O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoni)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-sonli “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-mart,
261-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2019-y., 09/19/261/2854-son)