24.07.2018 yildagi 569-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5349-son Farmoni, 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-3549-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish, oʻquv jarayoniga taʼlimning kredit tizimini joriy qilish orqali universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5349-son Farmoniga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) va uning filiallarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimini joriy etish taklifi maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar taʼlimning kredit tizimini joriy etish orqali Universitet va uning filiallarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning filiallari professor-oʻqituvchilari tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga ega boʻlgan mutaxassislar bilan toʻldirish, shuningdek, nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalarda taʼlim olgan, malaka oshirgan, ilmiy darajalarini himoya qilgan iqtidorli pedagog kadrlar hamda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reytinglarda nufuzli oʻrinlarni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy-izlanuvchi olimlarning almashinuv dasturlarini keng joriy qilish, yetakchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini tashkil etishning samarali usullari va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini oʻzlashtirish, malakali pedagog kadrlar uchun raqobat muhitini yaratish orqali ularning tajribasini muntazam oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabaga oʻzining taʼlim dasturini mustaqil shakllantirish imkonini yaratish va bilimini baholashda oshkoralikni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda, taʼlim sifatini oshirish maqsadida xorijiy davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish amaliyotidan kelib chiqib, ikki oy muddatda xalqaro andozalarga mos va ilgʻor pedagogik texnologiyalarga asoslangan oʻquv rejalari va dasturlari, bitiruvchilarning malaka talablarini ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Universitet va uning filiallari tarkibidagi akademik litseylarning taʼlim dasturlari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish asosida matematika, fizika, chet tili va axborot texnologiyalariga oid fanlar chuqur oʻqitilishi nazarda tutilgan holda ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning filiallari tarkibidagi akademik litseylarning pedagog kadrlari tarkibi 30 foizgacha Universitet va uning filiallaridan oʻrindoshlik asosida yuqori malakali pedagoglarni jalb etish hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Universitet bilan birgalikda ikki oy muddatda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Universitet professor-oʻqituvchilari tarkibini “Scopus” va “Web of science” tizimiga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilishidan, shuningdek, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar bajarilishidan kelib chiqqan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 188-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
569-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/569/1565-son; 19.01.2019-y., 09/19/46/2506-son; 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son; 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son; 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)