03.05.2019 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Turon” teatr studiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-dekabrdagi 5413-F-son farmoyishiga muvofiq hamda teatr san’ati yordamida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shaxsiy tarkibida fuqarolik va harbiy burchga sadoqat, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish, harbiy jamoalarda sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitni va harbiy intizomni yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Madaniyat vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Turon” teatr studiyasini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Turon” harbiy teatri” davlat muassasasiga (keyingi o‘rinlarda Teatr deb ataladi) aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Teatrning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi asarlarini, shuningdek, o‘zbek xalqining boy madaniyatini, buyuk ajdodlarimizning merosini, urf-odatlarimizni, ota-bobolarimiz hamda zamondoshlarimizning yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi jasoratini madh etuvchi, xalq va armiya birligini, Vatanga muhabbat va Vatanga qasamyodga sodiqlikni tarannum etuvchi badiiy asarlarni targ‘ib qilish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviyatini va ularning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, yoshlarga o‘zbek milliy teatr san’ati tarixi asoslarini, teatr san’ati yordamida madaniy-ma’rifiy va ijodiy-badiiy sohalarda erishilgan yutuqlarni tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning ijodiy faolligini rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, teatr san’atiga yangi usullarni milliy ruhga moslashtirgan holda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zida vatanparvarlik, insoniylik, milliylik, buyuk ajdodlarimizning tarixini aks ettirgan spektakllarni namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, gastrollar, tanlovlar, taniqli san’at arboblari bilan uchrashuvlar va forumlar, rejissyor va aktyorlar uchun mahorat darslari va o‘quv treninglarini tashkil etish, yoshlarga jahon madaniyati va san’atining yorqin namunalarini tanishtirish orqali ularning ma’naviy o‘sishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari obro‘sini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida harbiy xizmatning jozibadorligini oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shaxsiy tarkibini Vatanga muhabbat, konstitutsion va harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish, harbiy xizmatchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy xususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularni badiiy ijodga faol jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatrning badiiy-rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroylari)ning ma’muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarining uchinchi guruhi, ijodiy (artist) xodimlari mehnatiga haq to‘lash esa — ushbu qaror bilan tasdiqlangan Teatrlar artist xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarining drama teatri xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatr faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, chipta sotish va pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-iyundagi 356-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muntazam ravishda tajribali teatr ijodkorlari va mutaxassislarini jalb etgan holda Teatr ijodiy jamoasiga muassasa faoliyatini yo‘lga qo‘yish, moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, shu jumladan repertuarlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirish, spektakllarning ta’sirchanligini kuchaytirish yuzasidan uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ilovaning “Toshkent shahri” kichik bo‘limiga “Turon” harbiy teatri davlat muassasasi” so‘zlari qo‘shilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 09/19/370/3063-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)