O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZBEKINVEST” MILLIY SUG‘URTA KOMPANIYASINING USTAV FONDI MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-noyabrdagi 524-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekinvest” Milliy sug‘urta kompaniyasining ichki va xalqaro sug‘urta bozorlaridagi faoliyatini faollashtirish, moliyaviy salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekinvest” Milliy sug‘urta kompaniyasi direktorlar kengashining uning ustav fondini oshirish hamda kompaniyaning 1995-yilgi foydasi hisobiga uni milliy valyutada 200 mln. so‘mgacha yetkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarning sug‘urta himoyasini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
qarorning 3-bandi birinchi xatboshidagi va “O‘zbekinvest” Milliy sug‘urta kompaniyasi Ustavining 12-bandidagi “50 million so‘m” so‘zlari “200 million so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-may,
191-son