24.08.2018 yildagi 681-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga kengroq qamrab olinishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda “Little Tots” MChJning (keyingi o‘rinlarda xususiy sherik deb ataladi) Toshkent shahar Yunusobod tumani 13-mavzeda joylashgan Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli binoni (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi), uning negizida xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan, istisno tariqasida, tanlov o‘tkazmasdan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘n kun muddatda belgilangan tartibda xususiy sherik bilan obyekt negizida zamonaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim tuzilishini ta’minlasin. Bitimda xususiy sherikka jumladan quyidagi investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuklanishi nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar tarbiyalanuvchilarini va maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limi tomonidan yuboriladigan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni o‘qitish, ular uchun ota-onalar to‘lovini imtiyozli shartlarda (hududdagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan ortiq bo‘lmagan hajmda) o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun kamida 6 mlrd. so‘m miqdorda investitsiya kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 45 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limini boshqa binoga joylashtirish chorasini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
681-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/681/1793-son)