24.08.2018 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilganligi va tergov-sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori shaxs uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda belgilangan tartibda isbotlangunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar aybsiz hisoblanishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish zarurligiga qaratilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sud tomonidan har bir jinoyat ishini yuritishda jinoyat-protsessual qonuni normalariga qat’iy amal qilish shartligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 11-moddasida belgilangan talablarga, shu jumladan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda, og‘ishmay rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qonun normalarini aniq bajarishdan va unga rioya qilishdan har qanday chekinish, u qanday sababga ko‘ra yuz berganligidan qat’iy nazar, shu yo‘l bilan olingan dalillarning maqbul emas (yaroqsiz) deb topilishiga olib keladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomaqbul dalillar yuridik kuchga ega bo‘lmay, ulardan JPK 82 — 84-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlash uchun foydalanish hamda ularni ayblov asosiga qo‘yish mumkin emas.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, isbot qilish jarayonida dalillarning maqbulligi to‘g‘risidagi masalani to‘g‘ri hal etish muhim o‘rin tutadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar maqbulligining shartlari quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalil tegishli subyekt, ya’ni dalilni olish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual harakatni o‘tkazishga vakolatli shaxs tomonidan olingan bo‘lishi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faktga oid ma’lumotlar faqat JPK 81-moddasining ikkinchi qismida qayd etilgan manbalardan olingan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalil uni olish bilan bog‘liq protsessual harakatni o‘tkazishga oid qoidalar va tartibga rioya etilgan holda olingan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, dalillar maqbulligiga taalluqli yuqorida sanab o‘tilgan shartlardan birortasiga amal etilmasligi dalilning maqbul emas deb topilishiga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. JPK 951-moddasiga ko‘ra, agar faktik ma’lumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yo‘li bilan yoxud JPK talablari buzilgan, shu jumladan quyidagi hollarda olingan bo‘lsa maqbul emas deb topiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yo‘li bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoyat ishi bo‘yicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo‘lmagan manbadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan o‘z tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlaridan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yo‘li bilan yoxud JPK talablari buzilgan holda olingan dalil deganda — JPK 88, 90, 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lmagan va Qonunning boshqa talablari buzilgan holda olingan har qanday faktik ma’lumotlar tushuniladi.
(31-band O‘zbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. JK 235-moddasi va 1984-yil 10-dekabrdagi “Qiynoqlarga solishga va muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya”ning 1-moddasiga ko‘ra, qiynoqlar hamda boshqa shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo deganda, mansabdor shaxs yoki boshqa rasmiy shaxs tomonidan yoxud rasmiy yoki boshqa shaxs dalolatchiligi yoki xabardorligi yoxud indamasdan bergan roziligi bilan boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan harakat tushunilib, uning natijasida qasddan shaxsga quyidagi maqsadlarda kuchli og‘riq, jismoniy, ruhiy yoki psixologik azob yetkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undan yoki uchinchi shaxsdan axborot yoki u sodir etgan yoxud sodir etilishida u gumon qilinayotgan harakat bo‘yicha iqrorlik olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni yoki uchinchi shaxsni qo‘rqitish yoki u yoki bu harakatni sodir etishga majburlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan holda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud arz qiluvchining vajlarini xizmat tekshiruvi va sud-tibbiy yoki boshqa ekspertiza tayinlash yo‘li bilan tekshirishi shart.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) deganda, isbotlashni amalga oshirayotgan yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi materiallari bo‘yicha hujjatlarga yoxud ashyolar va raqamli dalillarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va boshqacha tarzda buzib ko‘rsatishda namoyon bo‘lgan harakatlar tushunilishi lozim.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqlari, jumladan quyidagi hollarda buzilgan hisoblanadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protsessual harakatda qonunga ko‘ra himoyachi ishtiroki shart bo‘lib, dalil surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sud tomonidan uning ishtirokisiz olingan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga uning himoyaga bo‘lgan huquqi tushuntirilmagan yoki bu huquqdan foydalanish imkoniyati amalda ta’minlanmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqlari buzilishi masalasiga oid batafsil tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarorida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jinoyat ishi bo‘yicha protsessual harakat bunga huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan quyidagi hollarda dalil olishda namoyon bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning yozma topshirig‘isiz yoxud sudning ajrimisiz tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan (kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni belgilangan tartibda o‘z yurituviga qabul qilmagan yoki tergov (surishtiruvchilar) guruhiga kiritilmagan tergovchi (surishtiruvchi) tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 76-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi lozim bo‘lgan shaxs tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dalil, agar u noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo‘lmagan, jumladan, qonunda nazarda tutilmagan manbadan, masalan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezkor-qidiruv tadbiri davomida olingan dalillar maqbul emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dalil u JPK talablari buzilgan tarzda, jumladan, quyidagi hollarda olingan bo‘lsa ham maqbul emas deb topiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tergov harakati qonunda nazarda tutilgan hollarda prokuror yoki sudning roziligi olinmasdan o‘tkazilgan bo‘lsa (kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda JPK 1581-moddasi tartibida o‘tkazilgan tintuvni hamda JPK 169-moddasi tartibida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, ularni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar JPKning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi;
