21.06.2019 yildagi PQ-4363-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarning rivojlantirilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uzluksiz ravishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida 150 ta kichik sanoat zonalari tashkil qilingan bo‘lib, ularning hududida har yili jami 1,7 trln so‘mdan ortiq qiymatdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmiga ega bo‘lgan 1 691 ta kichik korxona faoliyat yuritadi va 27 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ularning ishtirokchilari uchun faoliyat yuritish sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash va mahsulotlarni sotishga ko‘maklashish, investitsiyalar jalb qilinishini faollashtirish, avvalambor foydalanilmayotgan, faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida tashkil qilinayotgan importbop mahsulotlarni chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarning joriy etilishini jadallashtirish, ushbu asosda yangi turg‘un ish joylari tashkil etilishini ta’minlash va aholi daromadini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat muassasasi shaklidagi kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalarni har bir kichik sanoat zonasiga direksiyalarning mas’ul xodimlarini biriktirgan holda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda yangi tashkil qilinayotgan direksiyalarning ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5621-son Farmoni bilan kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlar berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z mablag‘lari hisobiga qurilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ga mulk huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlashni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat o‘tgandan keyin, binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat o‘tgandan keyin, o‘zlariga berilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kichik sanoat zonalari faqatgina transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud yoki o‘tkazish oson bo‘lgan faoliyat yuritmayotgan korxonalar negizida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer maydonlarida tashkil qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasini kichik sanoat zonasida joylashtirilgan kundan e’tiboran uch oy mobaynida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi, shuningdek obyektdan shartnomada ko‘rsatilgan maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi shartnomaning bir tomonlama tartibda bekor qilinishiga asos bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish yengib bo‘lmaydigan kuch sababli belgilangan muddatlarda yakunlanmagan bo‘lsa yoxud xuddi shu sabablarga ko‘ra oxirgi 6 oy mobaynida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilmagan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat muassasasi shaklidagi kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyalar (keyingi o‘rinlarda — direksiyalar) unga loyiha amalga oshirilishini tezlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlagan holda qo‘shimcha muddat taqdim etadi. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan muddatlarda investitsiya loyihasi yakunlanmasa yoki ishlab chiqarish faoliyati boshlanmasa, direksiyalar shartnomani bekor qiladi.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z mablag‘lari hisobiga rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash ishlari olib borilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)da, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat o‘tgandan keyin — rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash ishlarining xarajatlari chegirib tashlangan holda belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq bajargan taqdirda (ishtirokchining shaxsiy mablag‘lari hisobiga rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash ishlari olib bormagan holda), biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 5 yil muddat o‘tgandan keyin — besh yil mobaynida teng ulushlarda to‘lovlarni kiritish huquqi berilgan holda belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati bo‘yicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ma’muriy kengashlar va direksiyalar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha hududlaridagi kichik sanoat zonalarini inventarizatsiya qilish va ularning faoliyatini o‘rganish hamda natijasi bo‘yicha ularning har biri keyinchalik faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqligi haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari ishtirokchilari bilan tuzilgan binolar va inshootlarning ijarasi to‘g‘risidagi shartnomalarni, zarur hollarda, belgilangan tartibda foydalanilmayotgan va maqsadga nomuvofiq foydalanilayotgan binolar va inshootlarni qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rgan holda yoki qo‘shimcha loyihalarni joylashtirish hisobiga ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlarda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boshlanishini ta’minlamagan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari bilan investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimlarning bekor qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning qisqa muddatlarda foydalanishga topshirilishini ko‘zda tutgan holda orqada qolayotgan loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvallarining ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarda hududning salohiyati, raqobatdagi ustuvor yo‘nalishlari, tabiiy va mehnat resurslaridan kelib chiqib, ularning ixtisoslashuvini belgilagan holda yangi kichik sanoat zonalarini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda yangi tashkil qilinayotgan kichik sanoat zonalari hududlarida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan holda hududlar kesimida transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron va internet nashrlarini jalb qilgan holda mamlakatning kichik sanoat zonalari, investitsiya kiritishning afzalliklari va yaratilayotgan imtiyozli sharoitlar, kichik sanoat zonalari hududlaridagi mavjud bo‘lgan infratuzilma, taklif qilinayotgan xizmatlar, shuningdek amalga oshirilishi tavsiya etilayotgan investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarning doimiy asosda nashr etilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiyalar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalarining arxitektura-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan yer uchastkalarini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va direksiyalar mablag‘lari hisobiga loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ta’minlanadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direksiyalar kichik sanoat zonalari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachilar bo‘lib qatnashishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kichik sanoat zonalari direksiyalari 2025-yil 1-iyulga qadar yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda kichik sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga kichik sanoat zonalarining bo‘linish chegarasigacha zaruriy tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasining kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga oid ishlab chiqilgan loyihalarga binoan qurilishini va modernizatsiya qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorovga — ushbu qaror bilan qo‘yilgan vazifalarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash doirasida vazirlik va idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayevga — ma’muriy kengashlar tomonidan kichik sanoat zonalari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirishga investitsiya talabnomalarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi, shuningdek kichik sanoat zonalarining salohiyatidan samarali foydalanilishi, loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi va joriy etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanovga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — qurilishning o‘z vaqtida tugatilishi, modernizatsiya va kichik sanoat zonalari ishtirokchilarini tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmaga ulanishi, ularning obyektlari real ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Kichik sanoat zonalari to‘g‘risida yangilangan nizom loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4363-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2019-y., 07/19/4363/3317-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)