30.08.1997 yildagi 485-I-son
Hujjat 28.10.1997 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 78-modda; 1993-yil, № 6, 246-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; № 4-5, 126-modda) 24-moddasining 3-bandida:
Keyingi tahrirga qarang.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda, № 8, 191-modda; 1992-yil, № 1, 49-modda, № 4, 177-modda, № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda, № 6, 240-modda; 1994-yil, № 5, 159-modda, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda):
1) 4-moddaning oltinchi qismida “Ajnabiy yuridik shaxslarning, O‘zbekiston va ajnabiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar ishtirokida qo‘shma korxonalarning” degan so‘zlar “Chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 6-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3) 9-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
2-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
4-bandda “chet el kapitali ishtirokidagi birgalikdagi korxonalar o‘z ishining dastlabki besh yilida” degan so‘zlar “chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari o‘z ishining dastlabki yetti yilida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
III. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda; 1994-yil № 4, 109-modda, № 5, 143-modda, № 8-9, 244-modda, № 10, 258-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 403-modda):
1) 1-moddaning 6-bandidagi “jamoa va davlat xo‘jaliklari” degan so‘zlar “jamoa xo‘jaliklar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-bandida “Davlat xo‘jaliklari va o‘zga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3-bandida “Davlat xo‘jaligi nohiya hokimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgach, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi” degan so‘zlar “Dehqon xo‘jaligining ustavi tuman hokimi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin dehqon xo‘jaligi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandida “xalq deputatlari qishloq (posyolka) Kengashi” degan so‘zlar “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-bandida “xalq deputatlari qishloq (posyolka) Kengashi” degan so‘zlar “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-bandida “Xalq deputatlari qishloq (posyolka) Kengashi yer ajratish to‘g‘risidagi arizani 15 kunlik muddat ichida qarab chiqadi” degan so‘zlar “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yer ajratish to‘g‘risidagi arizani 15 kunlik muddat ichida ko‘rib chiqadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandida “Dehqonlar ittifoqi, kasaba uyushmasi, suv xo‘jaligi idoralari va yer tuzuvchi xizmatlar vakillaridan” degan so‘zlar “Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar va dehqon xo‘jaliklar uyushmasi, kasaba uyushmasi qishloq va suv xo‘jaligi organlari vakillaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 8-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Prezidenti huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
6-bandining ikkinchi xatboshisidagi “xalq deputatlari qishloq (posyolka) Kengashlarining raislari” degan so‘zlar “Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 24-moddaning 1-bandi “hokimi tomonidan” degan so‘zlardan keyin “ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan asoslarda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda) 4-moddasining 2-bandi quyidagi mazmundagi “o” va “p” kichik bandlari bilan to‘ldirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda):
1) 3-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 4-bobning nomi va mazmuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Yer solig‘i to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 215-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda, № 9, 193-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda) 9-moddasining “j” bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda) 2-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 2-mayda qabul qilingan “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 128-modda, № 11-12, 1-285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda):
birinchi qismdagi “10” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin.
2) 28-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda):
1) 1-moddaning uchinchi qismi “e’lon qilingandan keyin” degan so‘zlardan so‘ng “hamda ushbu qaror korxonalarning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha vakolatli organ (bundan buyon vakolatli organ) tomonidan tasdiqlangach” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
ikkinchi qismi “mol-mulkning egasi” degan so‘zlardan keyin “hamda vakolatli organ” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi qismning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3) 7-moddaning birinchi qismidagi “yoki kreditorning (kreditorlarning) shuningdek, prokurorning” degan so‘zlar “kreditorning (kreditorlarning), prokurorning yoki vakolatli organning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 9-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
5) qonun quyidagi mazmundagi 111-modda bilan to‘ldirilsin:
6) 12-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi qismidagi “davlat mulkini boshqarishga vakolatli organning” degan so‘zlar “vakolatli organning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “mulkdor, kreditor” degan so‘zlar “mulkdor, vakolatli organ, kreditor” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi “agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘ninchi qismidagi “qarzdor xo‘jalik yuritish subyekti mehnat jamoasi” degan so‘zlar “vakolatli organ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi qismlar chiqarib tashlansin;
9) 21-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10) 22-moddaning ikkinchi qismidagi “xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “vakolatli organ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12) 24-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “mol-mulk egasi yoki shu mol-mulkni boshqarishga vakil qilingan organ” degan so‘zlar “vakolatli organ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “bozor baholaridan” degan so‘zlar “dastlab belgilanadigan narxlardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
14) 30-moddadagi “mol-mulk egasi yoki shu mol-mulkni boshqarishga vakil qilingan organga, Mulk egasi yoki shu mol-mulkni boshqarishga vakolatli organ” degan so‘zlar tegishli ravishda “vakolatli organga, Vakolatli organ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda):
1) 164-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 166-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil № 2, 56-modda):
1) 49-moddaning ikkinchi qismidagi “advokatlar hay’atining a’zolari” degan so‘zlar “advokatlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 50-moddaning uchinchi qismidagi, 304-modda ikkinchi qismining 6-bandidagi, 320-moddaning yettinchi qismidagi “yuridik maslahatxonaga”, “tomonidan yuridik maslahatxonaga“, “tegishli yuridik maslahatxonaga” degan so‘zlar tegishincha “advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga”, “tomonidan advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga”, “tegishli advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 51-moddaning uchinchi qismidagi “yuridik maslahatxona mudiri” degan so‘zlar “advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 272-moddaning ikkinchi qismidagi “hay’ati rayosatiga” degan so‘zlar “malaka komissiyasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 389-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin;
6) 412-moddaning beshinchi qismidagi “hay’ati rayosatiga” degan so‘zlar “malaka komissiyasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 476-moddaning ikkinchi qismidagi “yuridik maslahatxona mudirining, yuridik maslahatxona foydasiga” degan so‘zlar “advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbarining, advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi foydasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, №2, 56-modda, № 4-5, 126-modda):
1) 85-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 87-moddaning birinchi qismi “foydalanishga chiqarish” degan so‘zlardan keyin “yoxud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida ishlatib chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli ta’siri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni ta’minlamaslik” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 257-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5) 261-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining birinchi qismida (qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), 65-moddasining ikkinchi qismida, 68-moddasida (hisobotni buzib ko‘rsatish, yerdan foydalanganlik to‘g‘risida axborot taqdim etishdan bosh tortish yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etish bundan mustasno), 69-moddasida (qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (termal suvlarga doir qismi bundan mustasno), 73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish bundan mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash bundan mustasno), 86, 87, 88, 89-moddalarida (atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish bundan mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologiya ekspertizasi qismida), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bundan mustasno), 162-moddasida, 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida), 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda muhrlar (plombalar) qo‘yilgan hollar) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir”.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil № 2, 56-modda):
1) 7-moddaning uchinchi qismida “va chet el banklariga” degan so‘zlar “shuningdek chet el banklari va xususiy banklarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 31-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 11-12) 775-moddasining ikkinchi qismidagi “hamda bitta bank bilan ham, shuningdek bir necha bank bilan ham bank hisobvarag‘i shartnomalari tuzishlari mumkin” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova) 31-moddasining:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 20-band bilan to‘ldirilsin:
uchinchi qismidagi 17, 18 va 19 raqamlari 17—20 raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.