LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Respublikaning tijorat banklariga xususiy tadbirkorlik tuzilmalariga ularning arizalari va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari asosida uch kun muddatda hisob-kitob schyotlarini ochish tavsiya etilsin.
4. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korporatsiyalar bilan birgalikda tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga ularning buyurtmanomalariga binoan respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan xomashyo va materiallarni odatda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi yarmarka, Respublika tovar-xomashyo birjasi hamda “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasining boshqa ulgurji-vositachilik tuzilmalari orqali shartnomaviy asosda sotilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-oktabrdagi 376-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaning hududiy bo‘limlarini shakllantirishda, ijaraga berish yoki sotish yo‘li bilan zarur xonalar ajratilishiga hamda ularning unumli ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishda har tomonlama ko‘maklashsinlar.
7. Toshkent shahar hokimligi (To‘laganov) Respublika ko‘chmas mulk va fond birjalarini joylashtirish uchun Pravda Vostoka ko‘chasi, 10-uyda joylashgan sobiq Sverdlov nomidagi konsert zali binosini ajratsin.
Davlat mulki qo‘mitasi (Fofurov), “O‘zsuvqurilish” davlat konserni (Rakitin) ko‘rsatib o‘tilgan binoni rekonstruksiya qilishni nihoyasiga yetkazsinlar.
8. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlariga yuklansin.
1. Xususiy tadbirkorlik — bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
Faoliyatni yollanma mehnatni jalb qilgan holda amalga oshirayotgan xususiy tadbirkor yuridik shaxs sifatida ish ko‘radi va korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yollanma mehnatdan foydalanmaydigan xususiy tadbirkor (yakka tadbirkorlik) o‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil qilmay amalga oshirishga haqlidir.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
2. Xususiy tadbirkorning mulki davlat, kooperativ yoki boshqa korxonaning barcha mulki yoki uning bir qismi fuqaro mulkiga o‘tishi yoki u tomonidan xarid qilinishi, ijaradagi mulk sotib olinishi yoki u qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullarda qo‘lga kiritilishi asosida yuzaga keladi.
3. Tadbirkorning xususiy mulkiga asoslangan korxona O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq faoliyat yurituvchi xususiy korxona hisoblanadi. O‘zining tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra xususiy korxona unitar korxona hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Ushbu Nizom xorijiy fuqarolar ishtirokidagi xususiy korxonalarni tashkil qilish, ularning faoliyati hamda ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga tatbiq etiladi.
Mazkur Nizomning amal qilishi dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyat ko‘rsatishi va ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga tatbiq qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida xususiy korxonaning tashkil etilishi, faoliyat ko‘rsatishi va tugatilishining xususiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy asoslari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II-bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
5. Xususiy korxonalar yuridik shaxs hisoblanadilar, mustaqil balansga, muhrga, hisob-kitob schyotiga ega bo‘ladilar.
6. Xususiy korxona o‘zi joylashgan joydagi tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar xokimliklarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
7. Xususiy korxonalar o‘z filiallari, shu’ba korxonalari va vakolatxonalarini tashkil etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
11. Xususiy korxona mulkini asosiy va aylanma mablag‘lar, shuningdek, qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil qiladi.
12. Xususiy korxona egasi o‘z mulkiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmaydigan har qanday harakatni amalga oshirishga haqlidir.
13. Xususiy korxona majburiyatlar bo‘yicha shaxsiy mulk huquqida korxona egasiga tegishli bo‘lgan o‘z mulki bilan javob beradi.
14. Xususiy korxona egasi ishlab chiqarish, tijorat va yuridik mustaqillikka ega bo‘ladi. Korxona egasi xususiy korxonani boshqarishni tashkil etadi.
15. Xususiy korxona o‘z mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ni, ishlab chiqarish chigitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha sotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplangandan, soliqlar, yig‘malar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, shuningdek, kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan so‘ng qoladigan daromadi (foydasi) ularning xohishiga ko‘ra foydalaniladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
17. Faoliyatni xususiy mulk asosida amalga oshirayotgan xususiy tadbirkorlarning daromadlariga mulk egasining shaxsiy daromadi sifatida qaraladi va amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solinadi.
