Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 04.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
3. 2019 — 2021-yillarda Jamg‘arma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish dasturlari bo‘yicha o‘qishga yuboriladigan kadrlarning prognoz miqdori 3-ilovaga muvofiq 4 000 o‘rindan kam bo‘lmagan miqdorda, Jamg‘arma stipendiyalariga ajratilgan umumiy o‘rinlarning 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini magistratura va doktoranturada o‘qish uchun ajratilishi ma’qullansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentabrdagi PF-5545-son Farmonida ko‘zda tutilgan manbalar bilan bir qatorda Jamg‘armaning xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish qismi bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbasi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish
shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Jamg‘arma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni tashkil etish va uni o‘tkazish

1.

Ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari, shu jumladan mamlakat hududlarining kadrlarni xorijda o‘qitishga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish va buyurtmalar portfelini shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-fevralga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Mutaxassisliklarni ko‘rsatgan holda Jamg‘arma stipendiyalarini ajratish yo‘nalishlari bo‘yicha kvotalarni tasdiqlash va saralash tanloviga hujjatlar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon berish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 15-fevralga qadar

Jamg‘armaning Vasiylik kengashi (A. Abduxakimov)

3.

Stipendiatlarni xorijiy tillar, xalqaro protokol va etiket bo‘yicha dastlabki tayyorlashni tashkil etish.

Idoralararo hujjat

2019-yil 15-fevralga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (R. Qosimov)

4.

Stipendiyalarni ajratish yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan o‘rinlarni hisobga olgan holda Jamg‘arma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil fevral-mart

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (R. Qosimov)

5.

Jamg‘armaning stipendiyalari g‘oliblari haqidagi ma’lumotlarni vazirliklar va idoralar kesimida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil mart

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov),
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

6.

“Blokcheyn” texnologiyasi bo‘yicha stipendiyali dasturlarning hamkor-ishtirokchilari bilan birgalikda Jamg‘armaning innovatsion intranetini (lokal muloqot tizimi) ishlab chiqish va joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-sentabrga

qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

7.

Xorijda ta’lim olgan mutaxassislar to‘g‘risidagi axborotlardan ochiq foydalanishni ta’minlash maqsadida Jamg‘armaning stipendiyali dasturlari bitiruvchilarining elektron reyestrini ishlab chiqish.

Elektron

reyestr

2019-yil 1-oktabrga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

8.

Elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali Jamg‘arman�ng maqsad va vazifalari, Jamg‘arma yordamida xorijda tahsil olishning imkoniyatlari haqida jamoatchilik va tashkilotlarga keng tushuntirishlar berish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-oktabrga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

II. Xorijda yashaydigan katta tajriba va ilg‘or bilimga ega bo‘lgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish

9.

Etakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, xorijda yashaydigan vatandoshlarni jalb qilish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida mamlakatimizda katta ehtiyoj sezilayotgan mutaxassisliklar ro‘yxatini shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-fevralga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Xorijdagi vatandoshlarimiz to‘g‘risida elektron katalog (reyestrni) yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan katta ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlar, olimlar, ekspertlar, tadbirkorlar, yuqori malakali mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotlarni Jamg‘armaga taqdim etish.

Idoralararo
ishchi guruhi

2019-yil 1-martga qadar

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

11.

Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga, o‘zi istiqomat qilinayotgan mamlakat qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda ko‘maklashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tashqi ishlar vazirining buyrug‘i

2019-yil 1-mayga qadar

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Xorijda yashaydigan vatandoshlarga mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, vatandoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ularni xabardor qilish maqsadida xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan doimiy muloqot qilish uchun virtual makon yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-iyunga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

13.

Xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan birgalikda mamlakatni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning dolzarb mavzular bo‘yicha, shu jumladan masofadan turib anjumanlar, seminarlar va “davra suhbatlari” tashkil qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Vatandoshlarni, ular tarkibidan boy tajriba va o‘zining faoliyati sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishganlarni taklif qilib, xorijda yashaydigan vatandoshlarning xalqaro forumini o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 15-iyunga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar, Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov)

15.

O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan vatandoshlar, xorijiy tadbirkorlar va ekspert-tahlilchilar doiralari ishtirokida xalqaro konferensiya o‘tkazish (Germaniya).

Vazirlar Mahkamasining

qarori

2019-yil 25-oktabrga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Jamg‘armaning stipendiyalarini olish uchun kadrlarni o‘qitish bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga ko‘maklashish

16.

Jamg‘armaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo hujjat

2019-yil 1-martga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (R. Qosimov)

17.

Jamg‘armaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz tillari va boshqalar) o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlar asosida maqsadli kurslarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-apreldan boshlab (doimiy asosda)

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

18.

Respublika hududlaridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari huzurida ma’lumotlarni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni izlash va xorijiy tillarga o‘qitishga ko‘maklashish markazlarini shakllantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 15-aprelga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev)

19.

Oliy ta’lim muassasalariga xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarni shakllantirishda ko‘maklashish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

20.

O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi haqida mahalliy hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatandoshlarning tahliliy materiallari aks etgan jurnal nashr etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil 1-sentabrga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi (A. Burxonov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov),
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. Jamg‘arma faoliyatining samaradorligini oshirish

21.

Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir, nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan Jamg‘armani to‘ldirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-martga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov)

22.

Stipendiatlar, vatandoshlar va yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida masofaviy videokonferensiyalar, internet-forumlar va teleko‘priklarni o‘tkazish uchun Jamg‘armaning videokonferensiya aloqasi studiyasini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-sentabrga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

23.

Jamg‘armaning faoliyati hamda uning dasturlari bo‘yicha xorijda tahsil olish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasida, ayniqsa respublika hududlarida keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularga saralash tanlovlarida ishtirok etish uchun amaliy yordam ko‘rsatish.

Amaliy
chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-martdan boshlab (doimiy asosda)

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov),
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

24.

Vatandoshlar bo‘yicha, yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa muhim ma’lumotlar yuzasidan elektron ma’lumotlar bazalari uchun platforma yaratish orqali Jamg‘armaning saytini takomillashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil 1-martga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

25.

Jamg‘arma stipendiyasining bir nomzodga chegaraviy o‘lchami va uni moliyalashtirish tartibini belgilash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vasiylik kengashining qarori

2019-yil 1-martga qadar

Jamg‘arma (A. Bekmurodov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi