O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni va xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi va Qizilqum kon-texnika inspeksiyasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash tegishli ravishda “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DK mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi va Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi xodimlari tarkibi tegishli ravishda “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKning shtatdagi xodimlari soniga kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari nazorat tarmog‘iga qarab nazorat ostidagi obyektlarga biriktiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarining mehnat sharoitlari bo‘yicha kafolatlar va preferensiyalar nazorat ostidagi obyektlarda mehnat sharoitlari va uskunalarning jarohat yetkazishi xavfi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalariga muvofiq belgilanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohasida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishi va nazorat qilinishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, qisqartirilgan nomi — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi;
to‘liq nomi — Gosudarstvenniy komitet promishlennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Goskomprombez;
to‘liq nomi — “The State committee on industrial safety of the Republic of Uzbekistan”; qisqartirilgan nomi — The State committee on industrial safety (SCIS).
7. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, M-14, 27-uy.
viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalar (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);
9. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub xo‘jalik hisobidagi tashkilotlari sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi va tartibga solishning yagona tizimni tashkil etadi.
Hududiy boshqarmalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.
atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ishni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash borasida respublikada yoqilg‘i-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza qilishni tashkil etish;
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 226-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/226/0438-son)
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli bo‘lgan xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish.
11. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ishni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish sohasida:
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qo‘llaniladigan ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar va texnik qurilmalar ro‘yxatini belgilaydi va tasdiqlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini rivojlantirishni, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani o‘tkazishni, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni litsenziyalash tizimini tashkil etadi;
(11-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 226-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/226/0438-son)
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bog‘lari attraksionlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni sertifikatlashni tashkil etadi;
o‘z vakolatlari doirasida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining davlat hisobi va nazoratini, ularning milliy reyestri yuritilishini ta’minlaydi;
Radiatsiya avariyalarida prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va munosabat bildirish yagona davlat tizimi mavjud bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etadi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida xavfli ishlab chiqarish obyektlari hisobini, shuningdek, ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar reyestrini yuritadi;
avariya holatining va ishlab chiqarish jarohatining oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga, yer qa’ridan xavfsiz foydalanish talablariga rioya qilish zarurligi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib boradi;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi;
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorat ostidagi obyektlarida avariyalar, ishlab chiqarishda mayib bo‘lish, portlovchi moddalar yo‘qolishi hollarining sabablarini belgilangan tartibda surishtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga atom energiyasidan foydalanish chog‘idagi xavfsizlik masalalari yuzasidan axborot beradi;
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 226-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/226/0438-son)
b) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish sohasida:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, geologiya-qidiruv va kon ishlarini olib borishning xavfsizligi va uglevodorod xomashyoli yer qa’rini muhofaza qilish sohasida, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari davlat komissiyasining zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan sanoat xavfsizligi bo‘yicha qarorlari va xulosalari bajarilishini nazorat qiladi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan bug‘ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bug‘ va issiq suv uchun suv quvurlarini hamda ko‘tarish inshootlarini, shuningdek, istirohat bog‘laridagi attraksionlarni ro‘yxatga oladi;
Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismini operativ boshqaradi va metodik rahbarlik qiladi, shuningdek, kon favvoralariga qarshi kurashish, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlari korxonalari, bo‘linmalarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni lokalizatsiya qilish va oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi;
nazorat ostidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyalari tarkibida ishtirok etish uchun o‘z vakillarini tayinlaydi, ushbu obyektlarda foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga tashkilotlarning tayyorligini, shuningdek, nazorat ostidagi obyektlarda avariyalar va ishlab chiqarish jarohatining oldini olish tadbirlari ishlab chiqilishi va o‘tkazilishini nazorat qiladi;
istirohat bog‘lari attraksionlarini foydalanishga tayyorlash va ularni qabul qilish ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari ishlab chiqilishi va taqdim etilishining to‘g‘riligi monitoringini olib boradi;
ishlab turgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini deklaratsiyalashni nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazorati va tekshiruvini hamda atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
avariyaga oid tashqi rejani ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda davlat boshqaruvi organlarining va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi ustidan davlat nazoratini ta’minlaydi;
(11-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 226-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/226/0438-son)
v) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash borasida respublikada yoqilg‘i-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha strategik reja va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash yuzasidan yoqilg‘i-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalar va dasturlarga takliflarni ishlab chiqadi;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash yuzasidan yoqilg‘i-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash ishlari olib borilishini nazorat qiladi;
radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash yuzasidan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida davlat maqsadli dasturlari ishlab chiqilishi, ko‘rib chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;
g) atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan ishlarning ayrim turlariga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;
foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishda ishlarni bexatar olib borish bo‘yicha texnik yechimlar yuzasidan geologiya-qidiruv ishlari, kon qazuvchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik loyihalari, kon ishlari rejalarini kelishadi;
