur Shartnomaning 52-moddasida nazarda tutilgan ijro etish to‘g‘risidagi qarorlarni tan olish va ijro etish uchun ruxsatnoma berish rad qilinishi mumkin, basharti:
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasida o‘zaro belgilangan, lekin bir oydan oshmagan, alohida hollarda esa — ikki oydan kam bo‘lgan muddatga o‘tkazilishi mumkin.
4. Havo kemasi rejadan tashqari qo‘ngan hollarda, hududida parvoz amalga oshirilayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillarining iltimosnomasiga ko‘ra, mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan tranzit tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani qabul qilgunga qadar, olib o‘tilayotgan shaxsni 48 soat davomida qamoqda saqlab turishi mumkin. Bunday iltimosnoma texnik vositalar, shu jumladan, telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.
2. So‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq yuborilgan iltimosnomani olgandan so‘ng, biron-bir jinoiy daromadlar uning yurisdiksiyasiga tegishliligini aniqlash uchun zarur choralar ko‘radi hamda so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tergov natijalaridan xabardor qiladi.
Qamoqda saqlanayotgan shaxslarni mazkur Shartnomaning 70-moddasida nazarda tutilgan ko‘rsatuv berish yoki tergovga ko‘mak berish uchun vaqtincha o‘tkazish bo‘yicha tashish xarajatlari, shu jumladan, uchinchi davlatlar hududi orqali ushbu shaxslarning tranziti bilan bog‘liq xarajatlar so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qoplanadi.
2. Bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish to‘g‘risidagi iltimosnoma mazkur Shartnomaning 7 va 17-moddalari qoidalariga muvofiq tuziladi hamda u qidiruvdagi shaxsning imkon qadar to‘liqroq tavsifi bilan birga u turgan joyni aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday ma’lumotni o‘z ichiga olishi lozim.
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda, so‘rayotgan Ahdlashuvchi Tomonning adliya muassasalari vakillariga ular o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomi beriladi. Shunga muvofiq ravishda, ular ushbu davlat va o‘z mamlakatlarining huquqiy himoyasidan hamda shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadilar, qurolni saqlash va olib yurish, shuningdek, Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligida belgilangan hollarda xizmat o‘qotar qurollari va maxsus vositalardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar va o‘z majburiyatlarini qabul qiluvchi davlatning qonunchiligiga muvofiq bajaradilar.
3. Mazkur moddaning 2-bandida qayd etilgan adliya muassasalarining vakillari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda ular fuqarolari hisoblangan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga zarur ko‘mak ko‘rsatadi. Iltimosnomaga ko‘ra bunday hollarda jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy ta’qib qilish Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga va mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq ular fuqarosi hisoblangan Ahdlashuvchi Tomonga o‘tkazilishi mumkin.
4. Vakolatli adliya muassasalarining xizmat o‘qotar qurollari, o‘q-dorilari, maxsus vositalari va shaxsiy himoyalanish vositalari mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan hollarda shakli va mazmuni ikkala Ahdlashuvchi Tomon o‘rtasida kelishiladigan maxsus ro‘yxatlar (ruxsatnomalar) asosida so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga qo‘yiladi va ularni qayta olib chiqib ketish majburiy hisoblanadi. Qurol-yarog‘, o‘q-dori, maxsus vositalar va shaxsiy himoyalanish vositalarini olib chiqish adliya muassasalari vakillari so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududiga kirish vaqtida bojxona muassasalari tomonidan tasdiqlangan yuqorida qayd etilgan ro‘yxatlar (ruxsatnomalar) asosida amalga oshiriladi.
5. Mazkur moddaning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarga uchinchi davlatlar ushlab bergan shaxslarni Ahdlashuvchi Tomonlar hududi orqali tranzit olib o‘tish hollariga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur Shartnomaning 71-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan hollarda, Ahdlashuvchi Tomonlarning olib o‘tilayotgan shaxslarni kuzatib borayotgan vakillarida o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, maxsus vositalar va shaxsiy himoyalanish vositalari mavjud ekanligi to‘g‘risida mazkur Shartnomaning 71-moddasi 1 va 4-bandlariga muvofiq taqdim etiladigan tranzit olib o‘tish to‘g‘risidagi iltimosnomada ma’lum qilinadi. Bunday iltimosnoma olingunga qadar qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, maxsus vositalar va shaxsiy himoyalanish vositalari so‘ralayotgan Ahdlashuvchi Tomon adliya muassasalarida belgilangan sharoitlarda saqlanishi lozim.
Mazkur Shartnomaga Ahdlashuvchi Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra uning ajralmas qismi hisoblanadigan hamda Shartnomaning 89-moddasida o‘rnatilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar orqali o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi