Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:
1. Quyidagilarga:
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorligi toʻgʻrisida Bitimga (2007-yil 25-may, Yalta);
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorligi toʻgʻrisida 2007-yil 25-may kuni imzolangan Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga (2012-yil 30-may, Ashxobod) qoʻshilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi mazkur xalqaro shartnomalar amalga oshirilishi uchun masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi hamda ular amalga oshirilishi uchun masʼul vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-aprel,
PQ-4288-son