neft-gaz quduqlarini foydalanishga berish dalolatnomalarini, ularni tugatish va konservatsiya qilish dalolatnomalarini kelishadi;
ishlarning alohida mas’ul texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni yuritish bo‘yicha ish rejalarini kelishadi;
nazorat ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi yuzasidan xorijiy texnologiyalar va uskunalarni qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida ekspert xulosani ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq xavfli yuklar va portlovchi moddalar tranzitida xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, shuningdek boshqa yuridik shaxs tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan majburiy talablarga, litsenziya shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
(11-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 226-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/226/0438-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlarinnng va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza qilishni tashkil etish sohasida:
(11-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 226-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/226/0438-son)
sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazadi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat turlari xavfsizligi ekspertizasini (xavfsizlikni asoslash ekspertizasini) tashkil etadi;
e) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlarini ekspluatatsiya qilish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish sohasida:
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida texnik jihatdan tartibga solish, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va qabul qiladi;
radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida, yadro qurilmalarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, yadro materiallarini, radioaktiv moddalar punktlarini va radioaktiv chiqindilar omborlarini fizik himoya qilish sohasida talablarni belgilaydigan normalar va qoidalar ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlaydi;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish talablari mavjud bo‘lgan normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishadi;
foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha korxonalar, obyektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi shart bo‘lgan texnik talablarni (foydali qazilmalar konlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan kon ishlanmalarini saqlab qolish yuzasidan) belgilaydi;
j) xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli bo‘lgan xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash sohasida:
sanoatda, kon nazoratida, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlarda ishlarni xavfsiz olib borish ustidan nazorat qilish sohasida xalqaro hamkorlik qiladi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa qiladi;
atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharli qurol-yarog‘ni taqiqlash, shuningdek, kimyoviy, biologik, radiologik va yadro materiallarining ta’siri xavfini pasaytirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi;
z) texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish sohasida:
sanoat xavfsizligi sohasida xodimlarning malakasini tizimli asosda oshiradi, shuningdek, texnika va texnologiyalarni dinamik rivojlantirishni hisobga olgan holda radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida mutaxassislar tayyorlashni tashkil etadi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida atom energetikasi obyektlari, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish bo‘yicha xodimlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarni tekshirish) tartibini tasdiqlaydi;
kon, portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga tayyorlashni va o‘qitishni tashkil etadi va amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda portlatuvchining yagona daftarchalari berilishini tashkil etadi;
istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda xodimlarning malakasi oshirilishini tashkil etadi va ularning bilimlarini tekshirishda ishtirok etadi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda o‘zining tarkibiy bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.
1) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;
2) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilishni tashkil etish;
3) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha kompleks davlat dasturlari va tarmoq dasturlari, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, qabul qilish uchun belgilangan tartibda kelishish va ularning bajarilishini tashkil etish;
4) radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
5) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi, uglevodorod xomashyo qa’ridan foydalanish va ularni qo‘riqlash masalalari bo‘yicha, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
6) sanoat, radiatsiya xavfsizligi, atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish, ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan boshqa sohalarda ishlarini tashkil etish;
7) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
8) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalarining yuklangan vazifalarni ijro etish yuzasidan boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish;
9) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimi uchun oliy, kasb-hunar ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlash, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ular mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
10) nazorat ostidagi obyektlarda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
ko‘mir, kon-ruda va noruda, kimyo, metallurgiya, neft-gaz qazib olish, neft-gazni qayta ishlash sanoatida, geologiya-qidiruv ishlarida, magistral neft va gaz quvurlarida, ishlab chiqarish siklida gazdan foydalanishda, portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan obyektlarda, shu jumladan, donni saqlash va qayta ishlash obyektlarida, yer osti transporti va gidrotexnika qurilishini olib borishda, xavfi yuqori bo‘lgan qurilish obyektlarida va portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan obyektlarda;
sanoat portlovchi moddalari va portlatish vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olishda;
magistral neft va gaz quvurlarini, shaharlar va aholi punktlari gaz bilan ta’minlash tizimlarini, shuningdek, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan (propan-butan) gazlarini tashish, saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq obyektlarda loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ta’mirlashda;
uglevodorod xomashyo qa’ridan foydalanishda va uni muhofaza qilishda, ularni izlashda, neft va gaz quduqlarini burg‘ulashda, ularni sinab ko‘rishda va foydalanishga tayyorlashda;
portlash va yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan nazorat ostidagi ishlab chiqarishlar va obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashda;
radioaktiv materiallar va rudalarni (vakolati bo‘yicha), ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud bo‘lgan buyumlarni tashish, saqlash, foydalanish, ko‘mish, qazib olish, qayta ishlash va hisobga olishda, yadro obyektlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va foydalanishdan chiqarishda, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yoki ularni oluvchi obyektlardan foydalanishda;
ko‘tarish inshootlarini, bug‘ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bug‘ va issiq suv uchun suv quvurlarini, shuningdek, boshqa nazorat ostidagi obyektlarni tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishda;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishi va atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshirishda davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi.
14. Markaziy apparat unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;
2) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi ustidan tizimli nazorat qilish;
3) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida puxta ishlab chiqilishini tashkil qilish;
4) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va faoliyati ustidan nazorat qilish;
5) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish sohasida huquqiy ta’minlash;
6) operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalarini va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatlariga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni hal etish;
8) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hay’ati (keyingi o‘rinlarda hay’at deb ataladi) majlislarini tashkil etish, majlislarga, shu jumladan, hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot-tahliliy va hisobot materiallarini tayyorlash;
9) foydali qazilmalarni qazib olish korxonalari, obyektlarini tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi majburiy bo‘lgan texnik talablarni (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilma konlaridan foydalanishda yer qa’rini muhofaza qilish va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan kon qazilmalarini saqlash yuzasidan) belgilash;
10) nazorat ostidagi obyektlar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish ishlarini xavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha profilaktik ishlar olib borish;
12) radioaktiv chiqindilarni saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va ko‘mishda radiatsiya va yadro xavfsizligini ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
13) daryolarning o‘zanini tozalash va ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlari xavfsiz olib borilishi ustidan belgilangan tartibda tizimli nazoratni amalga oshirish;
14) korxonalar, Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi, favvoraga qarshi gaz-qutqaruv va avariya-dispetcherlik xizmatlarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni tugatishga va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorligini nazorat qilish, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarning joylashishi sxemalarini kelishish;
15) xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq obyektlarning xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish;
16) nazorat ostidagi korxonalarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha ishchi va davlat komissiyalarining tarkibida ishtirok etish, ushbu obyektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
17) respublika darajasida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining davlat hisobi va nazoratini tashkil etish, ularning milliy reyestrini yuritish;
18) bug‘ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bug‘ va issiq suv uchun suv quvurlarini, ko‘tarish inshootlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazilgan uskuna reyestrini yuritish;
19) yer qa’ridan foydalanishda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, ishlarni olib borish xavfsizligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ texnik hujjatlarni ishlab chiqish, sanoat xavfsizligi sohasida va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha ekspert tashkilotlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish;
20) o‘z vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlariga litsenziya berish uchun takliflarni ko‘rib chiqish va tayyorlash;
21) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan ishlarining ayrim turlariga belgilangan tartibda ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish va bekor qilish uchun xulosalar tayyorlash;
22) yer qa’ridan foydalanishda, uglevodorod xomashyo foydali qazilmalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, ishlarni xavfsiz yuritish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar dasturlarini va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha dasturlarni shakllantirish va kelishishda ishtirok etish;
23) markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining mehnat intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishi ustidan nazorat qilish;
24) hay’at qarorlari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari uning tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan ijro etilishini nazorat qilish;
25) tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bo‘yicha zarur axborotni tayyorlash va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbariyatiga taqdim etish;
26) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, putur yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari va boshqa shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
27) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotning va natijalarning maxfiyligini ta’minlash;
30) o‘zining rasmiy veb-saytida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyati to‘g‘risidagi axborotni belgilangan tartibda joylashtirish.
15. Quyidagilar hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
2) o‘z vakolatlari doirasida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
3) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda davlat nazoratini amalga oshirish.
16. Hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
1) foydali qazilmalarni qazib olish korxonalari, obyektlarini tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi majburiy bo‘lgan texnik talablarni (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilma konlaridan foydalanishda yer qa’rini muhofaza qilish va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan kon qazilmalarini saqlash yuzasidan) belgilashda ishtirok etish;
2) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda, shuningdek, geologiya-qidiruv ishlari, yer qa’ridan xavfsiz foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash, burg‘ulash-portlatish ishlari, sanoatda ishlatiladigan portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni xavfsiz olib borish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
3) o‘z vakolatlari doirasida faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya talabgoridagi mavjud shart-sharoitlar va talablarni joyning o‘ziga chiqib tekshiradi;
4) hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalari vakolatiga kiradigan ishlarning ayrim turlariga ruxsatnomalar beradi, berish uchun takliflar tayyorlaydi va ruxsatnomalarni belgilangan tartibda bekor qiladi;
5) neft-gaz quduqlarini qabul qilish va foydalanish uchun berish, tugatish va konservatsiya qilish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
6) ishlarning alohida mas’ul texnologik bosqichlarini va texnologik reglamentlarni yuritish bo‘yicha ishlar rejalarini ko‘rib chiqish va kelishishda ishtirok etadi;
7) texnogen zonalarning davlat kadastri yuritilishi, shuningdek, texnogen xavfliligi yuqori bo‘lgan zonalar to‘g‘risidagi axborotning to‘planishi, tahlil qilinishi, hisobga olinishi va yangilanishi ustidan nazorat qiladi;
17. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga egadir:
1) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;
2) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
3) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so‘rash va olish;
4) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
5) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bepul foydalanish huquqi bilan berish;
6) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining, uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar ular tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
7) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ko‘rib chiqish uchun kiritish;
8) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni tuzish;
9) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
11) xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi, radiatsiya va yadro xavfsizligi, shuningdek, yer qa’ridan foydalanishda, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish talablariga rioya qilish holati ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish (tekshirish);
12) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablari buzilgan holda olib borilayotgan yoki avariyalarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish, shuningdek, odamlarning hayotiga xavf tug‘ilganda yoki avariya vaziyatlarida odamlarni ish o‘rinlaridan chiqarish;
13) o‘z vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslarini va jismoniy shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish;
14) nazorat ostidagi korxonalarning, shuningdek, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorati ostidagi obyektlarga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, uglevodorod xomashyo qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ijro etish majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
15) nazorat ostidagi ishlab chiqarishlar uchun xodimlar tayyorlash bo‘yicha kurslar, shuningdek, kon ishlari va portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurslarni tashkil etish, alohida xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga tegishli guvohnomalar, portlatuvchining yagona daftarchalarini berish;
16) nazorat ostidagi obyektlarda xodimlarning xavfsizlik qoidalari va normalarini, texnologik reglamentlarni, xodimlarning mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni bilishini tekshirish, nazorat ostidagi korxonalarning rahbarlari va xodimlarining, shu jumladan, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi xodimlarning sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi va yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish qoidalari va normalarini bilishini tekshirishda;
17) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatuvchi tashkilotlarning rahbarlari hisobotlarini eshitish;
18) sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish huquqiga akkreditatsiya attestatini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish, amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish;
19) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish, amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash;
20) ruxsat beruvchi tusdagi hujjatning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish va to‘xtatish, bekor qilish;
21) sanoat xavfsizligi ekspertizasining qonun hujjatlari buzilgan holda tayyorlangan xulosalarini haqiqiy emas deb e’tirof etish;
22) sanoat xavfsizligi sohasida ekspert guvohnomalarini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish, amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish;
23) sanoat xavfsizligi sohasida akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari faoliyatini inspeksion nazorat qilish;
24) nazorat ostidagi obyektlar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslarning mehnat shartnomasini to‘xtatish, intizomiy jazo berish yoki ishlarga texnik rahbarlik qilish huquqidan bir yilgacha bo‘lgan muddatda mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
25) ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hisobga olish va nazorat qilish tizimini yaratish, ishlashi, metodik ta’minlanishi va takomillashtirilishi bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazish;
26) aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
27) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha avariyalarning, ishlab chiqarish jarohati holatlarining, portlovchi moddalar yo‘qolishining holatlari va sabablarini belgilangan tartibda surishtirish va surishtirish natijalari bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
28) zarurat bo‘lganda tashkilotlar tomonidan uskunalar va materiallarni nazorat tartibida sinashni, ishchi va atrof tabiiy muhit tahlilini, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini tayinlash;
29) tayyorlovchi zavodlarda va ta’mirlash korxonalarida sanoatning nazorat ostidagi tarmoqlari uchun uskunalarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish, ularning sanoat, radiatsiya xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalari talablariga va tasdiqlangan loyiha yechimlariga muvofiq bo‘lmagan hollarda ishlab chiqarilishini to‘xtatib qo‘yish va qo‘llanilishini taqiqlash;
30) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlardan zarur axborotni olish;
31) mansabdor va jismoniy shaxslarda ishlarga texnik rahbarlik qilish va ularni bajarish huquqini beradigan tegishli hujjatlar mavjudligini, xavfliligi yuqoriligi bilan bog‘liq ishlar uchun maxsus belgilangan talablarga rioya qilinishini tekshirish;
32) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar bilan kelishuv bo‘yicha ularning mutaxassislarini ishlab chiqarishlarning, obyektlar va ishlarning xavfsizligi bilan bog‘liq mustaqil ekspertizalar va ishlanmalar o‘tkazish uchun shartnoma asosida jalb etish.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining davlat inspektorlari tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishida nazorat ostidagi obyektlar ularni xizmat xonalari, aloqa vositalari, navbatchi maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari, transport bilan ta’minlaydilar, hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalarining ularga doimiy biriktirilgan inspektorlariga esa kommunal xizmatlar ko‘rsatiladigan va telefon aloqasi bor bo‘lgan idoraviy turar joy berilishida ko‘maklashadilar, shuningdek, idoraviy bolalar maktabgacha va sanatoriya-kurort muassasalaridan joy beradilar, tibbiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy-maishiy ta’minlash masalalarini hal etadilar;
1) yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish ishlarini olib borishning xavfsizligi, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
3) yer qa’ridan foydalanishda ishlarning xavfsizligini, sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ko‘rsatib o‘tilgan sohada hududlarning muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirilishi;
4) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash.
1) masalalarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, markaziy apparatda ko‘rib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlardan so‘rash va olish;
2) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta ishlash, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
3) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
4) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
5) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorat ostidagi obyektlari va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklangan masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
6) normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning rahbariyatining topshiriqlari hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish huquqiga ega.
1) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini ta’minlash;
2) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan o‘tkazilishi;
3) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, uglevodorod xomashyo qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan sohada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish;
4) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash;
21. Hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
1) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
2) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
3) xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi, radiatsiya va yadro xavfsizligi, shuningdek, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish talablariga rioya etilishi holati ustidan nazorat qilish;
4) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablari buzilgan holda yoki avariyalarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan holda olib borilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish, shuningdek, odamlarning hayotiga xavf tug‘ilganda yoki avariya vaziyatlarida ularni ish o‘rinlaridan olib chiqish;
5) o‘z vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish;
6) nazorat ostidagi korxonalarning, shuningdek, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorati ostidagi obyektlarga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga sanoat va radiatsiya, uglevodorod xomashyo qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ijro etish majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
7) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablari buzilishi holatlari aniqlanganda, odamlarning hayotiga xavf tug‘ilganda va texnogen avariyalarda ishlab chiqarishlar, uskunalar, texnik qurilmalar ishini to‘xtatib qo‘yish, shuningdek, odamlarning hayotiga xavf tug‘ilganda yoki avariya vaziyatlarida ularni ish o‘rinlaridan olib chiqish;
8) nazorat ostidagi obyektlar uchun xodimlar tayyorlash bo‘yicha kurslarni, shuningdek, kon va portlatish ishlarini mas’uliyatli yuritish huquqi uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurslarni tashkil etish, alohida xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslardan imtihonlar qabul qilish va tegishli guvohnomalar berish;
9) nazorat ostidagi obyektlarda xodimlar mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha xavfsizlik qoidalari va normalarini, texnologik reglamentlarni, yo‘riqnomalarni bilishni tekshirish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi va yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish qoidalari va normalarini nazorat ostidagi tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari, shu jumladan, sanoat xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi rahbarlar va xodimlarning bilimlarini tekshirishda ishtirok etish;
10) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatayotgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
11) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalarning (ruxsat beruvchi tusdagi hujjatning) amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish yoki litsenziyalarni (ruxsat beruvchi tusdagi hujjatni) belgilangan tartibda bekor qilish uchun takliflar tayyorlash va markaziy apparatga taqdim etish;
12) aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
13) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha avariyalarning, ishlab chiqarish jarohati holatlarining, portlovchi moddalar yo‘qolishining holatlari va sabablarini belgilangan tartibda surishtirish va surishtirish natijalari bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
14) zarurat bo‘lganda tashkilotlar tomonidan uskunalar va materiallarning nazorat sinovlarini o‘tkazishni, ishchi va atrof tabiiy muhit tahlillarini, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini tayinlash;
15) mansabdor va jismoniy shaxslarda ishlarga texnik rahbarlik qilish va ularni bajarish xavflilik yuqoriligi bilan bog‘liq ishlar uchun maxsus belgilangan talablarga rioya qilish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar mavjudligini tekshirish;
16) bug‘ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini va ko‘tarish inshootlarini, kon qazuvchi va qayta ishlovchi uskunalarni, maydalash qurilmalarni, kon-transport texnikasini, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlarini ro‘yxatdan o‘tkazish.
Hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
2) o‘tkaziladigan nazorat-profilaktika tadbirlarining, shuningdek, hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
3) bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar, noxush va baxtsiz hodisalarning oldini olish, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlashni, aniqlangan muammolar va kamchiliklarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida uglevodorod xomashyo yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
4) sanoat, radiatsiya xavfsizligini ta’minlash, uglevodorod xomashyo yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi;
5) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini va ularning himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.
23. Quyidagilar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida, radiatsiyaviy xavfli obyektlarda va atom energiyasidan foydalanish obyektlarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar, noxush va baxtsiz hodisalardan ogohlantirish va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
5) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
8) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
10) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimida xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
12) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, uglevodorod xomashyo yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida puxta ishlanishi va himoya qilinishida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
13) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
14) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ-huquqiy va normativ hujjatlarni qabul qilish, zarurat bo‘lganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar qabul qilish;
15) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qo‘yish);
16) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
17) o‘z o‘rinbosarlari hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, hay’at majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
18) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
19) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
21) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hamda uning tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
22) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
25) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
26) markaziy apparat va hududiy boshqarmalar tuzilmasiga zarurat bo‘lganda boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatdagi soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
27) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni (ustavlarni) belgilangan tartibda tasdiqlash, Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risidagi nizom bundan mustasno;
28) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalarning xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
29) Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismining avariyalar ichidagi odamlarni qutqarishga, yuzaga kelayotgan avariyalarni lokalizatsiya qilish va oqibatlarini bartaraf etishga va korxonalarda avariya-texnik ishlarni bajarishga tayyorligini ta’minlash bo‘yicha Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shtabi ustidan nazorat qilishni tashkil etish;
30) ushbu Nizomda belgilangan, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida barcha yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya qilishi ustidan davlat nazoratini yanada ta’minlash bo‘yicha Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
31) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini moddiy-texnik jihozlashni yaxshilash ishlarini amalga oshirish;
32) mehnat va ijro intizomini oshirish, kadrlar joy-joyiga qo‘yilishini ta’minlash, shuningdek, xodimlarga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ularning shaxsiy mas’uliyati bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish;
33) O‘zbekiston Respublikasi hududida atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni litsenziyalash maqsadida ekspertiza bo‘yicha ishlarni bajarish uchun xorijiy ixtisoslashtirilgan institutlar va kompaniyalarni, shuningdek, xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish.
24. Quyidagilar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
3) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining yarim yillik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlari muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
8) hay’at qarorlari, raisning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha raisga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini tashkil etish, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda raisning topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
11) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;
12) xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, hay’at majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
14) faoliyat sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni raisga kiritish;
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni raisga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish;
16) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
17) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni raisga kiritish;
19) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
22) ushbu Nizomda belgilangan, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya qilishi ustidan davlat nazoratini yanada ta’minlash bo‘yicha Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
23) ijro intizomining holatini, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha har haftada apparat yig‘ilishlarini o‘tkazish;
25. Quyidagilar markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida nazorat-profilaktik ishlar va boshqa tadbirlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda baxtsiz hodisalar va avariyalarning oldini olishga va ularni qisqartirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishi bo‘yicha takliflarni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
6) hay’at qarorlari, rais va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
7) tarkibiy bo‘linmalarning yarim yillik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun raisga kiritish;
10) tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda rais o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash;
12) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
13) xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
14) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
15) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
20) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
26. Quyidagilar hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilish va nazorat qilish, ushbu tarkibiy bo‘linmalarga qonun hujjatlari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining qarorlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar, noxush va baxtsiz hodisalardan ogohlantirish va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun o‘z xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
5) hay’at qarorlari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
6) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
7) o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlari va vazifalarini belgilash, hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
8) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar, shuningdek, o‘z o‘rinbosarlarining faoliyati rejalashtirilishini hamda yarim yillik ish rejalari tasdiqlanishini tashkil etish, ular bajarilishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlash;
9) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbariyati nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalizmi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash;
11) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarda bundan keyin bo‘lishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
12) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Odob axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;
13) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida nazorat-profilaktika ishlari va boshqa tadbirlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbariyatiga kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda noxush hodisalar va avariyalarning oldini olish va ularni qisqartirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishi bo‘yicha takliflar kiritish;
15) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
16) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;
17) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
19) hududiy boshqarmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;
20) davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
2) ushbu Nizomda nazarda tutilgan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomda belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
1) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomda nazarda tutilgan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomda belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
2) ushbu Nizomda nazarda tutilgan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati javobgarlik sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomda belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
30. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlari:
1) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomda nazarda tutilgan hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarning javobgarligi sohalari bo‘yicha;
3) ushbu Nizomda belgilangan o‘z funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
31. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Raisning ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Rais maqomi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga va vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
33. Rais bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni (ustavlarni) belgilangan tartibda tasdiqlaydi, Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risidagi nizom bundan mustasno;
35. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
36. Markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
2) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
3) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, natijalarni umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;
5) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
6) hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
8) avariyalar, ishlab chiqarish jarohatlari hollari, portlovchi materiallar yo‘qolishi holatlari va sabablari surishtirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi.
37. Hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
2) faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
3) ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
4) o‘z ishi natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda markaziy apparatga taqdim etadi;
5) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash yuzasidan yoqilg‘i-energetika kompleksini va sanoatning bazaviy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan takliflarni markaziy apparatga yuboradi;
6) vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
38. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar raisning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u bo‘yicha qaror bevosita rais tomonidan qabul qilinadi.
39. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
40. Hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va idoraviy mansub tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
41. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mutasaddilik qilinadi.
42. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek, faoliyatning asosiy yo‘nalishlariga mutasaddilik qiluvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi raisning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
texnik jihatdan tartibga solish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kon nazorati sohasida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, kon nazorati sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslarning rioya qilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash bo‘yicha ushbu Nizomda belgilab berilgan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ular o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
Hay’at Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
44. Hay’at yig‘ilishlariga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishlari mumkin.
45. Hay’at, agar uning yig‘ilishida hay’at a’zolari tarkibining yarmidan ortig‘i ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qaror oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
46. Hay’at qarorlari raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuz bergan taqdirda rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda qarorni mustaqil qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
47. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
48. Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Angren kon-texnika inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari, faoliyat ixtisosligi bo‘yicha, shu jumladan, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlariga taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
49. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va rag‘batlantiruvchi tusdagi qo‘shimcha haqlar rais tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq to‘lanadi.
50. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.
51. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlariga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun quyidagicha ustamalar to‘lanadi: 3 yildan 5 yilgacha lavozim maoshining 20 foizi miqdorida; 5 yildan 10 yilgacha — 35 foizi; 10 yildan 15 yilgacha — 50 foizi; 15 yil va undan yuqori — 60 foizi miqdorida.
52. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining faoliyat samaradorligining eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlagan xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ular lavozim maoshlarining ikki baravari miqdorida shaxsiy ustamalar belgilanadi.
53. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining tegishli mintaqalarida joylashgan nazorat ostidagi tashkilotlar xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlariga muvofiq ustamalar to‘lanadi.
54. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining inspektorlar tarkibiga va xodimlariga farqlash belgilari bo‘lgan formali kiyim-bosh va yagona namunadagi guvohnoma belgilangan tartibda beriladi.
55. Rais Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
56. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bo‘linmasi rahbari Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbarlari tomonidan ularga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatiga xolisona baho beradi.
57. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
58. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 29-maydagi 114-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 25-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 11-maydagi 131-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 33-modda).