Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2001 02.04.1996 yildagi 130-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISh VAZIRLIGI FAOLIYATINING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzkommunxizmat” agentligi toʻgʻrisidagi nizomni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy gaz taʼminoti boshqarmalari faoliyatiga amaliy rahbarlik qilishni va ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-iyuldagi 371-son qarori bilan tasdiqlangan hududiy kommunal-foydalanish birlashmasining namunaviy tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga mavjud Gaz taʼminoti va gazlashtirish bosh boshqarmasi negizida tugallangan balansli, alohida hisob-kitob schyotiga va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Xoʻjalik hisobidagi gaz taʼminoti va gazlashtirish bosh boshqarmasi tashkil etishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpoqgaz” respublika boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar gaz xoʻjaligi boshqarmalari tugallanmagan balansli tashkilotlar hisoblanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Xoʻjalik hisobidagi gaz taʼminoti va gazlashtirish bosh boshqarmasiga va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga, hududiy kommunal-foydalanish birlashmalariga boʻysunadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik hisobidagi gaz taʼminoti va gazlashtirish bosh boshqarmasi moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash maqsadida ularning markazlashtirilishini taʼminlaydi, shuningdek soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblarni markazlashtirilgan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 2-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130-son