Qishloq xo‘jaligini yuqori samarali zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlashni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligini, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, qishloqqa yetkazib berilayotgan traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2001—2007-yillar mobaynida, eksperiment tariqasida, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi (traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi) mashina-traktor parklariga, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar)ga va fermer xo‘jaliklariga ularni quyidagi shartlarda 7 yil muddatga lizingga berish yo‘li bilan yetkazib beriladi:
traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi qiymatining 15 foizi avans sifatida mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi qiymatining 85 foizi “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan unga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb yuritiladi) qarz asosida beradigan mablag‘lar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zagromashservis” uyushmasi mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari va fermer xo‘jaliklarining “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalarida ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
Jamg‘armaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy manbalar asosida “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalarida qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun o‘z vaqtida avanslar to‘lash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
lizing shartnomalari tuzish va qishloq xo‘jaligi texnikasini mashina-traktor parklariga, qishloq xo‘jaligi kooperativlariga va fermer xo‘jaliklariga lizingga berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Paxta-bank” kompaniyaning barcha hisob-kitoblariga moliyaviy xizmat ko‘rsatish, lizing oluvchilar bilan tuzilgan lizing shartnomalari bo‘yicha, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan yetkazib berish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar va o‘zaro moliyaviy majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifalarini bajaruvchi moliya agenti etib;
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi lizingga berilayotgan texnikani sug‘urtalash vazifalarini bajaruvchi sug‘urta agenti etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan, shu jumladan, yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga olish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” lizing kompaniyasi mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xo‘jaliklari bilan lizing shartnomalari tuzishda:
Keyingi tahrirga qarang.
lizing oluvchilarga texnikani faqat lizingning butun davri uchun olinayotgan texnika bo‘yicha mulkiy tavakkalchiliklar sug‘urta polisi mavjud bo‘lgandagina berishni;
lizing kompaniya daromadi (marjasi)ning imtiyozli stavkasi Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori bo‘lmasligini;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
lizingga olingan qishloq xo‘jaligi texnikasining buzilishida aybdor bo‘lgan lizing oluvchilar belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan darajada javob beradilar;
mashina-traktor parklari hududiy birlashmasi, muqobil mashina-traktor parki, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer xo‘jaligi tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda “Paxta-bank” lizing egasining hisob raqamiga so‘zsiz bajarilishi kerak bo‘lgan to‘lov talabnomalari qo‘yadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi umumdavlat va mahalliy soliqlarni to‘lashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, bo‘shaydigan mablag‘lar qishloqqa qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berishni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini to‘ldirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
8. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha viloyatlar markazlarida “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi filiallari ochilishini ta’minlasin.
9. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmasiga va uning xodimlari cheklangan sonining (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 20 kishidan iborat bo‘lishiga rozilik berilsin.
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi boshqaruvi raisi maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, rais o‘rinbosari vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Toshkent shahar hokimligi “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi apparatini joylashtirish masalasini bir oy muddatda hal etsin.
O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
11. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda xolding kompaniya korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Mazkur chora-tadbirlar:
turar joy va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari balansidan mahalliy hokimiyat organlariga berilishini;
foydalanilmayotgan asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar sotilishi yoki konservatsiya qilinishini o‘z ichiga oladi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi 172-son qarorining 1 va 2-bandlaridagi “2000-yilda” so‘zlari “2000—2005-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 486-son qaroriga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi (traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi)ni lizingga olish mexanizmini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Har yili, 1-oktabrdan kechiktirmasdan, “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi “O‘zagromashservis” uyushmasi mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xo‘jaliklaridan tushgan buyurtmanomalar asosida qishloq xo‘jaligining lizing bo‘yicha yetkazib beriladigan texnikaga bo‘lgan ehtiyoji prognozini shakllantiradi.