18. Xususiy tadbirkor pul mablag‘larini saqlash va barcha turdagi hisob-kitob, kredit hamda kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun istalgan bankda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochishga haqlidir.
19. Xususiy korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar, ularda firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchining familiyasi, buyumning nomi yoki ramzi, buyumni ifodalovchi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilib, albatta markirovka qilinishi kerak.
20. Xususiy korxona belgilangan shakllar bo‘yicha statistika va buxgalteriya hisobini yuritadi. Xususiy korxona egasi hisobot ma’lumotlarining to‘g‘riligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi,
21. Xususiy korxona faoliyatini tekshirish nazorat organlari tomonidan ularning belgilangan vakolatlari doirasida, shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirish jarayonida nazorat va huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftariga qayd yozuvini kiritadilar.
Xususiy korxonaning faoliyati tekshirilganda tekshiruvchi organlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxonaning tijorat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarning saqlanishiga rioya etilishini va oshkor qilinmasligini ta’minlaydilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
22. Xususiy korxonalar xodimlarni tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilib yozma shaklda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha yollaydilar,
mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash, ijtimoiy va tibbiy sug‘urta hamda ijtimoiy ta’minot tartibi;
24. Xususiy korxona O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga, korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilashga, mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyenasi talablariga rioya qilinishini ta’minlashga majburdir.
26. Yollanib ishlayotgan shaxslar mehnatiga shartnoma yoki kontraktda ko‘rsatib o‘tilgan haq to‘lash davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
27. Xususiy tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijtimoiy va tibbiy sug‘urta hamda ijtimoiy ta’minot jamg‘armalariga majburiy ajratmalar ajratadi.
28. Xususiy korxonalarda mehnatga oid nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Xususiy korxona mol-mulk egasining qaroriga ko‘ra yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning (xo‘jalik sudining) qarori bilan tugatiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
30. Shaxsiy korxona davlat ro‘yxatiga olish reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.
31. Mablag‘larning budjet va tashkilotlar, tugatilgan shaxsiy korxona xodimlaridan qarzlar belgilangan tartibda to‘langandan so‘ng qolgan qismi korxona egasiga tegishli bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Yakka tartibdagi tadbirkorlik xususiy tadbirkorlik shakllaridan biri hisoblanadi va jismoniy shaxs tomonidan yuridik shaxs bo‘lmasdan amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan jismoniy shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mazkur shaxs doimiy istiqomat qiluvchi tuman, shahar, shahardagi tuman hokimligi tomonidan ariza hamda tegishli hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan hollarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch kun ichida bu to‘g‘rida jismoniy shaxsga yozma ravishda xabar berishi shart. Agar belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilmagan yoki tadbirkor asossiz deb hisoblagan sabablarga ko‘ra rad etilgan bo‘lsa, tadbirkor sudga murojaat qilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) noqonuniy deb topilgan hollarda ular tadbirkorga ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlariga rioya etilmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyon o‘rnini qoplaydilar.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Davlat xususiy tadbirkorning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini kafolatlaydi, erkin halol raqobat uchun sharoit yaratadi, moddiy-ashyoviy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa resurslarni olishda, bu resurslar bozorining monopoliya qilinishiga yo‘l qo‘ymay, teng imkoniyatlarni ta’minlaydi.
37. Agar davlat yoki boshqa organ tomonidan uning vakolatiga yoki qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan hujjat chiqarilishi natijasida xususiy tadbirkorning huquqi buzilsa, u bunday hujjatni qonuniy kuchga ega emas deb e’tirof etish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Xususiy tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar, zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq miqdorda, boy berilgan foydani ham qo‘shib hisoblagan holda qoplanadi. Qonun zarar o‘rnini qoplash majburiyatini zararni yetkazuvchi hisoblanmaydigan shaxs zimmasiga yuklashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlik subyektiga davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida yetkazilgan zarar, sud qaroriga asosan, mazkur organlar mansabdor shaxslarining aybidan qat’i nazar, qoplanadi.
Xususiy tadbirkorlik subyektiga davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zarar sud qaroriga asosan qoplanadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)