22.07.2019 yildagi 615-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash hamda sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Namangan viloyati hokimligining Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi “Chortoq sanatoriysi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida joylashgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga beg‘araz muddatsiz foydalanish huquqi asosida berilgan sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi (sobiq serjantlarni tayyorlash maktabi) davlat mulki obyektlari hisoblangan bino va inshootlarini (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga tekin foydalanish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga obyektni keyinchalik “Chortoq sanatoriysi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga maqsadli foydalanish va xo‘jalik faoliyati yuritish uchun, istisno tariqasida, tekin foydalanish huquqi asosida berishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirsin, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi qabul qilib olsin hamda undan samarali foydalanishni tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obyektni rekonstruksiya qilish, yotoqxona va davolash binolari qurish, zamonaviy jihozlash hamda uning hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining Kapital qurilish boshqarmasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga 2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qaroriga asosan yagona soliq to‘lovlaridan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratilayotgan mablag‘lar hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan obyektda qurilish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish hamda obyektni foydalanishga topshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobidan loyiha quvvatlariga muvofiq obyektda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini belgilangan tartibda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi o‘z mablag‘lari hisobidan Namangan viloyati, Chortoq tumani markazidan obyektgacha bo‘lgan masofadagi yo‘lni ta’mirlash ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
615-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2019-y., 09/19/615/3464-son)