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tergov harakatida xolis sifatida ish bo‘yicha manfaatdor shaxs, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yoki ularga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi boshqa shaxslar hamda voyaga yetmagan shaxslar ishtirok etgan bo‘lsa;
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ekspert xulosasi ekspertiza tayinlash vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari buzilgan holda, shuningdek, ekspert rad etilishi shart bo‘lgan holda olingan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari JPK 116-moddasi talablariga xilof ravishda o‘z roziligisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan so‘roq qilingan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining surishtiruv va dastlabki tergov davrida guvoh sifatida so‘roq qilinganda bergan ko‘rsatuvlari sud majlisida boshqa dalillar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jabrlanuvchi, guvohning faraz, taxmin, mish-mishlarga asoslangan ko‘rsatuvlari, shuningdek, jabrlanuvchi, guvoh o‘zining xabardorligi manbasini aytib bera olmagan yoki aytishni xohlamagan hollarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) so‘roq yuritilayotgan tilni (alfavitni) bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan, shuningdek, kar yoki soqovligi sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassisning ko‘rsatuvlari tarjimon (mutaxassis) ishtirokisiz, soqov, kar, ko‘r, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining ko‘rsatuvlari tarjimon (mutaxassis) hamda himoyachi ishtirokisiz olingan bo‘lsa;
(9-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh ko‘rsatuvlari qonuniy vakilining, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ko‘rsatuvlari himoyachi va qonuniy vakilining (JPK 549-550-moddasi), zarur hollarda esa, pedagog yoki psixologning ishtirokisiz olingan bo‘lsa (JPK 554-moddasi);
(9-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslarning ko‘rsatuvlari (JPK 115-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan bo‘lsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergov harakatlari va sud tergovida ishtirok etuvchi shaxslarga oid ma’lumotlar yo‘qligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergov harakatlari va sud tergovida ishtirok etuvchi shaxslarga huquq va majburiyatlarining tushuntirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergov harakatlari boshlangan hamda tugallangan vaqtning ko‘rsatilmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli (elektron) tashuvchi jismlardagi elektron ma’lumotlar mutaxassis ishtirokisiz olib qo‘yilganligi yoki ko‘zdan kechirilganligi;
(9-band “k” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 90 — 93-moddalarida nazarda tutilgan boshqa, jumladan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tarzidagi, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etilishi shartligi to‘g‘risidagi talablar bajarilmaganligi;
(9-bandning “k” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) daxlsizlik huquqi buzilgan holda ushlab turilgan, uy qamog‘i yoki qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsdan iqrorlik ko‘rsatuvi olingan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda to‘plangan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) maxsus qabulxonalar, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslardan qonunga xilof usullarda olingan bo‘lsa;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qaroriga asosan “n” kichik band bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish (taftish qilish) JPK 1871-moddasi talablari buzilgan holda o‘tkazilgan bo‘lsa.
(9-bandning “o” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tushuntirilsinki, jinoyat to‘g‘risidagi ariza, xabar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron ma’lumotlar, fotosuratlar, audio-, videoyozuvlar faqat ushbu materiallarni taqdim etgan shaxslar, ish qo‘zg‘atilgandan keyin so‘roq qilingan va taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron ma’lumotlar kim tomonidan, qachon, qayerda, qanday holatlarda topilganligi yoki fotosurat, audio-, videoyozuvlar amalga oshirilganligi aniqlangan holdagina maqbul dalil sifatida foydalanilishi mumkin. Taqdim etilgan predmetlar (narsalar), elektron ma’lumotlarni maqbul dalil deb topishning zarur sharti ularni ko‘zdan kechirish to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilganidan so‘ng chiqariladigan, predmetlar (narsalar), elektron ma’lumotlarni ishga ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida qo‘shish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning mavjudligi hisoblanadi. Zarur hollarda hujjatlar, predmetlar (narsalar), elektron ma’lumotlar, fotosuratlar, audio-, videoyozuvlarni ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qo‘shish masalasini hal etish uchun tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. JPK 26-moddasiga muvofiq jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqayotgan sud dalillarni bevosita tekshirishi: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishi, faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqarishi shart.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, guvoh, jabrlanuvchining, agar ularning sudga kelmaganligi sabablari aniqlanmagan yoki ular sudga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, sudda o‘qib eshittirilgan ko‘rsatuvlari maqbul dalil sifatida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, basharti sud ularni sudga kelishini ta’minlash yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralarni ko‘rmagan, manfaatdor taraf esa, ularning ko‘rsatuvlari o‘qib eshittirilishiga e’tiroz bildirgan bo‘lsa (JPK 261, 262-moddalari). Mazkur qoida guvoh, jabrlanuvchini obyektiv sabablarga ko‘ra (masalan, vafot etganligi, bedarak yo‘qolganligi, sud majlisida so‘roq qilishga to‘sqinlik qiluvchi og‘ir kasallik, turar joyini aniqlash imkoni yo‘qligi, mamlakat hududidan chetga doimiy yashash uchun, uzoq yoki nomuayyan muddatga chiqib ketganligi, ko‘rsatuvlari oldindan mustahkamlab qo‘yilganligi va h.k.) sudga kelishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan hollarga tatbiq etilmaydi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Surishtiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi va dastlabki tergov organlari hamda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, to‘plash paytida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi sababli maqbul emas deb topilgan ayrim dalillardan isbot qilishda tegishli protsessual harakatlar belgilangan talablarga amal qilgan holda o‘tkazilgandan so‘ng foydalanilishi mumkin (masalan, tergov yoki sud harakati o‘tkazish bayonnomalarida ayrim ma’lumotlar yoki bandlarning yo‘qligi, basharti bu kamchilikni xolislar, ushbu harakatning boshqa ishtirokchilarini, zarur hollarda esa, surishtiruvchi yoki tergovchini so‘roq qilish orqali bartaraf qilish imkoniyati bo‘lsa va h.k.).
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, maqbul emas deb topilgan ayrim dalillarni, ularning yuridik tabiatiga ko‘ra, tiklashning imkoniyati yo‘q (masalan, qonunga muvofiq roziligi olinishi shart bo‘lgan hollarda jabrlanuvchini, guvohni uning roziligini olmasdan takroran so‘roq qilish, shaxsni yoki narsani tanib olish uchun takroran ko‘rsatish va h.k.) bo‘lib, bu isbot qiluvchi subyektni muayyan holatni tasdiqlovchi vosita sifatida mazkur dalilga tayanish huquqidan mahrum etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, ish bo‘yicha har qanday qaror qabul qilishda, shu jumladan ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasi va hukmda maqbul emas dalillarga asoslanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qo‘shimcha dalillar to‘plash imkoniyati bo‘lmasa, sud protsessual qonun talablariga rioya etilgan holda to‘plangan dalillar majmuiga asoslanib ish bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonun buzilishi oqibatida olingan dalil surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan maqbul emas deb topilishi shart.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalilni maqbul emas deb topish to‘g‘risidagi iltimosnoma davlat va jamoat ayblovchilari, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning himoyachisi, jamoat himoyachisi yoki qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari tomonidan ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida, dastlabki eshituv va sud majlisida arz qilinishi mumkin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchining dalilni maqbul emas deb topish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan arizachi mazkur qaror bilan tanishtirilgan paytdan e’tiboran ikki sutka ichida prokurorga shikoyat berilishi mumkin (JPK 377-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalilni maqbul emas deb topish to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilishining rad etilishi bunday iltimosnomani takroran, shu jumladan ish sud majlisida ko‘rilayotganda arz qilinishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda qayd etilgan dalillar maqbulligi shartlaridan birortasiga rioya etmaslik mazkur dalilni maqbul emas, ya’ni uning asosida protsessual qarorlar qabul qilish uchun yuridik kuchga ega emas deb topishga asos bo‘ladi (JPK 94, 95-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda dalillarga baho berish jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslari vakolatiga tegishli bo‘lganligi sababli, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari (jamoat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi, ayblanuvchi va h.k.) faqat mazkur organlarning dalillar aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi to‘g‘risidagi qaror (ajrim)lari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat berish yo‘li bilan e’tiroz bildirishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qonun buzilishi natijasida olingan dalilni maqbul emas deb topishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror ishni sudga qadar yuritish bosqichida (JPK 46-bobi), birinchi instansiya sudi esa, dastlabki eshituv yoki sud tergovi davomida bunday qaror sabablarini ko‘rsatgan holda, uni dalillar majmuidan chiqarish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarishi shart. Dalilning maqbulligiga oid masala maslahatxonasida (alohida xonada) kelib chiqqan taqdirda, sud dalilni maqbul emas deb topib, uni dalillar majmuidan chiqarish to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda ajrim, hukmning tavsif qismida ko‘rsatadi. Bunday holatda qo‘shimcha ravishda ajrim chiqarish talab etilmaydi. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining bu haqdagi qarori uning hukmi, ajrimi (qarori)ni asoslantirish qismida bayon etiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni mazmunan ko‘rish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudlar har bir jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov olib borish, shuningdek, sud muhokamasi davrida jinoyat-protsessual qonunining isbot qilishning umumiy shartlariga oid talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi hollari yuzasidan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari, ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni prokurorga yuborishlari shart.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 23-iyundagi 14-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-son