Qishloq xo‘jaligining texnikaga bo‘lgan ehtiyoji prognozidan kelib chiqib “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi va “Paxta-bank” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deyiladi)ga traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi ishlab chiqarish, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz hajmlarini hisobga oluvchi kelgusi yil uchun (choraklarga bo‘lgan holda) Jamg‘arma mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj prognozini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikasiga haq to‘lash uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj prognozi asosida Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda kelgusi yilga Jamg‘arma mablag‘larini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni va ularning manbalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mablag‘ bilan ta’minlashning mavjud manbalarini hisobga olgan holda Jamg‘arma “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga lizing operatsiyalarini o‘tkazish uchun kelgusi davrga ajratiladigan resurslar hajmi uchun kafolat xatlari taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi, Jamg‘armaning kafolat xatlari bilan tasdiqlangan manbalar asosida “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tizimining qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodlariga qishloq xo‘jaligi mashinalari (traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi)ga buyurtmani davrlarga bo‘lgan holda joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Buyurtmaga muvofiq “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma bilan moliyaviy resurslar ajratish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing bo‘yicha daromad (marja) miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan to‘lanadigan lizing to‘lovlaridan ushlab qolinadigan kompaniya xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori kelishib olinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi bilan sug‘urta agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi o‘zining mintaqaviy filiallari orqali mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xo‘jaliklari bilan traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi lizingi shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing to‘lovlari jadvali (lizing bo‘yicha foizlar qo‘shilgan asosiy summa) ilova qilinadi. Bunda shartnomaning bir asl nusxasi “Paxta-bank”ka jo‘natiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga lizingga olinadigan texnika qiymatining 15 foizini avans sifatida to‘laydilar;
o‘z mablag‘lari hisobiga lizingga olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasini “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasida sug‘urta qildiradilar;
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga texnika qiymatining qolgan 85 foizini va lizing bo‘yicha foizlarni 7 yil mobaynida to‘laydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi pul mablag‘lari ajratish uchun Jamg‘armaga buyurtmanomalar taqdim etadi. Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamg‘arma uch bank kuni mobaynida pul mablag‘larini kelgusi davr uchun “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasining “Paxta-bank”dagi Jamg‘arma mablag‘lari bilan operatsiyalar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus hisob raqami (keyingi o‘rinlarda “Operatsiya hisob raqami” deyiladi)ga o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi “Paxta-bank”da ochilgan va Jamg‘arma mablag‘lari bilan operatsiyalar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan Operatsiya hisob raqamidan qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodga navbatdagi chorak uchun joylashtirilgan buyurtma umumiy hajmining 30 foizi miqdorida (tegishli chorak boshlanishidan kamida 30 kalendar kun oldin) avans beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tayyor qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan mashina-traktor parklariga (shu jumladan, muqobil mashina-traktor parklariga), qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat)larga va fermer xo‘jaliklariga yetkazib beriladi.
Qishloq xo‘jaligi mashinalari lizing oluvchilar tomonidan olinganligi tasdiqlangan taqdirda “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi uch bank kuni mobaynida Operatsiya hisob raqamidan lizingga berilgan qishloq xo‘jaligi mashinalari qiymatining 70 foizi miqdoridagi pul mablag‘larini ishlab chiqaruvchi zavodga o‘tkazadi (uzil-kesil hisob-kitob qiladi).
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi “Paxta-bank”ka oldingi oyda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lizing to‘lovlari jadvallari nusxalarini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Lizing oluvchilar mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xo‘jaliklari lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasiga lizing to‘lovlari to‘laydilar. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Operatsiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi lizing bo‘yicha olingan foizlardan xizmat ko‘rsatish haqi sifatida tijorat agenti vazifalarini bajarish yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorda mablag‘ ushlab qoladi, lizing oluvchilardan olingan summaning qolgan qismini uch kun muddatda Jamg‘armaning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi har bir kalendar choragi tugagandan keyin kechi bilan 20 kunda Jamg‘armaga o‘tgan chorakdagi Operatsiya hisob raqamidagi pul mablag‘lari aylanishi to‘g‘risidagi “Paxta-bank” tomonidan tasdiqlangan hisobotni taqdim etadi.
17. Lizing oluvchilar tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, “Paxta-bank” lizing oluvchining bankdagi hisob raqamiga so‘zsiz bajarilishi kerak bo‘lgan to‘lov talabnomasini qo‘yadi. Lizing oluvchilardan to‘lov talabnomasi bo‘yicha undirilgan pul mablag‘lari Operatsiya hisob raqamiga o‘tkaziladi.
18. “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi, “Paxta-bank” va ular bo‘linmalarining rahbarlari Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilganligi va hisob-kitoblar tartibi buzilganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.