02.10.2018 yildagi 784-son
Hujjat 07.03.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash, sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
xavfli ishlab chiqarish obyekti — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalar, maydonchalar, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari;
b) xavfli ishlab chiqarish obyektida ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha qo‘llaniladigan texnik qurilmalar:
Ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan, ekspertizani o‘tkazishga jalb etilishiga to‘sqinlik qiladigan yoki uni o‘tkazish prinsiplariga rioya etish imkonini bermaydigan holatlardan xabardor bo‘lgan ekspert ekspertizani o‘tkazishda ishtirok eta olmaydi.
12. Ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha ekspertiza o‘tkaziladi va ekspertiza xulosasi beriladi.
13. Ekspertiza xulosasi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti, ushbu tashkilot faoliyat ko‘rsatmagan hollarda esa mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan tartibda boshqa ekspert tashkilotlari tomonidan qayta rasmiylashtiriladi hamda uning dublikati beriladi.
15. Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada* keltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan buyurtmanomani bevosita, uning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Dastlabki baholashda ushbu Nizomga 4-ilovada* keltirilgan ro‘yxat bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqiladi.
22. Ekspert tashkiloti ekspertiza obyektini baholash uchun ushbu Nizomga 5-ilovada* keltirilgan tarkibda ekspert guruhini shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Protokolda ko‘rsatilgan nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar buyurtmachi tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga ekspert tashkilotiga yuboriladi.
Takroriy ekspertiza ushbu Nizomning 2-bobida ko‘rsatilgan tartibda o‘tkaziladi.
35. Ekspertiza xulosalari ushbu Nizomga 8-ilovada* belgilangan muddatlarda beriladi.
xavfli ishlab chiqarish obyektlarning ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha umumlashtirilgan varag‘i.
45. Buyurtmachi-yuridik shaxs qayta o‘zgartirilganda, uning nomi yoki yuridik manzili o‘zgarganda buyurtmachi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada* keltirilgan shakldagi buyurtmanomani shu Nizomga 4-ilovaning* 6-bandida qayd etilgan hujjatlarni ilova qilgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng yetti ish kuni davomida taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
19-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilova 3-bandining 3.3-pozitsiyasidagi “2.1” raqami “2.2” raqami bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 7-bandidagi “sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y.. 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 73-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.