25.06.2019 yildagi 527-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Vestminster xalqaro maktabini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarga taʼlim berish va tarbiyalash tizimiga ilgʻor xalqaro amaliyotda sinovdan oʻtkazilgan usullar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, umumiy oʻrta taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, umumiy oʻrta taʼlim tizimiga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida, shuningdek, 2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi va “Westminster International School in Tashkent” masʼuliyati cheklangan jamiyatning Toshkent shahrida Vestminster xalqaro maktabini (keyingi oʻrinlarda Maktab deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Maktab faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, ularning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ularning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumanitar, tabiiy va aniq fanlarni chuqurlashtirilgan holda oʻrganishni tashkil etish, oʻquvchilarning chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻrgatish, oʻquvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda oʻqitish va baholashning ilgʻor usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda yetakchilik koʻnikmalari va notiqlik sanʼatini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari bilan oʻquv dasturlarini joriy etish, kelgusida respublikadagi ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallarida bitiruvchilar oʻqishini taʼminlash masalalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, taʼlim jarayoniga yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan chet ellik va chet elda ilgʻor xalqaro taʼlim amaliyotlari va taʼlim dasturlarini joriy etish sohasida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab nodavlat taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabda oʻquv-uslubiy va taʼlim jarayoni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti va boshqa yetakchi xorijiy umumtaʼlim va oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda xorijiy hamkorlar deb ataladi) bilan tuzilgan shartnomalar asosida hamkorlikda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabda taʼlim jarayoni xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab bitiruvchilariga taʼlim toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi hujjat bilan bir qatorda (shahodatnoma, attestat) yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga kirish imkonini beruvchi xalqaro darajadagi dasturlarning diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabga qabul qilish tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim Maktab tomonidan belgilanadigan toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Maktabning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek belgilangan tartibda faoliyatini litsenziyalashda amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Natural Eko Gaz” MChJning Maktabni Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Boykent koʻchasi, 32-uyda joylashgan bino va inshootlarda joylashtirish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, Maktabning joriy faoliyatini moliyalashtirish, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, shuningdek zarur oʻquv va laboratoriya uskunalari, mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv va metodik adabiyotlar bilan taʼminlash hamda boshqa moddiy-texnik bazasini shakllantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab taʼsischilarining mablagʻlari va oʻquvchilarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning, shu jumladan xorijiy hamkorlarning mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi 2019/2020 oʻquv yili boshlanguniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabga uning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish va sanitariya meʼyorlarini hisobga olgan holda maktabga tutash hududni obodonlashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilangan tartibda maktab buyurtmanomalari boʻyicha ushbu qaror doirasida jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va maktab maʼmuriy xodimlariga, shuningdek ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilangan tartibda maktab buyurtmanomalari boʻyicha ushbu qaror doirasida jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar va maktab maʼmuriy xodimlariga, shuningdek ularning oila aʼzolariga davlat bojini undirmasdan koʻp marotabalik vizalarni berish va uzaytirish, shuningdek vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish va uzaytirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son hamda “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3276-son qarorlari bilan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-yanvargacha nodavlat umumtaʼlim muassasalari quyidagi toʻlovlardan ozod etilgani:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi soliqlar (ijtimoiy soliqdan tashqari) va yigʻimlardan, bunda ozod qilinayotgan mablagʻlar ularni zamonaviy oʻquv vositalari bilan jihozlash, zarur mahsulotlar va jihozlar sotib olish, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul taʼlim xizmatlarini koʻrsatishga maqsadli yoʻnaltiriladi;
(10-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomasi asosida taʼlim-tarbiya jarayoniga jalb qilingan xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarning oylik ish haqidan yagona ijtimoiy toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha nodavlat umumtaʼlim muassasalarini jihozlash va faoliyatini taʼminlash uchun olib kiriladigan zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar 2025-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami oʻquvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish evaziga kelib tushgan daromadlar hisobidan bepul (grant asosida) oʻqishga qabul qilishi, keyingi yillarda oʻquvchilarni bepul (grant asosida) oʻqitishni davom ettirish boʻyicha qaror nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan taʼlim oluvchining oilaviy sharoiti va uning akademik natijalaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2021-yil 1-yanvar kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, maktab qurilishi uchun moʻljallangan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan qurilish materiallari va pol qoplamalari, santexnika buyumlari, multimedia mahsulotlari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandga muvofiq olib kirilgan ashyolar maqsadsiz foydalanilgan taqdirda imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjetiga undiriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
527-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 09/19/527/3339-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)